Shuning uchun xarakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondoshish zarur. Birinchi xolda u
to‘ri xarakatlarning son jixatdan yanada rivojlanishiga boliq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulpslarining
ko‘payishi, koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit xarakat faoliyatining ritmi bilan o‘zaro
munosabati va shuning asosida maolum xarakat faoliyatini shakllantirish. Ikkinchi xolda xarakat texnikasini takomil-
lashtirish xarakat malakasini ancha o‘rgatish va xarakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroi qismlarga
almashtirish bilan boliq bo‘ladi.
Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xarakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener
va sportchilar texnik maxorat darajasini aniqlashning oboek-tiv ko‘rsatkichlariga, uning takomillashib borishini
kuzatish o‘lchovlariga ega bo‘lmasliklarida va shuningdek, ijro etish texnikasining mukammal modelining aniq
emasligidadir.
Shuning uchun trener xam, sportchi xam xarakatlarni muntazam to‘rilab borish va ularning ijro etilishini
kuzatib borish uchun texnik vositalar yordamida tez maolumot olish metodlariga ega bo‘lishlari shart.
Texnik takomillashtirishning usullari
I. Qismlarga ajratish usuliyati xarakat tuzilishini soddalashtirishdan iborat bo‘lib, anglab olish jarayonini
osonlashtiradi, butun koordinatsiyada xar bir elementning tuzilishini bilib olishga yordamlashadi.
Bunda quyidagi vositalar tavsiya qilinadi: xarakat shak-lini o‘zlashtirish uchun immitatsiya mashqlari;
o‘zlashtirilgan xarakat shakllarini bajarishga qaratilgan
maxsus mashqlarni zarur bo‘lgan tezlikda, maolum zo‘r berish
va meoyorda bajarish.
II. Mashqni to‘liq bajarish ususli musobaqa sharoitida nerv-muskul faoliyatining shartiga va rejimiga muvofiq
yaxlit xarakat malakasining shakllanishiga yordam beradi.
Bu usulda quyidagilar tavsiya qilinadi: yaxlit xarakatni osonlashtirilgan sharoitda bajarish, yaxlit xarakat
tuzilishini soddalashtirish, umumiy bajarish tezligini kamaytirish (yarim kuch bilan va x.k.) muskul zo‘r berishini
yengillashtirish, yengillashtirilgan snaryad qo‘llash, xarakat amplitudasini qisqartirish, chamalash va cheklovchi
narsalardan foydalanish, yaxlit mashq sharoitini asta-sekin murakkablashtirib (tezli-gini, qarshilik kuchini oshirib,
muxitning o‘zgaruvchan sharoi-tida va x.k.) bajarish, musobaqadagidek yuqori nerv qo‘zalish sharoitida texnik
maxoratni takomillashtirish (o‘zini jalb qila bilish, maksimal zo‘r berishni rivojlantirish va uni taqsimlay olish va x.k.).
Texnik maxoratni takomillashtirishda ideomotor mashq qilishga axamiyat berish lozim. O‘rganishda
xarakatlarni xayoliy ijro etish shu xarakat to‘risidagi tasavvur obrazini yaxshilaydi. Ideomotorni xususiyati trenirovka
qildirish bo‘lib xarakatlarni qayta o‘zgartirish, xatolarni tuzatish va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: