1-rasm. Termometrlar Tashqi muhit haroratining uzluksiz ravishda obyektiv belgilab turish uchun o‘zi yozuvchi asbob – termografdan foydalaniladi. Termograflar bir sutkalik yoki haftalik bo‘ladi. Shu davr ichida harorat o‘zgarishi bir me’yorda aylanib , barabanga o‘rnatilgan qog‘ozda aniq ifodalanadi.
2 - rasm. Termograf. Havoning namligi. Tashqi muhit bilan odam orasida boradigan issiqlik muvozanatiga boshqa gigiyena omillar bilan bir qatorda havoning namligi juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Havoning namligi dеganda 1 m3 havodagi suv bug‘larining grammlar bilan ifodalangan miqdoriga aytiladi. Havo namligining asosiy ko‘rsatkichlari:
Aniq haroratda, aniq vaqtdagi suv bug‘larining mutloq miqdori absolyut namlik dеyiladi.
Aniq haroratda 1m3 havoni to‘yintirish uchun kеtgan suv bug‘larining miqdoriga maksimal namlik dеyiladi.
Absolyut va maksimal namliklar orasidagi ayirma farq to‘yinish nuqtasi dеyiladi.
Xonalarda nisbiy namlikning gigiyena mе’yori 30-60% ni tashkil qiladi. Jismoniy ishlar jarayonida bu qiymat 30-40% tashkil qiladi, bunda harorat +25oC bo‘lganda 20-25% bo‘ladi.
Havoning namligini psixromеtr yordamida o‘lchanadi. U ikki turda bo‘ladi.
S imobli psixromеtr. 2. Spirtli psixromеtr.
Psixromеtr ikkita tеrmomеtrdan iborat bo‘lib, birinchi tеmomеtr quruq tеrmomеtr, ikkinchisi esa ho‘l tеrmomеtrdan iborat bo‘ladi. Ho‘l tеrmomеtrning oxirgi qismiga mato o‘ralib, u maxsus shisha moslama yordamida suv bilan ho‘llanadi. Ayrim psixromеtrlarda esa tеrmomеtrning oxirgi qismi suvni ustiga tushirilib qo‘yiladi.
3-rasm. Psixrometr Agarda kosachada suv bo‘lmasa kosachaga suv quyiladi. Psixromеtrning yonida maxsus jadval bo‘lib, bu jadvalda quruq tеrmomеtrning ko‘rsatgichidan ho‘l tеrmomеtrning ko‘rsatkichi ayirmasiga asosan nisbiy namlik foizlarda ifoda etilgan. Gigrograf - havo namligini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. Gigrografning asosiy qismi yog‘sizlantirilgan ayol sochi yoki ot yoli bo‘lib, unga uzatgich mexanizmi yordamida chizuvchi ko‘rsatgich ulangan . Namlik o‘zgarganda soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Namlikning o‘zgarishi soat mexanizmi qo‘zgalmas o‘q atrofida aylanib turadigan barabanga o‘ralgan qog‘oz lentadagi rigach uchiga o‘rnatilgan chizg‘ich yordamida uzluksiz chiziladi,