Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet150/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

O‘quv xonalari – sinflar. Sinfda bitta o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan polning maydoni 1,25 m2 bo‘lishi kerak, 40 ta o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan maydon 50 m2 yoki kengligi 6,1 m, uzunligi 8,2 m. Adabiyot, tarix, geografiya xonalari 50-66 m2. Yorug‘lik chap tomonidan tushib turishi kerak, derazalar partadan yuqoriroq o‘rnatilsa yorug‘lik koeffitsienti 0,25; tushish burchagi – 27°; ochiq yorug‘lik burchagi – 6° dan kam emas. TYOK – 1,5 foiz; sun’iy yorug‘lik manbaidan yoritilganlik – 300 lk. Havoning gigiyena holati katta ahamiyatga ega bo‘lib, sinfda bir soatda bir o‘quvchiga 16 m3 havo kerak bo‘lib, sinfda havoning harorati 22-24°C, havoni nisbiy namligi 40-60 foiz, sinf xonasida havo almashinish darajasi bir soatda 3 marta bo‘lishi, balandligi 3,5 m; sinfda tozalikni saqlash uchun 1,8 m; balandlikda devor moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Rangi yorug‘ bo‘lmog‘i lozim.
Laboratoriya, fizika, ximiya, biologiya xonalari 66 m2, ximiya, fizika xonalari yuqori qavatda bo‘lib, havo tortib oladigan shkaf – ximiya kabinetida bo‘lishi kerak. Qolgan shart-sharoit sinfdagi kabidir.
Ustaxonalar. Maktab binosini bir burchagiga ustaxona joylashtiri-ladi, bu yerda metall yoki yasaladigan asbob-uskunalar o‘rnatiladi. Har gruppada bolalar soni 20 dan ortmasligi kerak. Bolalar soni, maydon 60 m2 tashqi tomondan eshik bo‘lishi kerak, materiallar keltirishni qulaylashtiradi. Ustaxona havosi maxsus ventilyator orqali tozalanib turiladi, qo‘shimcha ravishda yoritiladi.
Reaksiya xonasi. Gimnastika zaliga qo‘shimcha bo‘lib reaksiya xonasi hisoblanadi. Bolalar tanaffus vaqtida faol o‘ynab dam oladilar. Bularga alohida zal, koridorni kengaygan qismi kiradi. Bunda maydon har bir o‘quvchiga 0,6-0.75 m2. Bolalar ko‘plab to‘planib qolmasligi uchun bunday xonalarni 3-4 sinfga alohida qilish kerak.
Maktab mebellaridan eng asosiysi partadir. Parta o‘sayotgan bolalarning o‘tirishiga, bo‘yiga hamma tomondan qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak. Birinchi bo‘lib F.F. Erisman o‘tgan asrning oxirida yaratgan bo‘lib, ba’zi-bir o‘zgarishlar kiritilgan holda hozirda ham qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda yuqori sinflarda stol va stullar qo‘llaniladi. Davlat standartiga binoan partani 7 ta nomeri bor, har biri 10 sm ga farq qiladi. Partani asosini o‘lchami o‘quvchining to‘g‘ri o‘tirishi uchun distansiya va diferensiyasidir. Distansiya – parta ustki qismini orqa tomondan o‘tiradigan skameykasini yuqori tomonigacha bo‘lgan masofaga aytiladi – gorizontal ravishda olingan. Distansiya manfiy bo‘lishi kerak, ya’ni 4-5 sm skameyka stol tagiga kirib turishi kerak.
Agarda distansiya musbat bo‘lsa, suyanib o‘tirib bo‘lmaydi va umurtqa pogonasi qiyshayib qolishi mumkin (kifoz).
Differensiya ham juda katta ahamiyatga ega. O‘tiradigan skameykadagi suyang‘ich umurtqa pog‘onasini egilgan joyiga to‘g‘ri kelishi lozim. Eng yaxshi partada o‘tirgan o‘quvchini o‘tirgan har doim nazorat etib turish lozim, shu vaqtda fiziologik o‘sib rivojlanishga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi. Shu vaqtda o‘quvchi to‘g‘ri nafas oladi, ichki a’zolari ezilmaydi va ko‘z olmasidan kitobgacha bo‘lgan masofa 35-40 sm bo‘ladi. Partani usti oldin qoraroq bo‘yoqlar bilan bo‘yalsa, hozirda yorug‘, oqroq bo‘yoqlar bilan bo‘yalaymoqda, yuvishga oson bo‘lishi uchun o‘quvchilarda ozoda, toza, tartibli tarbiya berish uchun, o‘quvchini partaga o‘tka-zayotgan vaqtida nafaqat o‘quvchini bo‘yi inobatga olinishi kerak, hatto o‘quvchini qay darajada ko‘rishi, eshitish qobiliyatini ham inobatga olinishi kerak.
O‘quvchini bo‘shroq, shamollashga moyilroqlari oynadan uzoqroq partalarga o‘tkazilishi kerak. Sinf doskasi 3-3,5x1,2 m. li linoleumdan qilinib qo‘ng‘ir yoki to‘q-ko‘k rangda bo‘lishi lozim. Doskani pastki qismi partadan ozroq yuqori holatda o‘rnatiladi. Doskadagi yozuv ko‘rinishi uchun yuqori tomondan ham mahalliy yoritgich o‘rnatiladi.
Laboratoriya maxsus stol va stul bilan jihozlanadi. Unda gaz, suv, qo‘l yuvish uchun maxsus joy bo‘lishi lozim. Stolda o‘quvchilar turib yoki o‘tirib ishlashi mumkin.
O‘quv qurollari kitob, daftar bilan ko‘z orasi 35-40 sm bo‘lishi kerak, harflar ham kattaroq yorug‘lik yaxshi yetarli bo‘lishi kerak. Yotib o‘qish uyda dars qilinayotgan vaqtda yaxshi emas. Ko‘z bosimi ortib ketishi mumkin. O‘qish va yozishni uyda ham, maktabda ham almashtirib turish kerak. Qog‘oz oq va qalinroq bo‘lishi lozim. O‘quvchilarni ruchkasi, sumkasi, ularni tutishga ham e’tibor berish lozim.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish