Basketbolchilar ovqatlanishida ham umumgigiyena qonun-qoidalariga amal qilingan holda olib boriladi, 1 kg tana og‘irligiga 62-64 kkal energiya sarfi to‘g‘ri keladi. O‘yin vaqtida 900-1200 kkal energiya sarf bo‘ladi.
Bir kunlik ovqat ratsionida 2,1-2,3 g oqsil; 1,7-1,8 g yog‘, 9-10 g karbonsuv basketbolchilar ovqatida oqsil, B guruh vitaminlar, fosforlar ko‘p bo‘lishi lozim. Bir kunda 4 marta ovqatlanish tavsiya etiladi:
- asosiy tayyorlanish bosqichida – ayol 1-2 - ratsion, erkak 2-3- ratsion;
- ko‘p kuchlanishda erkaklar uchun 4- ratsion;
- musobaqa oldi va musobaqa bosqichi – ayol 1-2- ratsion, erkak 2-3- ratsion;
- tiklanish bosqichida – ayol 1- ratsion, erkak 2-3- ratsion.
Basketbolchilar kiyim-kechagi mayka, trusik, yumshoq oyoq kiyim, poshnasiz, rantsiz bo‘lishi lozim, u rezina yoki charm bo‘lishi kerak, chunki raqiblarni jarohatlashi mumkin. Tirnoqlari qisqa qilib olingan bo‘lishi lozim. 8oC dan past haroratda mashq kostyumida o‘ynashga ruxsat etiladi. Basketbolchilarda barmoqlarni ezilishi, qisilishi, cho‘zilishi, tizza, boldir, tovon bo‘g‘imlarini shikastlanishi kuzatiladi.
8.4. Suzish
Suzish sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega. U har tomonlama rivojlanishga, mushak, yurak-tomir, nafas olish tizimlarini mustahkamlashga, chiniqtirishga yordam beradi.
Suzish bilan hamma yoshdagilar shug‘ullanishlari mumkin. Hozirgi vaqtda suzuvchilar katta yutuqqa erishganlari ko‘p bo‘lgan. Kun tartibida bir kun davomida 2 va 3 mashq mashg‘ulotlari bo‘lishi mumkin.
Odatda ertalabki mashq mashg‘ulotlari 7:00-7:30 da boshlanadi. Shu munosabat bilan barvaqt yotish ko‘zda tutiladi. Kun tartibida kunduz kuni ozroq uxlab olish lozim. Mashq mashg‘ulotlari har xil bo‘lishi va almashtirib turilishi lozim.
Suzuvchilar chiniqtirish muolajalarini qo‘llash lozim, shu bilan bir qatorda quyosh, ultrabinafsha nurlarini qo‘llash lozim.
Suzuvchilar kross, chang‘i, konkida yugurish sportlari bilan shu-g‘ullanishlari tanani chiniqtirish uchun kerak. Bu muolajalar tomoq, burun, quloq kasalliklarini oldini olish uchun kerak. Chunki suzuvchilarda bu kasallik ko‘proq uchrab turadi. Shu maqsadda ertalab va kechqurun tomoqni suv bilan chayish tavsiya etiladi. Suzuvchilarni shaxsiy gigiyenasi tanani parvarish etish, teri kasalliklarini oldini olish, epidermofitiyadan saqlanishdan iborat.
Suzuvchilarning kiyimi va oyoq kiyimi quruqlikda mashq qiladigan ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘g‘il bolalar, erkaklar suzish tursigida, ayollar uchun esa suzish kostyumida oldingi tomonda 12 sm, orqada 20 sm, qo‘ltiq ostidagi tomonda 5 sm, orqada 7 sm kesilgan joylari bo‘lmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |