Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Yosh sportchilarni mashg’ulot olib borishning uslubiy asoslari



Download 0,62 Mb.
bet3/6
Sana09.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#761574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5202113677959894914

Yosh sportchilarni mashg’ulot olib borishning uslubiy asoslari.
Yosh sportchilarning mashg’uloti o’rgatish va tarbiyaning umumiy qonunlariga bo’ysungan. Shuning uchun uni amalga oshirganda mazkur qonunlarni aks etuvchi umumiy pedagogik tamoyillar bilan asoslagan holda, jismoniy tarbiyaning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olish lozim. Ular qatoriga hamma onglilik, faollik, bosqichma-bosqich, takrorlash, ko’rgazmalilik, individuallashuv, tamoyillari mansubdir. Bu bilan bir qatorda, tarbiyalashning alohida shakli sifatida sport mashg’ulotiga tarbiyaning boshqa shakllarida yo’q bo’lgan qonunlar ham xosdir, sport mashg’ulotining quyidagi o’ziga xos tamoyillarida o’z aksini topadi: sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligining yaxlitligi, mashg’ulot jarayonining uzluksizligi, mashg’ulot yuklamalarni asta-sekin izchil va maksimal tarzda oshishi, mashg’ulot yuklamalarning to’lqinsimon o’zgarishi, mashg’ulot jarayonining siklligi.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili insonni jismoniy va ruhiy rivojining yaxlitligi, jismoniy tarbiya jarayonda insonga ko’p tomonlama ta’sirni zaruriyati, organizmning barcha organ va tizimlari faoliyatining o’zaro bog’liqligiga asoslangan. Yosh sportchilar sport mashg’ulotlaridagi ko’rgazmalilik tamoyil alohida ahamiyatga ega, chunki insonning hamma tomonlama, barkamol rivoji, uning oliy axloqiy va madaniy darajasi, jismoniy sifatlarning barkamol rivoji, harakatlarni o’zlashtirish va ularni to’g’ri bajarish mahorati, umuman olganda, jismoniy barkamollik sport ixtisoslashuvining asosidir. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotning ko’p yillik jarayoni mobaynida sport natijalarining progressini ta’minlab beradi. Har tomonlama rivojlanish darajasini to’xtovsiz oshirish – maxsus jismoniy tayyorgarlikni, texnik mahoratni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning hamda sportchilar yutuqlarining yanada o’sishining bosh shartidir. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning samadorligi ko’p yillik sport mashg’ulotlari davomida mashg’ulotning vosita va uslublarini, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal mutanosibligini mohirona tanlashga bog’liqdir. Shug’ullanayotganlarning hamma tomonlama tayyorgarligining mustahkam bazasi sport tayyorgarligining boshlang’ich bosqichlarida shakllantirilishi lozim.
Onglilik va faollik tamoyili sportchiga vazifa, vosita va uslublarining roli va ahamiyatini tushunish imkoniyatini beruvchi, shu bilan birga o’quv-mashg’ulot jarayoniga ongli ravishda munosabatda bo’lish imkoniyatini beruvchi sport mashg’ulotining tuzilishi va mazmunini nazarda tutadi.
Mashg’ulot mashqlarida yosh sportchilar katta faollilikni namoyon qilishlari lozim. O’quv jarayon alohida sportchining faolligi o’qituvchi va rahbarning roli va boshqa shug’ullanayotganlarning faolligi bilan uyg’un bo’lishini nazarda tutib tuziladi.
Izchillik, ketma-ketlik pedagogik tamoyili mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining hajmi va ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish va uzluksiz oshirishi, yosh sportchi vazifa va harakatlarini murakkablashuvini nazarda tutadi. O’quv material dastlabki mashqlar keyingi mashqlarni o’zlashtirishga asos bo’lishi, keyingi mashqlar esa erishilgan natijalarni mustahkamlab, rivojlantirishi lozim bo’lgan holda joylashtiriladi. Asta-sekinlik tamoyili jismoniy mashqlardan foydalanish tizimi va ratsional ketma-ketlikni aniqlashda qo’llaniladi. Bundan tashqari, osondan - qiyinga, soddadan - murakkabga, ma’lumdan noma’lumga o’tishda ham ketma-ketlik tamoyiliga rioya qilinadi.
Uzluksizlik tamoyili mashg’ulot ostida yosh sportchi organizmining organ va tizimlarida fiziologik o’zgarishlarning barqarorligini ta’minlaydi. Mashqlarni ko’p marotaba takrorlamasdan, harakat ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, yosh sportchilarning jismoniy sifatlari darajasini oshirish mumkin emas. Alohida mashqlarning takrorlanish soni va ular o’rtasidagi dam olishning davomiyligi sportchining yoshi, jinsi va tayyorgarlik darajasiga bog’liq.
Ko’rgazmalilikning tamoyili aniq harakat tasavvurlarini shakllantirish imkoniyatini berib, bilim va ko’nikmalarni mustahkam o’zlashtirilishiga ko’maklashadi. Ko’rgazmalilik tamoyilini amalga oshirilishi quyidagi uslubiy talablarga rioya qilinishini nazarda tutadi: shug’ullanayotganni harakatga o’rgatish bevosita idrok etishdan boshlanadi. Jismoniy mashqlarni ko’rsatish va bajarish o’qituvchi tushuntirishi bilan uyg’unlikda bo’ladi. Sport mashg’ulotlarida ko’rgazmali qo’llanmalar, namoyon etish va boshqa metodik uslublar qo’llaniladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish