Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet275/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Issiqlikka adaptatsiya
Sauna — toliqishga qarshi kurashishning yaxshi vositasi hisoblanadi, u jismoniy ishchanlik qobiliyatini tez tiklaydi, ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradi shamollashni oldini oladi. Uning ta’siri ostida yurak-qon tomir, nafas va mushak tizimlarida ancha katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, mikrotsirkulatsiya, moddalar almashinuvi, qonning qayta taqsimlanishi yaxshilanadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari kuchayadi, ter ajralishi va ter bilan metabolizm mahsulotlarining (mochevina, sut va pirouzum kislotalari va b.) chiqarilishi kuchayadi, mushak tonusi pasayadi. Sauna, teri funksiyalarini yaxshilanishiga, qon tomirlarini trenirovkasiga va himoyalanish mexanizmlarini rag‘batlantirishga yordam beradi. Rinit, bronxit, o‘tkir respiratorvirusli infeksiyalar, osteoxondroz, radikulit, miozit va boshqa kasalliklar paytida, davolash vositasi sifatida saunaga tushish tavsiya qilinadi. Saunadagi termoregulatsiya harorat va namlik bilan yaqindan bog‘liq. Saunada suv-tuz, kislotali-ishqorli muvozanat va termik gomeostazning o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Nafas olish pasayadi va chuqur bo‘ladi. Saunaga 2—3 marta 5—10 daqiqa kirish tavsiya qilinadi.
Kislorodli vannalar. Bunda, vannadagi suv ballondagi kislorod bilan 1,5 atmosferadan to 2,5 atmosfera bosim ostida to‘yintiriladi. Bu usul, mashq qilingandan keyin sport ishchanlik qobiliyatitni tiklash uchun, tayanch-harakat apparatining surunkali jarohatlari va xastaliklari paytida va boshqalarda qo‘llaniladi. Suvning harorati 35-36°C, vanna qabul qilish davomiyligi 10—15 daqiqa.
Gipertermik vannalar. Ortiqcha yuklamalar va jarohatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tayanch-harakat apparatining me’yorida funksiya qilishi uchun, suvning harorati 39-43°C bo‘lgan umumiy, o‘tirib va oyoqlarni solib qabul qilinadi. Gipertermik vannalar ko‘pincha turli dorilar qo‘shish bilan qabul qilinadi. Muolajaning davomiyligi 5-7 daqiqa. Kuzgi-qishki davrda hamda mashq qilishlardan keyin mushaklarni cho‘zish va yumshatishga qaratilgan mashqlar bajarishni kiritish zarur. Ulardan so‘ng gipertermik vannalar qabul qilish amalga oshiriladi. O‘tirib qabul qilinadigan gipertermik vannalar profilaktik va davolash maqsadlarida amalga oshiriladi. Oyoqlar uchun gipertimik vannalarni yuguruvchilar, sakrovchilar, konkida yuguruvchilar va boshqa sportchilar mashq qilish vaqtida qabul qiladi. Bunday vannalar, ayniqsa, yuguruvchi-stayerlar uchun foydalidir. Gipertermik vannalarni quyidagi holatlarda qabul qilish maqsadga muvofiq emas: kuchli toliqish, EKG o‘zgarganda, kapillarotoksikoz, endarterit, oyoqlar tomirlarining aterosklerozi, yangi jarohatlar (gemotoma, bo‘g‘inlar gemartrozi va b.) bo‘lganda. O‘rtacha tog‘ zonalarida mashq qilish vaqtidagi gidroterapiya.
Dengiz sathiga nisbatan balandlik oshgan sari atmosfera bosimi pasayadi, havoning zichligi kamayadi. Bu to‘qima va a’zolarda gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishining pasayishiga, oksidlanish jarayonlarining buzilishiga, gipoksiyaning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘rtacha tog‘ zonasida, 2000 m balandlikda, kislorodning yetishmasligi, odatda nafas va yurak-qon tomir tizimi ishining kuchayishi, qonda eritrotsitlar miqdorining va organizmning boshqa kompensator reaksiyalarini ortishi hisobiga to‘ldiriladi. O‘rtacha tog‘ zonalarida gidro va balneologik vositalarning barchasi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq, lekin ularning davomiyligi va harorati qat’iy boshqarilishi kerak. Mashq qilish davrida gidromassaj va aromatik vannalarni qabul qilish gemoglobin miqdorining oshishiga, o‘rtacha tog‘ zonasi sharoitiga adaptatsiya bo‘lish jarayonining tezlashishiga olib keladi, uyqu tezroq me’yoriga keladi va h.k. Issiq (tropik) iqlimdagi gidroterapiya. Issiq (tropik) iqlimda mashq qilish va musobaqalarda ishtirok etish vaqtida organizm to‘qimalari va a’zolarida ancha sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu kardiorespirator tizim, termoregulatsiya va almashinuv jarayonlarining katta yuklamada ishlashiga olib keladi. Masalan, markaziy asab tizimi tomonidan ayrim o‘zgarishlar (tormozlanish) yuzaga keladi, jismoniy yuklamalar paytida faol mushaklarda qonning hajmi ortadi, terida mikrotsirkulatsiya kuchayadi. Jismoniy yuklamalar vaqtida teri qon tomirlarining kengayishi qonni yurakka qaytib borishini qiyinlashtiradi. Haroratning yuqoriligi va namlikning yuqoriligi tana haroratini oshiradi, bu ter ajralishini kuchaytiradi va elektrolitlarni, ayrim organik moddalarni, glikogenni, temir moddasini va boshqalarni ko‘p miqdorda yo‘qotilishiga olib keladi.
Bunday sharoitlarga adaptatsiya bo‘lishni tezlashtirish, toliqishni bartaraf qilish va sport ishchanligi qobiliyatini tiklash maqsadida iliq dush, ertalablari esa kontrsatli dushlar (ayniqsa, birinchi 3—5 kunda), gipertermik vannalar qabul qilish, saunaga kirish maqsadga muvofiq.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish