Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Taolim jarayonida onglilik va faollilik



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

10.1. Taolim jarayonida onglilik va faollilik 
 
O‘qitishga ongli munosabat va unda shuullanuvchining faolligi xar qanday pedagogik jarayonning 
samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya taoli-midagi onglilik va faollilik prinsipi xarakat 
faoliyat-larini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqali xarakatlarni o‘zlashtirishni katoiyyan qoralaydi va birinchi-
lardan bo‘lib xarakatlarni taqqoslay olish, uning taxlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va xarakat faoliyatlarini 
egallash oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shuullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsat-
kichlarini oshiradi”, – degan qo‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi. 
Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo‘llash mashulotni umumiy vazifalariga qiziqish uyotish va fikrlashni shakl-
lantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, xarakat faoliyatini xayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida, taolimning 
mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. O‘qitishning boshlanich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, 
mazmuni (qomatining chiroyli bo‘lishi, kuchining ortishi va x.klar) mashulotlardagi xayotiy-amaliy xolatlar orqali, 
jismoniy madaniyat va sport mashulotlarida shaxsni ijodiy mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarni 
xal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar 
tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik prinsipining o‘zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga 
erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shuullashnish mashulotlariga odatning shakllanishi 
susayti-radi, jismoniy mashqlar bilan shuullanishni turmush tarziga aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, 
shuullanuv-chilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suxbatlar, xikoyalar eshitishlari, 
maktab fizkulp-tura dasturining nazariy qismini o‘rganishlari, metodik va xujjatli filpmlar ko‘rishlari, o‘z-o‘zini tibbiy 
nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “xarakat malakasi”, “oliy xarakat tartibi”, 
“malakaning ijobiy va salbiy ko‘chishi” atamalari moxiyatini tushunish-lariga lozim. 
O‘zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan, xarakat faoliyatini nima uchun aynan 
o‘qituvchisi yoki murabbiy ko‘rsatganidek bajarish shart ekanligi o‘quvchi ongiga yetkazilishi majburiyati yuzaga 
keladi. Mashqlangan barmoqlar (voleybolchiniki) turmushda barmoqlarning nozik xarakatlarini talab qiladigan 
kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo‘l kelishi ongiga yetgan shuullanuvchi taolim jarayoniga ongli 
munosabatda bo‘lishidan tashqari, uning faolligi ortadi. 
Mashq, xarakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali xarakat qilish, uni bajarish orqali organizmda 
sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarni tushunish, topshiriqka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi. 
O‘qituvchilarning ko‘tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassu-mi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, 
xarakatlarni xavas qiladigan darajada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi 
ritmiga moslab, to‘rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi taolim jarayonidagi vazifalarni xal 
kilishga zo‘r qiziqishni kuchaytiradi va fikrlashni shakllantiradi. 
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish taolimning 
prin-sipial mexanizmlaridan biridir. 
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy xarakat”ning moxiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, 
zveno-lari, detallarini nazorat qila olishning axamiyati taolim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy-amaliy 
isbotlangan. 
Abelpskiyning tajribasi bo‘yicha shuullunuvchilarni sakrash texnikasiga o‘rgatish uchun 120-150 urinish 
(popqtka) tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so‘ng shuullanuv-chilar bilan shu xarakatning tuzilishi, bajarish 
texnikasi xa-qidagi suxbatlar, (diskussiya) natijasi o‘ta qoniqarsiz bo‘lgan.  


Navbatdagi guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, xayotiy-amaliy axamiyati xaqida yetarli darajadagi 
nazariy tayyorgarlikdan so‘ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shuullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq 
texnikasini osongina o‘zlashtirib olganliklari kuzatilgan. 
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, yaoni xarakatni oliy 
maqomda bajara olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko‘r-ko‘rona, taqlid 
tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida meoyoridan ortiq energiya sarflashga, 
shuullanuvchida shu xarakatga nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni shakkllantiradi. Shuning uchun ongli taxlil  o‘z 
xarakatini baxolay olish, o‘qitish jarayonining cho‘zilib ketishini oldini oladi.  
Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik xisoblash, 
bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan xolda, shuullanuvchining anatomiya, sport 
fiziologiyasi, bioximiya soxalaridagi bilimlarga tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, 
gimnastika jixozlaridagi mashqlar esa xarakatning fazodagi chegaralarini, xarakatning yutqazilayotganligini xis 
qilishdek talablarni qo‘yadi, bu o‘z navbatida, ixtiyoriy xarakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o‘rgatadi.  
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, ijrosi xarakatni ifodasini fikran ko‘z oldiga keltira olish («ideomotor 
trenirovka»)  onglilik prinsipining asosiy vositalaridan biridir. 
Faollik mashulotlarda shuullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, «guruxli”, 
tashkillash orqali, asosiy jixozlar yoniga qo‘shimcha sport anjomlari qo‘yish, kuchiga yarasha bo‘lmagan mashqlarni 
bir-ikki xaftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so‘ng bajara boshla-salar, shuullanuvchilarni mashqni mustaqil 
bajarishga urini-shi o‘z-o‘zidan ortishi sodir bo‘ladi. 
Taolim jarayonida o‘yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiya-ning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining 
qo‘llani-shi, sport maydoni, mashulot o‘tkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigienik orastaligi, taolim 
jarayonida shuulla-nuvchilarda jonbozlik (initsiativa) ko‘rsatish, vazifani xal qilish uchun javobgarlik xissini o‘z 
bo‘yniga olabilish, maosuliyatni xis etish va o‘zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish