Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya darsida mustaqil



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/275
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#93737
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   275
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

13.3.7. Jismoniy tarbiya darsida mustaqil  
malakalarini shakllantirish 
 
 O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashulotlarni tashkil-lashning aloxida shakli sifatida xam, belgilangan 
vazifalarni xal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzida xam ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil 
ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shuullantirilishini tarbiyalash. 
O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki 
axamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining 
mazmuniga boliq. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqillik birinchi navbatda taqlid qilish va uni qaytarish tarzida namoyon 
bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshida mustaqil ish quyidagicha olib boriladi: 1)bilimning turli xil manbalari – 
jismoniy tarbiyaning darsliklari, o‘quv va ko‘rgazmali qurollaridan foydalanish bilan; 2)amaliy o‘quv materiali
vazifalar ko‘rsa-tilgan o‘quv kartochkalari, buyurtma qilingan mashqlar, o‘rga-nishni nazorati-kartochkalari, dasturni 
o‘rgatuvchi algoritmlar prinsipi asosida tuzilgan vazifalar asosida va boshqalar. 
O‘quvchilarni o‘quv va ko‘rgazmali qurollarni o‘rganish orqali mustaqil ishlari ular tomonidan tekst matnini, 
ko‘rgazmali qurolda ifodalangan mazmunni o‘rgangandan so‘ng o‘qituvchini bilimlar nazorati dasturidagi tanlab 
olingan savollarga va uning turli variantlariga bergan javoblari tarzida namoyon bo‘ladi.  
O‘quv vazifa kartochkasida (oldin o‘zlashtirilgan xarakat faoliyatlarini mustaxkamlash, umumiy jismoniy 
tayyorgarlik uchun), xar bir shuullanuvchini bitta dars (yoki bir necha dars) davomida jismoniy mashqlar sanalgan 
bo‘ladi. Kartochkalar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash faqat o‘qituvchi bilan o‘quvchi-larni bir-birlarini to‘la 
tushunishlari va yaxshi moddiy texnik bazani mavjud bilishligi orqali amalga oshiriladi xolos. Bu o‘quvchilarga bir-
biriga xalaqit bermay, o‘zini navbatini u yoki bu snaryadda kutmay bajarish imkonini beradi. 
Buyurtma tarzidagi mashqlar – mashq-buyurtmaning maono-si shundan iboratki, shuullanuvchilarga xar 
tomonlamalilik, maolum darajadagi xushyorlik, o‘ziga ishonishdek xislatlarni namoyon qilish talabini qo‘yadigan 
xarakatlar (mashqlar) tavsiya qilinadi. 
Nazorat qilib taolim beradigan  topshiriqlar orqali ko‘rsatma, vazifa berib darsning vazifasini xisobga olish 
bilan o‘quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiriladi. Bunday topshiriqlar xar bir sinf, dars, taolim etapi uchun 
ishlab chiqiladi. Jismoniy tarbiya darslarida quyidagi nazo-rat-taolim topshiriqlarining xillari qo‘llaniladi: a)xarakat 
malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha; b)umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish 
bo‘yicha; v)xarakat faoliyatining tashkillashni ratsional shakllarini anglab olish o‘yinlar va musobaqalarda individual 
va guruxlar bilan bajariladigan mashqlarda taktik usullarni maqsadga muvofiq qo‘llash orqali. 
Topshiriqning birinchi qismi taolim yo‘nalishiga ega (masalan, chigal yozish uchun tavsiya qilingan poyma-
poy, chala mashqlardan ularni ketma-ketligiga rioya qilib kospleks tuzish), ikkinchi qismi-nazorat yo‘nalishi (masalan, 
tuzilgan kompleks bo‘yicha sinf bilan chigal yozish o‘tkazish). 
Algoritm tipidagi taolim programmasi asta-sekinlik bilan qiyinligi oshiriladigan, bir-biri bilan o‘zaro boliq 
komplekslarni va sekin-astalik bilan xarakat malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv 
vazifalari-ni o‘z ichiga oladi. Kompleks 5-6 seriyadan iborat o‘quv vazifalaridan iborat. Birinchi seriyada 
o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan xarakat faoliyatini egallash uchun o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini 
oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi-o‘rganilayotgan xarakat faoliyatidagi dastlabki xolatni 


(yoki asosiy elementni) o‘zlashtirish uchun mashq beriladi. Uchinchi-o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xarakat-ni 
bajarilishini taominlovchi mashq beriladi va uni yordami bilan faoliyat o‘zlashtiriladi. To‘rtinchi va beshinchi seriya- 
xarakat faoliyati texnikaini ayrim qismlari (elementlari)ni o‘zlashtirilishi bilan boliq mashqlarni, oltinchi seriya-
texnikani takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda bajarilishi lozim bo‘lgan mustaqil faoliyatning xajmi, undan kelib 
chiqadigan maqsad nimadan iboratligiga aniqlik kiritiladi, shuningdek, mashq texnikasini bajarish (agar texnika ularga 
tanish bo‘lmasa) yaoni o‘quvchilarni bajarishi lozim bo‘lgan vazifa xaqida to‘liq ko‘rsatmalar, tushuntirishlar qilinishi 
lozim bo‘ladi. 
Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarilayotganining asosiy nazrat vositasi, o‘quvchilarni xarakat faoliyati va 
ularning javoblaridir, shuningdek ularning javoblarini to‘-riligi, xatolarining soni va xarakteri xaqidagi o‘qituvchining 
analitik faoliyatidir. 
Darsda o‘quvchilarni mustaqil faoliyati bo‘yicha pedagogik zo‘r berishning mantiqiy yakuni, ularning yutuq va 
kamchi-liklarini aniqlash xaqida o‘tkaziladigan muxokamadir. Unda dars, o‘quvchi, o‘qituvchi faoliyati mukammal 
taxlil qilinadi va o‘quv faoliyatlarining xarakteri va to‘riligiga baxo beriladi. o‘quvchilarning mustaqil ishini 
samaradorligini oshirish uchun o‘quv jarayonining tashqi tomoni bilan birga qatorda ichki tomonining teskari aloqasini 
yo‘lga qo‘yilishi yaoni o‘quvchi-ning o‘zi mustaqil ishi natijalariga ko‘ra olgan, egallagan, o‘zlashtirgan bilimlari 
xaqida maolumotining axamiyati katta. 
Mustaqil ish paytida ichki aloqa va uni teskarisini yuzaga keltirishning imkoniyati o‘z-o‘zini nazorat va o‘zini-
o‘zi tekshirish orqali yo‘lga qo‘yilsa natija kutilgandek bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi darajasining ko‘rsatgichi jismoniy mashqlarni bajarishda va 
pedagog tomonidan qo‘yilgan vazifaning natijasini o‘quvchi tomonidan mustaqil muvofiqlashtira olishi qobiliyati 
orqali namoyon qiladi. O‘quvchining o‘zini, o‘z faoliyati bo‘yicha kamchi-liklari va yutuqlari xamda o‘zining ijobiy 
tomonlari xaqidagi fikrining mavjudli, shular xaqida suxbat, baxs, munozaraga maxtalligini tarbiya jarayonidagi 
moxiyati beqiyosdir.  
O‘z faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni to‘ri yoki noto‘riligi xaqida o‘ziga baxo bera olshi jismoniy tarbiya 
darsida yoki jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulot-larida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga mustaqil ishlash 
malaka-sini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida emas, uni bir bo‘lagi yoki qismida xam 
davom etti-rilishi tarbiya jarayonining samarasiga tag zamin (poyde-vor)dir.  

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish