67-modul. Lokomator harakatlar
Organizmning lokomotsiyalari - atrof-muhit bilan faol o‘zaro harakatlar
imkoniyatini ta’minlovchi hayot faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir.
Lokomotsiyalar (lot. locus - joy va motio - harakat) - hayvonlar va
odamlarni fazoda faol harakatlarini chaqiruvchi, ularning muvofiqlashgan
harakatlari birligidir: muhitning turli sharoitlarida yashashi uchun muhim
moslashishidir.
Odamning lokomotsiyalariga yurish, yugurish, sakrash, suzish kabilar va
boshqalar kiradi. Evolyutsiya jarayonida lokomotsiyalar o‘zgargan va murakkablashgan.
Lokomotsiyalarning har bir turi, juda ko‘p har xil turlarga ega. Masalan,
oddiy yurish va sport yurishi, qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish farqlanadi
va h.k. Lokomotsiyalarga individual xususiyatlar xos.
Odamning lokomotsiyalari gavda holatini ushlab turishni, gavdaning alohida
qismlari harakatlari va gavdani fazoda to‘liq harakatini ta’minlaydigan skelet
mushaklarining qisqarishi natijasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Harakatlarni tasniflash paytida gavda qismlari erishadigan vaziyatlarning
xarakteri (bukish, rostlash va b.), funksional vazifasi (orientirlanish, himoya va b.)
yoki ularning mexanik xususiyatlari (masalan, aylanma harakatlari) hisobga
olinadi.
Odamning harakatlari markaziy asab tizimi (MAT) tomonidan nazorat
qilinadi: u, harakat organlarining faoliyatini ketma-ket mushak qisqarishlarida
amalga oshiriladigan u yoki bu vazifalarini bajarishga yo‘naltiradi. Harakatlar
faolligining ushbu shaklini erkin yoki ongli harakat deb, harakat aktlarini amalga
oshirish paytidagi mushak guruhlarining muvofiqlashgan faoliyatini – harakatlar
muvofiqligi deb atashadi.
Harakatlar muvofiqligi - odam chaqqonligining, kuchining, chidamliligining
zarur shartidir.
Harakat reaksiyalari oddiy (masalan, issiq jismga tekkanda qo‘lni tortib
olish) va murakkab bo‘ladi. Murakkab reaksiyalar - ma’lum bir harakatlar 4
vazifasini yechishga yo‘naltirilgan ketma-ket harakatlar seriyasi. Murakkab
harakatlarga misol bo‘lib, gavdaning fazoda harakatlarini ta’minlaydigan skelet mushak tizimining harakatlari - lokomotsiyalari (yurish, yugurish, suzish, sakrash
va h.k.) xizmat qiladi. Eng murakkab harakatlarga, maxsus harakatlar deb
nomlanadigan - mehnat, sport, o‘yin va boshqa harakatlar kiradi.
Murakkab, ko‘p pog‘onali jarayonda erkin harakatlarni shakllantirishda,
boshqarishda va ijro qilishda asab tizimining barcha darajalari (orqa miya, bosh
miyaning turli hosilalari, periferik asablar) (rasm 1.16 ga qarang) qatnashadilar
hamda erkin harakatlarning bevosita ijrochisi - tayanch-harakat apparati (THA)
qatnashadi.
Tayanch-harakat apparatini skeletning suyaklari, bo‘g‘imlar, bog‘lamlar va
mushak-paylari bilan birgalikda tashkil qiladi, ular harakatlar bilan bir vaqtda
organizmning tayanch funksiyasini ham bajaradi. Suyaklar va bo‘g‘imlar mushak
harakatlariga bo‘ysingan holda harakatlarda passiv ishtirok etadilar, lekin tayanch
funksiyasini bajarishda yetakchi rol o‘ynaydi. Suyaklarning ma’lum bir shakli va
tuzilishi ularni juda mustahkam qiladi, ushbu mustahkamlikning qisilish,
cho‘zilish, egilish zahirasi THA ning kundalik ishi paytidagi mumkin bo‘lgan
yuklamalardan ancha katta. Masalan, odamning katta boldir suyagi qisilgan paytda
bir tonna og‘irlikdagi yuklamaga chidaydi, cho‘zilish mustahkamligi bo‘yicha esa
cho‘yanga bas kelishi mumkin. Bog‘lamlar va tog‘aylar ham mustahkamlikning
katta zahirasiga ega.
Harakatlar har bir bo‘g‘im uchun dvigatel kabi xizmat qiluvchi skelet
mushaklarining qisqarishi ta’siri ostidagi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi yoki suyak bo‘g‘im apparatining ishtirokisiz faqat mushaklar tomonidan amalga oshiriladi
(mimika harakatlari va b.). Skelet mushaklari gavdani ma’lum bir holatda
fiksatsiya qilish bilan statik faoliyatni hamda gavdani fazoda, uning alohida
qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini amalga oshirish bilan dinamik faoliyatni
bajaradi. Mushak faoliyatining ikkala turi bir-birini to‘ldirib, yaqindan o‘zaro
harakat qiladi: statik faoliyat dinamik faoliyat uchun dastlabki fonni ta’minlaydi.
Qoidaga binoan, bo‘g‘imning holati bir nechta turli yo‘nalgan mushaklar, jumladanqarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi mushaklar yordamida o‘zgaradi. Bo‘g‘imlarning barcha mushaklari bir tekis bo‘shashgan va harakat chaqirmaydigan holati –fiziologik tinchlik holati deb ataladi (rasm 1), bunda bo‘g‘imning holati – o‘rtacha fiziologik holat deb ataladi. Bo‘g‘imning murakkab harakatlari yo‘naltirilmagan ish bajaruvchi mushaklarning uyg‘un, bir vaqtdagi yoki ketma-ket qisqarishi bilan to‘ldiriladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imlar ishtirok etadigan harakat aktlarini bajarish uchun muvofiqlik o‘ta zarurdir (masalan, chang‘ida yugurishda, suzishda va h.k.). Harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlari to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar bo‘yicha, mushaklar nafaqat ijrochi harakatlantiruvchi apparat, balki o‘ziga xos sezgi organi hamdir. Mushak duklarida va paylarda maxsus asab uchlari- retseptorlar mavjud bo‘lib, ular MAT ning turli darajalaridagi hujayralarga impulslar yuboradi. Natijada, hujayra va mushak o‘rtasida berk sikl hosil bo‘ladi: MATning turli hosilalaridan harakatlantiruvchi asablar bo‘ylab keladigan impulslar mushklarning qisqarishini chaqiradi, mushak retseptorlari jo‘natadigan impulslar esa, harakatlarning har bir elementi va lahzasi to‘g‘risida MAT ga axborot beradi.
Aloqalarning siklik tizimi harakatlarning aniq boshqarilishini va ularni
muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Harakat aktlarini amalga oshirish paytida skelet
mushaklarining harakatlarini boshqarishda MATning turli bo‘limlari ishtirok etsa
ham, ularning o‘zaro harakatlarini ta’minlashda va harakat reaksiyasining
maqsadini qo‘yishda, ayniqsa murakkab harakatlarni bajarishda yetakchi rol bosh
miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘iga mansub. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida 6 harakat va sezish sohalar yagona tizimni hosil qiladi, bunda har bir mushaklar guruhi ushbu sohalarning ma’lum bir uchastkasiga mos keladi (rasm 2). Bunday Rasm 2. Bosh miya po‘stlog‘ining harakat sohalari.
Ikkilamchi harakat sohasining katta qismi po‘stloqning medial yuzasida joylashgan bo‘lib, ushbu rasmda ko‘rinmaydi o‘zaro bog‘liqlik, harakatlarni aniq bajarish imkonini beradi. Erkin harakatlarni boshqarish sxematik shaklda quyidagicha ko‘rinishi mumkin. Harakat amalining vazifalari va maqsadi tafakkur bilan shakllanadi, bu, odamning diqqatini va harakatlarini yo‘naltirilganligini belgilaydi. Tafakkur va hissiyotlar ushbu harakatlarni akkumulyatsiya qiladi va yo‘naltiradi. Oliy asab faoliyati mexanizmlari, harakatlarni turli darajalarda boshqarishning psixofiziologik mexanizmlarini o‘zaro ta’sirini shakllantiradi. Turli asab hosilalari va THA ning o‘zaro harakatlari va doimiy ravishda axborot almashishlari asosida harakatlar faolligining rivojlanishi va korreksiyasi ta’minlanadi. Harakat reaksiyalarini amalga oshirilishida analizatorlar katta rol o‘ynaydi (rasm 3, sxema 1). Harakat analizatori mushak qisqarishlarining dinamikasini va o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, harakatlar aktini fazoviy va vaqt birligida tashkil qilinishida ishtirok etadi.
Muvozanat analizatorlari (vestibulyar analizator) gavdaning holati fazoda
o‘zgarganda harakat analizatori bilan o‘zaro harakat qiladi. Ko‘rish va eshitish analizatorlari atrof muhitdan axborotni faol qabul qilish orqali orientir olishda va harakat reaksiyalarini korreksiya qilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |