Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Download 0,5 Mb.
bet45/238
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#268091
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   238
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

ayritabiiy, ayri oddiy dastlabki xolatdan foyda-lanish (zarur bo‘lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar va x.k).

  • Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo‘l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).

  • Xarakatlar tezligi va suroatning o‘zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).

  • Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o‘zgarti-rish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o‘yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tudirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va xokazolar).

  • Qo‘shimcha xarakatlar kiritib mashqlarni murakkab-lashtirish (masalan, yerga tushish oldidan qo‘shimcha burilishlar qo‘shib, tayanib sakrash va boshqalar).

  • Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, maolum bo‘lmagan tarzda qo‘shib bajarish (masalan, gimnastik kombina-siyalarini ko‘rgan va o‘qitgan zaxoti bajarish musobaqasi va shunga o‘xshashlar).

  • Juft va gruppa bo‘lib bajariladigan mashqlarda shuullanuvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan qarshiliklarini o‘zgartirish (masalan, o‘yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo‘llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o‘zgar-tirish).

    Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo‘lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo‘shashtira bilishni o‘rganish va uni takomillashtirishdir. Xar qanday xarakat maolum maonoda muskullarni ko‘zalishi va bo‘shashtirilishining natijasidir. Ko‘zalishdek, bo‘shashtirish (lozim bo‘lgan muskulni, lozim bo‘lgan payitda) ni bilish xar qanday xarakatni samarali bajarishda muxim rol o‘ynaydi. Xarakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bo‘shashib turishi kerak bo‘lgan muskullar guruxining tarangligi xarakatni bajarish uchun lozim bo‘lgan bemalollik (bo‘iqliq) ni, xarakatni erkin bajarishni yo‘qqa chiqaradi.

    Xarakatni bo‘iq, emin-erkin bajara olmasak ruxiy va muskul tarangligi orqali sodir bo‘ladi deb uni ikki guruxga ajratiladi. Ruxiy taranglik asosan xis xayajonga sabab bo‘ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko‘rish, musobaqalashadigan muxit, tomoshabinlar va x.k.) orqali sodir bo‘ladi va chaqqon-likkagina emas, organizmning boshqa funksional xamda jismo-niy sifatlariga xam salbiy taosir ko‘rsatadi. Bu diqqatni to‘play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o‘zgartirish qilishda kechikish, xarakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish yo‘llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo‘lgan maolumotlarni olish mumkin. Ruxiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo‘lishi bilan kuzatiladi.

    Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo‘ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul tarangla-shishi; b) o‘ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo‘shashishga ulgurmasligidan sodir bo‘ladigan tarang-lik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sabab-li muskul bo‘shashishi fazasida bir oz qo‘zaluvchanlikni mav-judligi orqali sodir bo‘ladigan) taranglik.

    Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo‘lishiga salbiy taosir ko‘rsatayotgan muskul tarangligini yengish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o‘rganiladi.

    Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nixoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muxtoj bo‘lib, charchash sodir bo‘lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko‘ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to‘liq tiklanishi uchun yetarli bo‘lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foyda-laniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so‘ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.


    Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   238




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish