Suzuvchilar bir kunlik ovqat ratsioni 65-70 kkal, uzoq masofaga suzuvchilar uchun 68-72 kkal, 1 kg massa og‘irligi uchun oqsil 2,1-2,3 g; yog‘ 2,0-2,1 g; karbonsuv 9,5-10 gr. Ko‘proq sut va sut mahsulotlari, go‘sht, baliq, dukkaklilar, vitamin C, B guruhiga kiradigan vitaminlar, mineral moddalar tavsiya etiladi.
Suzuvchilar 4 marta ovqatlanishlari kerak. Ertalabki mashg‘ulot oldidan yengil nonushta qilish lozim. Tayyorlov bosqichida oqsilni ko‘p tavsiya etish lozim. Chidamkorlikka mashq mashg‘ulotlarini bajarayotgan vaqtda B1, B2, PP va C vitaminlar bilan boyitish, temir moddasi ko‘p bo‘lgan ozuqa moddalari iste’mol etish lozim. Chidamkorlikka mashq qilayotgan vaqtda 1 kg tana massasiga 2,0-2,1 g oqsil; 2,4-2,5 g yog‘; 9-10 gr karbonsuv bo‘lmog‘i kerak. Mashq mashg‘ulotlari davomida fosfor birikmalari ko‘p bo‘lgan ozuqalar – sut mahsulotlari, go‘sht, pishloq, ko‘proq iste’mol qilish kerak. O‘spirin suzuvchilar uchun ovqat ratsionini tuzayotgan vaqtda musobaqa davrida bir kunlik sarflangan energiya 3558 kkal (1 kg tanmassa og‘irligiga 61,3 kkal)ni tashkil etadi. Bu vaqtda maxsus mashqlanish vaqtida sarf bo‘ladigan energiya 1056 kkal (I.I. Aleksandrov, N.N. Shishina). Suzuvchilar va suv polosi o‘yinchilari uchun 4 ta ovqat ratsioni tavsiya etiladi:
53-jadval.Suzuvchilarning bir kunlik ovqat ratsionini kimyoviy tarkibi va kaloriyasi (kkal/gr)
Ozuqa modda
|
Ratsion I 4000 kkal
|
Ratsion II 5000 kkal
|
Ratsion III
6000 kkal
|
Ratsion IV
7000 kkal
|
Oqsil
|
|
|
|
|
Yog‘
|
|
|
|
|
Karbonsuv
|
|
|
|
|
- asosiy tayyorgarlik bosqichi – 3 yoki 4- ratsion;
- musobaqa va musobaqa oldi tayyorlanish bosqichi – 3- ratsion.
- tiklanish bosqichi – 1 yoki 2- ratsion.
Kun davomida 2-3 marta shiddat bilan mashq qiladiganlar yuqori biologik baholi ozuqalar iste’mol etishlari lozim. Mashq yuklamarini me’yorlash uchun o‘sayotgan bolalarni har tomonlama rivojlanishini inobatga olgan holda tibbiy nazorat ostida olib borish yaxshi natija beradi. Yaxshi rejalashtirilmagan mashq mashg‘ulotlari organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yuqori hajmdagi mashq mashg‘ulotlari davomida ish qobiliyatini oshirish va tiklash vositalaridan foydalanishlari lozim. Suzuvchilarni tiklanishini tezlashtirish maqsadida massaj turlari, dush, iliq vannalar, kontrast vannalar, sauna (O.V. Kuchayev) ishlatiladi. Katta hajmdagi mashqlardan so‘ng, suzuvchi tanasi 5-7 daqiqa davomida iliq dush yoki iliq vanna (35-38oC) isitilgandan so‘ng massaj qo‘llaniladi. Bir mashq mashg‘ulotidan so‘ng 5-10 daqiqa davomida dush qabul qilish mumkin.
Vannada turish vaqti 10-15 daqiqa. Dush ostida va vannada suzuvchilar o‘z-o‘zlarini massaj etishlari mumkin. Bunda charchash sezilgan, og‘riq bilan mushaklar massaj etiladi. Sauna haftalik mikrotsiklda, dam olish arafasida musobaqadan 4-5 kun oldin tavsiya etiladi. Suzuvchilar tayyorlashda quyidagi tiklovchi chora-tadbirlar tavsiya etiladi. Tayyorlashni haftalik siklida, yakshanba kuni dam olish bilan, dushanba – iliq dush, seshanba – qo‘lda massaj etish, juma – gidromassaj, shanba – umumiy tiklantiruvchi massaj yoki bug‘ hammomi massaj bilan.
Tayyorlashni ikkinchi bosqichida, yaqqol mutaxassislikka yo‘naltirilgan mashq bilan: dushanba, chorshanba, juma – gidromassaj, shanba – bug‘ hammomi yoki iliq dush va umumiy tiklantiruvchi massaj – 20-30 daqiqa davomida suzishdan 1,5-2 soat keyin uyqudan oldin dush.
Suv muhitida uzoq bo‘lish natijasida – konyuktivit, yuqori nafas yo‘li kasalliklari va quloq kasalliklari, epidermofitiya kasalliklari ko‘proq uchrashi mumkin. Konyuntivitni asosiy sababchisi haddan tashqari suvga xlor ko‘p qo‘shish yoki suvni ifloslanishidir.
Buni oldini olish uchin suvni xlorlashni nazorat etib borish, hamda maxsus suzish uchun tayyorlangan ko‘zoynak taqib cho‘milish kerak. Yuqori nafas yo‘li va quloq kasalliklari suvda ko‘p bo‘lganligi sababli bo‘ladi. Ko‘pincha surunkali rinit uchraydi, uni oldini olish uchun tanani chiniqtirish lozim.
Epidermofitiya – kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ tushishi natijasida kelib chiqadigan yuqumli kasallikdir. Suzuvchilarda dush xonasida, havzalarida namlik yuqori bo‘lganligi sababli bu zamburug‘ uzoq vaqt o‘lmasdan yashab turishi mumkin. Bunday kasallikdan to‘la davolanish lozim.
Davolanib bo‘lgunga qadar suv havzasidan foydalanmasligi, mashq qilmasligi lozim. Har bir shaxs o‘zini himoya etish uchun suzish xonalarida maxsus rezinadan tayyorlangan oyoq kiyimlaridan foydalanishi lozim. Zamonaviy suzish va suv havzalari har xil tiklanish muolajalarini, davolash va kasallikni aniqlash muolajalarini o‘tkazish uchun xonalar, jihozlar, asbob-uskunalarga ega bo‘lishi lozim.
Shu maqsadda har xil xonalar yig‘indisi ishlab chiqarilgan: suv muolajalarini o‘tkazish uchun blok (quruq havoli qoplama, dush zali, kontrast vanna, muolaja vannasi) gidromassaj, tiklanish havzasi, quruq massaj xonasi, muolaja dam olish xonasi xizmat ko‘rsatuvchilar uchun xona.
Do'stlaringiz bilan baham: |