2.2 Jismoniy tarbiyani o`qitish uslubi va metodlari.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o’quv fani sifatida mutaxassislar oldiga qo’yilgan vazifalami hal etish uchun zarur bilimlar, professional faoliyat jarayonida zaruriy ko’nikma va bilimlar bilan qurollantiradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanishida jamiyat taraqqiyoti va ayrim insonlaming yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj tug’ilishini anglaganliklari turtki bo’ldi. Bu ehtiyoj qonuniylikni o’rganishga intilishni talab qiladi, uning asosida harbiy ish va mehnatda yuqori natijalarga erishish uchun insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish yotadi. Amaliyotning rivojlanishiga qarab muayyan nazariy holatni vujudga keltiruvchi maxsus fan yuzaga keldi. Bu fanni ikki bo’limga ajratish mumkin: • jismoniy tarbiyaning ijtimoiylik predmeti, jismoniy tarbiyani tashkillashtirishning qonuniyligi tarix, sport psixologiyasi va boshqalarning qonuniyligini o’rganuvchi maxsus gumanitar harakterdagi fandir. Jismoniy tarbiya tabiiy sharoitida (dinamik anatomiya, tiziologiya, biokimyo va biomexanika, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizmning rivojlanishi va ishiab turishining qonuniyligini o’rganuvchi biologik xarakterdagi fan. Bu 12 fanlardan olingan umumlashtirilgan maflumotiar va ular asosida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini bilish bilan jismoniy tarbiya nazariyasi shug9ullanadi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini o’rganishga qaratilgan. Bu qonuniyat teng darajada aholining har qanday kontingentini jismoniy tarbiyasiga ham tegishlidir. Jismoniy tarbiya uslubiyatining o’rganish predmeti shug’ullanuvchilaming aniq yoshiga yo’naltirilgan, ulaming kasbiy faoliyati, sport ixtisosligiga ega blgan jismoniy tarbiyaning xususiy qonuniyatini oYgatishdan iboratdir. Binobarin, jismoniy tarbiyaning uslublari ko’p. Pedagogik tavsiya ko’rinishida umumiy qonuniyatni amalga oshirishda uslubiyatning bu qonuniyatlari shug'ullanuvchilar va jismoniy tarbiya rahbarlari harakatlarini tasvirlashga aylanib qoladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati barcha sportpedagogika fanlari bilan mustahkam bog’langan holda ishlab chiqilgan umumiy qonuniyat nazariyasiga tayanadi, sportpedagogik fanlaridan olingan aniq ma’lumotlar esa nazariyaning kelajakdagi umumlashtirish predmeti bo’lib hisoblanadi. Nazariya va uslubiyatning pedagogika bilan aloqasi jismoniy tarbiyaning birlamchi vazifasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida o’sib kelayotgan avlodning bilim va tarbiyasi sohasida psixologiya va umumiy pedagogikaning yutuqlaridan ijodiy foydalaniladi. Jismoniy tarbiya jarayoni samarali boshqarilishini faqat shug’ullanuvchilar organizmi ishlab turishining biologik qonuniyatini muntazam hisobga olgan taqdirdagina bilish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining mazmunini quyidagi masalalar tashkil etadi: Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqasi, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, umumiy vazifasi, maqsadi bilan aniqlanadi. Mazmunida talaygina o’rmm jismoniy tarbiyaning vositalari tavsifi, uslubiy tamoyillar va harakatlami o’rgatish uslublari, jismoniy sifatlaming rivojlanishi, jismoniy mashqlar bilan o’rgatish jarayonining tuzilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya uslubining xususiyati, jumladan, maktabgacha va maktab yoshidagi
Xulosa:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida prinsiplarning xilma-xil guruxlari mavjud. Jismoniy madaniyat tizimining umumiy va metodik prinsiplari, jismoniy madaniyatning ayrim ko`rinishlari xususiyat larini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, ut uchi ruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari mavjud. Ular bir-biri bilan o`zviy bog`liq bo`lib, prinsiplarning yagona tizimini tashqil eta di. Eng avvalo, biz jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular kuyidagilardan iborat: a) jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy madaniyatning sog`lomlashtirishga yunaltirish prinsipi.
Jismoniy madaniyat jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini utasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyat jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jixatdan ma`lum ramka(kolip)ga, yunalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim holatlarda: prinsipga jismoniy madaniyatdagi ma`lum bilimlarning bir kiyem i, yoki faoliyatga yurikch i(ko`rsatma beruvchi), yokiturli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
1.Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi.
Bu prinsip kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyat jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o`zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruxi jismoniy madaniyat va sport nish xizmat funksiyasiga hozirgi davr turmushidagi hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |