12. Appeal
(Jalb etish)
Multiplikatsiyaning yoqimli tarafi shundaki, har bir personajda aktyorlik mahorati namoyon bo‘lishidir. Personajning yoqimlik o‘rini nafaqat ijobiy qahramonlarda, balki salbiy qahramonlar, hayvonlarda ham ko‘nishi mumkin. Chunki tomashabin har bir personajdan reallikni va o‘ziga yoqadigan tomonlarni qidiradi. Tomoshabin va personaj o‘rtasida yaqinlikni o‘rnatish uchun bir necha usullari bor bular personajning yoqimli ko‘rinishi harakati belgilari va jozibador ovozidir.
65-modul Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning biomexanikasi asoslari. Differentsial biomexanika. Sportda - texnik mahorat biomexanikasi.
Rеja:
1. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni biomexanik asoslari.
2. Tana tizimi va uning motorikasi.
3. Odam tanasi tuzilishining uning harakat imkoniyatlariga ta`siri. Tana proportsiyasi va uning konstitutsiyasi. Ushbu mashqni qanday bajara oladi. (jismoniy tarbiya texnikasini egallashning effektivligi).
4. Mutloq va solishtirma samaradorlik. Jismoniy tarbiya texnikasining amalga oshirish samaradorligi.
5. Texnikani amalga oshirish samaradorligining ikki turi. Texnikaning egallashning biomexanik asoslari.
Biomexanikaning odamning harakat qilish imkoniyatlari va harakatlarining o`ziga xos xususiyatharakatlarini o`rganuvchi bo`limi differensial biomexanika deb ataladi. Bunday bo`linmalarboshqa fanlarda ham mavjud. Masalan, differensial psixologiya – odamning individual-psixologik xususiyatharakatlarini o`rganadi.
Tana tizimi va uning motorikasi.
,,Motorika" so`zini lotinchadan o`zbekchaga tarjima qilcak, harakat ma'nosini bildiradi. Odamning bajaradigan harakatlari, ya'ni motorikasi ular tanasining tuzilishiga ko`p jihatdan bog`liq. Odam tanasining tuzilishiga quyi–dagilar kiradi:
a) tananing total (umumiy) kattaligi. Bunga tana uzunligi, vazni, ko`krak qafasi aylanasining o`lchami, tana yuzasining kattaligi va hokazolar kiradi;
b) tana proporsiyalari–tana bo`laklari (oyoq-qo`llar va boshqalarning) bir-biriga nisbati kiradi;
d) tananing konstitutsional (to`g`ri rivojlanish) xususiyatlari.
Sport bilan shug`ullanadigan odamlar tanasining total tuzilishi, katta-kichikligi va vazni har xil bo`ladi. Ko`pincha, bitta sport turi bilan shug`ullanganda ham har xil vaznga ega bo`lgan sportchilarni uchratish mumkin. Masalan, kurashda yoki og`ir atletikada 50 kg dan 150 kg gacha vaznga ega bo`lgan sportchilarni uchratish mumkin. Bunday sportchilarning qilish imkoniyatlari ham har xil bo`ladi. Katta vaznga ega bo`lgan sportchilarning mashq bajarish darajasi bir xil bo`lishidan qafiy nazar, ular katta kuchga ega bo`ladi. Shu sababdan kurash, boks, og`ir atletika sport turlarida sportchilar vazn kategoriyalariga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |