Harakatlar faolligi va harakatlar muvofiqligining rivojlanishi. Yangi
tug‘ilgan bolada harakatlanish bo‘lmaydi, harakatlar to‘plami juda chegaralangan va shartsiz-reflektorli xarakterga ega. Bu yoshda suzish refleksi ifodalangan bo‘lib,
40-kunga kelib, u maksimal namoyon bo‘ladi va chaqaloq suvda harakatlar bajarib,
10-15 min suzishi mumkin. Lekin, chaqaloqni boshidan ushlab turish kerak,
chunki uning bo‘yin mushaklari hali juda kuchsiz bo‘ladi (u, hali boshini ushlab tura olmaydi). Keyinchalik shartsiz reflekslar so‘na boshlaydi, ularning o‘rnida turli harakat ko‘nikmalari shakllanadi. Bolada harakatlarning rivojlanishi nafaqat THA va MAT ning rivojlanishi bilan, balki trenirovka (gimnastik mashqlar, o‘yinlar, chiniqtirishni qo‘llash va h.k.)bilan ham belgilanadi. Bolalarda, tabiiy lokomotsiyalar (yurish, o‘yinlar, yugurish,sakrash va b.) va ularning muvofiqlashuvi 2-5 yoshgacha shakllanadi. Bunda, hayotining birinchi yilida gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullantirish katta ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki,muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ham hali mukammal bo‘lmaydi.
Rasm 4. Chaqaloqda statik va harakat funksiyalarining
rivojlanish sxemasi
Harakatlarning muvofiqligini shakllantirish o‘spirinlik davriga kelib
yakuniga yetadi. Tizimli trenirovkalar qilinganda harakatlarning mukammallashuvi va ularning muvofiqligi sodir bo‘ladi.Yuqori maktab yoshida gavdaning proporsiyalari voyaga etganlarning ko‘rsatkichlariga yaqinlashadi (rasm 5). Yoshi 14-16 ga etganda, epifizar tog‘aylarda, umurtqa pog‘onasi oraliqlaridagi disklarda suyak darajasidagi sohalar paydo bo‘ladi. Qizlarda 16 yoshda, o‘g‘il bolalarda 17-18 yoshda o‘sish to‘xtaydi(rasm 6).
Rasm 5. Gavda proporsiyalarini yoshga oid o‘zgarishlari.
O‘ta og‘ir jismoniy yuklamalar, ayniqsa og‘irliklarni (gantellar, toshlar,
shtanga va b.) ko‘tarish suyaklanish jarayonlarini tezlashtiradi va o‘sish hamda
rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘spirinlik davrida mushak massasi va kuchining ortishi kuzatiladi. Bolaga 7-10-15 yoshlik davrida ortiqcha jismoniy yuklama berish, THA tarkibiy tuzilmasini o‘zgarishi tufayli oyoqlarning bo‘g‘imlarini, jumladan umurtqa pog‘onasini ham deformatsiyaga olib kelishi mumkin. 13-14 yoshdagi qiz bolalarga og‘irliklar ko‘tarish (atletizm, shtanga, gantel va b.) bilan bog‘liq jismoniy yuklamalar berishda ehtiyotkor bo‘lish kerak.
O‘spirinlik davrida o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar o‘rtasida mushak kuchi
ko‘rsatkichlarida farq katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |