Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Qaytarilish jarayonini tezlatuvchi omillar



Download 6,95 Mb.
bet284/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Qaytarilish jarayonini tezlatuvchi omillar. Qaytarilish jarayonini tezlatadigan omillarga ruhiy yoki psixologik va tibbiy-biologik omillar kiradi. Ulardan biri I. M. Sechenov tomonidan kashf qilingan faol dam olish omilidir. Unga ko‘ra kuchli charchalganidan keyin aynan ishda qatnashadigan muskullarning og`ir bo‘lmagan holda ishlatilishi hech harakat qilmasdan turganga qaraganda qaytarilish jarayonini ancha tezlatar ekan. Fasl dam olish individual xususiyatiga, ish qilish qolibilyatiga, charchash darajalariga bog`liq va har xil jismoniy faoliyatida turlicha bo‘lishi mumkin. 
Qaytarilish jarayonida tezlashtiruvchi omillardan uqalash va suv muolajalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda markaziy nerv tizimiga ko‘plab teri va proprioretsaptorlardan ko‘tarilgan impulslar (afferentatsiya) muhim ijobiy rol o‘ynaydi. Yana bu jarayonda har xil havo aralashmalaridan nafas olish ham foydali.
Qaytarilishni tezlatadigan omillardan yana biri bu to‘la qiymatli uyqudir. Yaxshi uxlash organizm ish qobiliyatini tez va to‘liq tiklanishiga olib keladi.


45-modul. Jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari


Harakat boshqarilishining reflektor mexanizmlari. I.M Sechenov birinchi bo‘lib, bizning hamma harakatlarimiz kelishi chiqishi bo‘yicha reflekslardir va «miya faoliyatining jamiki tashqi ko‘rinishlari muskul harakatiga kelib taqaladi», deb ko‘rsatgan.
Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‘yicha shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo‘lishi uchun, turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko‘rish va boshqalar) keladigan ma`lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqidagi xabarlar muhim ahamiyatga ega. 
Katta yarim sharlar po‘stlog`ida vaqtinchalik bog`lanishlarning hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asos bo‘ladi.
Harakat malakalarining shakllanishi fiziologik jihatdan shartli reflekslar mexanizmi bo‘yicha yuzaga keladi. I.P.Pavlov va uning xodimlari olib borgan ishlar shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida yuzaga kelishini ko‘rsatgan. Harakat malakasining hosil bo‘lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko‘p markazlarning bir-biriga o‘zaro ta`siri sabab bo‘ladi. Bu markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarimsharlari po‘stlog`idagi izlarning ishtiroki bilan to‘g`rilanadi va takomillashadi. 
Harakat malakasi hosil bo‘lishining hamma bosqichlarida uning ham mushak, ham vegetativ komponentlari shakllanadi. Odatda mushak ishida nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining kuchayishi yetarli darajada tez bo‘lmaydi. Vegetativ funksiyalarning boshqariluvchi mexanizmi harakatni boshqarish mexanizmiga nisbatan ancha sekin bo‘ladi. Bunda vegetativ reaksiyalar harakat «talabi»ni aks ettirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, statik kuchlanishlarda kichik qon aylanish doirasiga va vena qonining yurakni o‘ng bo‘lmasi tomon oqib kelishiga alohida talab qo‘yiladi. Uzoq vaqt yugurilganda nafas olish va qon aylanishi aktivlashadi. Mashq qilish oqibatida vegetativ asab markazlari o‘rtasida hamda vegetativ markazlar bilan harakat markazlari o‘rtasida shartli reflektor bog`lanishlar hosil bo‘ladi. 

Harakatning dinamik stereotipi
Harakat malakasi qanday bo‘lishidan qat`iy nazar, u juda oddiymi yoki murakkabmi - harakat elementlari kompleksi shartli refleksdan iborat bo‘ladi.Kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlari ma`lum tartib bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma`lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi. 
Demak, harkatning dinamik stereotipini yuzaga kelishi uchun harakat bir xilligi, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi kerak. Bu nuqtai nazardan qaraganda, sportning ba`zi turlarida harakatning dinamik streotiplarining shakllanishi tez va oson, boshqalarida aksincha bo‘lishi ma`lum. Masalan, siklik dinamik ish bajariladigan sport turlariga (yurish, yugurish, suzish, chang`ida yurish, eshkak eshish, velosipedda sayr qilish) va sport gimnastikasi, figurali uchish kabi vaziyatga bog`liq bo‘lmagan, oldindan ma`lum bo‘lgan dastur bo‘yicha bajariladigan jismoniy mashqlarda harakatning dinamik stereotipi tez shakllanadi. 
Harakat malakasi dasturining shakllanishi
Har qanday harakat malakasi markaziy asab sistemasida mashq qilish jarayoni asosida yuzaga keladi. Oddiy harakatlar va ma`lum shaklda bajariladigan harakat dasturi shakllanishining murakkab kombinasiyasi, murakkab koordinasiyali harakatlarga hamda vaqt tig`izligida bajariladigan harakatlarga nisbatan oson amalga oshiriladi, bu markaziy asab sistemasi uchun yengil bo‘ladi. 
Har bir yangi harakat mashq boshlanishi oldidan yoki uning bajarilishi davomida yuzaga kelgan afferent sintez asosida dasturlanadi. 
Shunga asosan, yakkama-yakka sport turlarida bajariladigan harakatlar dasturning shakllanishi ancha qiyin bo‘ladi, chunki ish bajarilishi davomida yuzaga keladigan vaziyatlarning turlicha bo‘lishi, harakatlarning bir necha marta vaqt tig`izligida, bir necha marta afferent sintez va shu sintez asosida shakllanishining talab etadi. 
Bajarilgan harakatning shakllangan programmaga mos kelishi harakatning samarali bo‘lishini ta`minlaydi Bu narsa ishchi organlar, ya`ni harakat apparati tomonidan harakatning samarali bajarishini ta`minlaydigan vegetativ organlarning funksiyasini amalga oshirilish bilan bog`liq. 
Harakat malakasi qanday bo‘lishidan qat`iy nazar, u juda oddiymi yoki murakkabmi harakat elemenlari kompleks shakli reflekslardan iborat bo‘ladi. Kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlari ma`lum tartib bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma`lum shakldagi zanjirni yuzaga keltiradi. Bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi. 
Dinamik harakatning dinamik stereo tipi yuzaga kelishi uchun harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanish kerak. Bu nuqtai nazardan qaraganda sportning ba`zi turlarida harakatning dinamik stereotipining shakllanishi tez va oson, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. Masalan, siklik dinamik ish bajariladigan sport turlarida (yurish, yugurish, suzish, chang`ida yurish, eshkak eshish, velosipedda uchish) va sport gimnastikasi, figurali uchish kabi vaziyatga bog`liq bo‘lmagan, oldindan ma`lum bo‘lgan dastur bo‘yicha bajariladigan jismoniy mashqlarda harakatning dinamik stereotipi tez shakllanadi. 

Harakat malakalarida afferent sintezining amalga oshishi
Afferent sintez reseptorlari, sezuvchi neyronlar va markaziy asab sistemasidagi sezuvchi neyronlar ishtirokida yuzaga keladi. Bunda reseptorlar organizmni o‘rab turgan tashqi muhitdagi va organizmning o‘zida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni qabul qiladi. Ularda hosil bo‘lgan qo‘zg`alish afferent neyronlari orqali markaziy asab sistemasidagi tegishli markazlarga o‘tadi va analiz-sintez yuzaga keladi. 
P.K.Anoxin ta`rifiga ko‘ra, afferent sintez asosan to‘rtta omilning o‘zaro ta`siri orqali hosil bo‘ladi. Bu omillarga 1) motivasiya 2) xotira, 3) vazir ma`lumoti, 4) ishga tushiradigan belgi kiradi. 
Motivasiya hayvonlarda odamlardagiga nisbatan ancha oddiy bo‘lib u asosan ovqatlanish, bir jinsni ikkinchi jinsga intilishi , himoyalanish kabi maqsadlardan iborat bo‘ladi. 
Bunday motivasiya odamlarda ham bo‘ladi,lekin ularning mehnat va sport faoliyatidagi jamiyat bilan bog`liq bo‘lgan motivasiyalari muhim rol o‘ynaydi. 
Xotira - bu oldingi boshdan kechirgan ishlarning markaziy asab sistemasida qoldirgan izlari bo‘lib, yuzaga kelayotgan vaziyatni belgilashda katta ahamiyatga egadir. Sport faoliyatida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha ma`lumotlar (jismoniy mashq bajariladigan joyning ko‘rinishi, sharoitlari va h.k ) afferent sintezining hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. 
Nihoyat, ishga tushuvchi belgi (pistolet otilishi, hushtak chalish, bayroqcha harakati, komanda va boshqalardir) afferent sintez katta ahamiyatga ega. 
Ekstrapolyasiya organizmining harakat funksiyasi boshqarilayotganda yuzaga kelgan vazifani asab sistemasida orttirilgan tajribalar asosida hal etish qobiliyatidir. Kishining yashash, mehnat qilish, shuningdek, sport bilan shug`ullanish faoliyatiga avvaldan orttirilgan tajribani, boshdan kechirgan sharoitlarni, hayot faoliyatida yuzaga keladigan vaziyatlarni baholash, bajarilishi kerak bo‘lgan harakat vazifasining dasturini shakllantirishda, qo‘yilgan talabga mos javob reaksiyalarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Sport faoliyatida sportchining mashq va musobaqalar vaqtida orttirilgan tajribalari uning keyingi faoliyatida yuzaga kelgan vaziyatga qarab harakat qilish imkoniyatini kengaytiradi, ya`ni sportchi ekstrapolyasiya orqali hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifani oson yechadi. 

Harakat malakasining somatik va vegetativ fazalari
Harakat malakalarining shakllanishida asosan uchta faza farqlanadi:
1.Irradiatsiya
2.Konsentrlanish
3.Avtomatlashish
Irradiatsiya fazasi qo‘zg`alish jarayoni markaziy asab sistemasini juda ko‘p qismiga yozilishi bilan xarakterlanadi. Natijada, muayyan harakatni yuzaga kelishida ishtirok etmaydigan mushaklar ham ishga jalb etiladi. Bunday holatda harakatni bajarish qiyin bo‘ladi, ko‘p quvvat sarflanib tez charchashga olib keladi. 
Konsentrlanish fazasi mashqni takrorlash natijasida qo‘zg`alish jarayonining tegishli asab markazlariga to‘planishi balan ifodalanadi. Harakat malakasi shakllanishining bu ikkinchi fazasida differensirovka tormozlanishining (o‘xshash ta`sirlovchilarni farqlash) muayyan harakat uchun kerak bo‘lmagan ortiqcha mushaklar markazi tormozlanadi va mushaklar ishdan chetlanadi, ya`ni qo‘zg`alish jarayoni harakatni bajarishda bevosita ishtirok etadigan mushaklar markaziga to‘planadi. Bundan tashqari, konsentrlanish fazasida harakatning dinamik stereotipi shakllana boshlaydi. 
Avtomatlashish fazasi deganda, biz ikkinchi fazada shakllana boshlagan harakatning dinamik stereotipining puxtalanishini va harakatning o‘z-o‘zidan avtomat tarzda bajarilishini tushunamiz. Avtomatlashgan harakatlarni bajarishda quvvat sarfi tejamli, ish unumi yuqori darajada bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday harakatlar bosh miya yarim sharlari po‘stlog`i nazoratida, uning passiv pastki qo‘zg`algan qismlari ishtirokida bajariladi. 
Harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari
Harakat malakasi hosil bo‘lishining hamma bosqichlarida uning ham mushak, ham vegetativ komponentlari shakllanadi. Odatda mushak ishida nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining kuchayishi yetarli darajada tez bo‘lmaydi. Vegetativ funksiyalarning boshqariluvchi mexanizmi harakatini boshqarish mexanizmiga nisbatan ancha sekin bo‘ladi. Bunda vegetativ reaksiyalar harakat «talab» ni aks ettirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, statik kuchlanishlarda kichik qon aylanish doirasiga va vena qonining yurakning o‘ng bo‘lmasi tomon oshib kelishiga alohida talab qo‘yiladi. Uzoq vaqt yugurilganda nafas olish va qon aylanishi aktivlashadi. Mashq qilish oqibatida vegetativ asab markazlari o‘rtasida hamda vegetativ markazlar bilan harakat markazlari o‘rtasida shartli reflektor bog`lanishlar hosil bo‘ladi. 
Vegetativ funksiyalarning harakat malakasiga moslashishi malakalar shakllanishida har xil bo‘ladi. Agar shakllanadigan harakat malakalari oddiy bo‘lsa (masalan, yugurish, chang`ida yurish), vegetativ funksiyalar o‘zgarishi malakadan keyin yuzaga keladi. Bordi-yu shakllanadigan malaka murakkab bo‘lsa (masalan: gimnastika, kurash, sport turlari), malakaning vegetativ komplektlari malakadan oldin shakllanadi. 
Demak harakat markazlari va ularning vegetativ komponentlarining shakllanishi bir vaqtda bo‘lmay, u shakllanadigan malakaning oddiy yoki murakkabligiga bog`liq bo‘ladi. Shuningdek, bir turdan boshqa turga o‘tish funksiyalarga nisbatan qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladi. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish