4. Uch bosvichli sport musobaqalarning funksional maqsadlari
Birinchi blokning asosiy funksional maksadi maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda birlamchi jismoniy xarakat ko‘nikmasini dastlab oila, bogcha va maxallada shaklantirish; bolalar kuni sport bilan shug‘ulanish ko‘nikmasini xosil qilish, bu kerakli va qiziqarli vositani turli o‘yinlar orkali joriy etish; bolalarni yoshiga va xoxishiga mos ravishda faol xarakatga keltira oladigan tizimning ilmiy va amaliy asosini mamlakat mikyosida yaratish va uni keng joriy qilishdan iborat.
Xalq ta’limi vazirligi, xokimliklar, Bolalar sportini rivojlantirish, «Sog‘lom avlod uchun», «Maxalla» Jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orkali ushbu blokning funksional maksadi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |