Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlarning taosirini belgilovchi omillar



Download 0,5 Mb.
bet42/238
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#268091
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   238
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

6.4. Jismoniy mashqlarning taosirini belgilovchi omillar

Xar xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy taosir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil taosir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.

Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali taosirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruxlanadi:


  1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Taolim jarayoni ikki tomonlama o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning taosiri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, xarakat faolligi xamda boshqalarga boliq.

  2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatla-rini tomonidan anglanishi meoyorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyat-lari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, pedagogik vazifa-larni xal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.

  3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydala-nishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi.

Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun qo‘llanayotgan usuliyat (jismoniy qabiliyatni ochsin, o‘zlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar xisob-ga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, yaoni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki solomlashtirish)ni xal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik xarakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usuliyatlari (bo‘laklarga ajratib yoki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takror-lashlar oraliida aktiv dam olishni qo‘llash kerakmi yoki passiv dam olishni taominlay oladimi va xokazolar). Jismo-niy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.

Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklama-ning davomiyligi xamda uning intensivligi, takrorlash chasto-tasi (interval va dam), takrorlashlar oraliidagi dam olish-ning xarakteriga boliq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotgan xollarning o‘zaro munosabati xisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.

Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga boliq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qo‘llanganda balandroqqa chiqish imkoni bo‘ladi.

Jismoniy mashq bajargandan so‘ng organizmda maxsus funksional o‘zgarish vujudga keladi va u maolum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o‘zgarish fonida keyingi mashqning taosir samarasi yanada boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Dastlabki va so‘ngi mashqda mashu-lot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi xarakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini o‘zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Taosir-ning oz yoki kuchlilik darajasi o‘zining chuqurligi va davo-miyligi, o‘quvchi xolati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va xokazolarga boliq. Mashqlar taosirining kompleksini ishlab chiqish xarakat faoliyatining asosiy taosiri samarasini xisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar taosiri tizimini xar bir yosh guruxi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish