Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

4.1. Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot  
bilan boliqligi prinsipi 
 
Bu prinsip kishilarni xarakat faoliyatiga yoki mexnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial 
qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini 
topadi. Ayrim olimlar guruxi fizkulptura va sportning xizmat funksiyasiga xozirgi davr turmushidagi, xayotidagi 
zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular xozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, 
avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib 
olmoqchilar. 
Fizkulptura va sport jismoniy tarbiya jarayonida xayot uchun kerak bo‘lgan xarakat malakalarini tarbiyalash va 
rivoj-lantirishdagina xayotiy axamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy xayotda xam foydalanadilar. Aslida esa u 
yoki bu jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali xosil qilingan malaka to‘ridan-to‘ri mexnat faoliyati jarayoniga 
ko‘chsagina, u xayotiydir. 
To‘ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloqtirish va boshqalar aynan amaliy xayotiy axamiyatga ega. 
Lekin bu bilan jismoniy tarbiyaning xayotiy zaruriyati xali aytarli cheklan-maydi. Agar cheklansa, biz futbol va 
boshqa sport o‘yinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muxim mashqlar 
asosiy omillar, xayotiy axamiyatga ega emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Aslida esa bizning jismoniy tarbiya 
tizimimiz bu mashqlarni “xayot uchun zarur” deb o‘zining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. Tushunarliki, 
futbolchi mexnatda yoki mudofaa sharoitida kuchini tejab sarflab, to‘pni aniq nishonga urishiga extiyoji yo‘q. 
Mexnatda yoki mudofaada undan foyda yo‘q. Biroq futbol o‘yini mashulotlarida egallangan chaqqonlik, chidam-lilik, 
tezkorlik, qisqa vaqt ichida xal qiluvchi qaror qabul qila olish, dadil aniq bajariladigan xarakat sifat-larini 
rivojlantirishga erishish xayotiy zaruriyatdir. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi mexnatga va mudofaaga to‘ridan-to‘ri yo‘naltirilsagina, unda tarbiya orqali 
egallan-gan malaka va ko‘nikmalar zaxirasi ko‘p bo‘lsa, kishi notanish sharoitga  ishlab chiqarishdami, armiyadami 
qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo‘lgan mexnat faoliyati xarakat texnikasini tez egallaydi. 
Maolumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi xarakat malakasini egallashda 
qiyinchilikka nisbatan kam uchraydi. Amalda solom bo‘lsada, xarakat zaxirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan 
xarakat texnikasini sekin o‘zlashtiradi. 
Gimnastika mashqlari xayotiymi? Albatta! Oddiy misol: ish boshlanishidan oldingi bajariladigan gimnastika 
toli-qishning, charchashning oldini oladi, organizmning yuqori ish qobiliyatini taominlaydi. 
Suzish, muvozanat saqlash apparati (miyacha) funksiyasini yaxshilaydigan eng yaxshi vosita deb isbotlangan. 
Gimnastika jixozi - “Kon” dagi xilma-xil mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga 
oson moslashtiradi.  
Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar xayotiy-amaliy emasdek tuyulsada, aslida... Yana misol, maolumki, samolet 
va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. Ularning boshqa-ruvchilari organizmida kutilmaganda xilma-xil 
o‘zgarishlar ro‘y beradi - maolum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. Sababi, bosimning 
yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu taosirdan tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana 
muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, 
jismoniy tarbiya xayotiy va zaruriy. Shuning uchun jismoniy tarbiya mutaxassisi jismoniy tarbiya jarayonida mexnat 
va xarbiy amaliyotning xayotiy-amaliy mashq-laridan mukammal foydalanishni o‘z faoliyatining prinsipiga aylantirish 
shart. Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batuta, Loping va boshqalardagi mashqlar kosmonavtlar 
trenirovka mashulotlarining asosini tashkil qiladi.  


Ulu Vatan urushi va xozirgi zamon xarbiy o‘quv mashu-lotlari tajribasi, maksimal avtomatlashgan xarbiy 
texnika, tez manyovr qilish uchun soldat va ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini ilgari 
surmokda. Bunga esa xarbiy xayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shuullanish, mashq qilish orqaligina erishish 
mumkinligiga amalda guvoxmiz.  
Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mexnati fabrika ishchisidan bir tomonlama rivojlanishni emas, 
undan universallikni talab qiladi. U o‘z navbatida yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishlikni taqazo etadi. 
Shuning uchun xam mexnatni uyushtirishning yuqori dara-jasi takomillashgan mexnat ishlab chiqarishi «xar 
tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasi» muammosini paydo bo‘lishiga olib kelishi tabiiydir. 
   

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish