18-modul. Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari
Har qanday maxsus klinik davolash fizkulturasini kompleks tadbirlar asosida olib borishi keng qo‘llaniladi. Davo fizkulturasida beriladigan asosiy tavsiyalar/: barcha funksiyalarni kasallik sababli passivlashuvchi hamda kasallik belgilarining surunkali tus olishi, bemorning holatiga davo choralarining ijobiy dinamik ta’sir qilishi, bemor ahvolining yaxshilanib borishi, kasallik xurujlarining kamayib borishi labarotoriya tahlilining ko‘rsatkichi yaxshilanib borishi kuzatiladi.
Davo fizkulturasining tavsiya qilishning salbiy asoratlari: bemor psixikasi buzilganda, og‘ir ahvolga tushganda bemor bilan muloqot bo‘lmaganda, kasallik xuruj qilganda, buyrak qon-tomir yetishmovchiligi xuruj paytida, (yurak urushi 100 mingdan oshganda) taxikardiya, koronar qon aylanishi yomonlashganda, 2-3 darajali atriventikulyar blokada paytida, qon ketishi xavfi bo‘lganda, tromboemboliyada, kam qonlikda, eritrotsitlarning organizmda kamayganida,SOEning organizmda ko‘payganida ko‘rish mumkin.
Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar vrachning tavsiyasidan so‘ng amalga oshirilib doimiy nazoratda bo‘lishi shart. Bemorga bunday holatlarda mashqlarni bajartirishni to‘g‘ri tavsiya etilmasa kasallikning jarohati kuchayish holatlari va kasallik tez tuzalmaydi. Buning uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazishda har kunlik qo‘yiladigan tashxislar aniq amalga oshirilishi kerak va nazorat vrach tomonidan doimiy ravishda olib borilishi kerak.
Qarshi ko‘rsatmalar:
-Bemor bilan muloqotning yo‘qligi, og‘ir ahvoli yoki psixikasida o‘zgarishlar tufayli
-Kasallikning o‘tkir davri va tez rivojlanuvchi turi
-Yurak-tomir yetishmovchiligi sinusli taxikardiya, praksizmal bradikardiya yoki hilpillovchi aritmiya, ekstrasistoliya (1:10) EKGning salbiy dinamikasi, koronar qon aylanishining buzilishi, AV blokadalar, 2-3 darajali gipertenziyalar (A/B 200/120) gipotenziyalar(80-50)
-Qon ketishga moyillik
-ECHTning oshishi, leykositoz, anemiya.
DISPANSER NAZORATI
Dispanser nazorat –bu shifokor nazoratining progressiv formalaridan biri bo‘lib, buni shifobaxsh jismoniy tarbiya dispanserlari ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya dispenseri sportchilarini ilk tibbiy ko‘rikdan o‘tkazibgina qolmay, dispenser nazoratidagi spotchilarni yiliga 4-5 marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Dispenser shifokorlari reja asosida mehnat sharoitining maishiy sharoitni, o‘qish, kun tartibi va ovqatlanish, tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktik chora-tadbirlarni o‘rganadi.
Shifokor faoliyati bo‘yichi dispenser nazoratiga quyidagilar tegishli:
-xizmat ko‘rsatgan sport ustalari, sport ustalari, nomzodlar va birinchi darajali sportchilar ;
-terma jamoalarga kiruvchi va respublika, viloyat, shahar va tumanlarning yetakchi sportchilari;
-bolalar va o‘smirlar sport maktablarida hamda sportchi yoshlar maktablarida tahsil oluvchilar.
Jismoniy tarbiya dispanserining bosh shifokori sportchilarnisport muassasalari ro‘yxati buyicha dispansirizatsiyaga biriktiriladi.
Har biriktirilgan sportchi uchun tibbiy jurnal (forma №277a) yuritiladi,sportchilarga esa dispanser bileti beriladi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qabul qilinadiganlar jismoniy tarbiya dispanseriga maktab shifokorlaridan sog‘lig‘I to‘g‘risida ma’lumot noma taqdim etishlari shart.
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazoratini jismoniy tarbiya dispanseri o‘z sharoitidan kelib chiqqan holda kengaytirishi mumkin.
Vrach sog‘lomlashtirish dispanserlari bizning davlatimizda 1950-yil tashkil qilingan va hozirgachaular mavjud. Vrach sog‘lomlashtirish dispanserlari xizmat ko‘rsatish hududiga qarab respublika, viloyat, shahar, tuman dispanserlariga bo‘linadi. Eng katta dispanserlarni toifadan tashqari dispanserlarni tashkil qiladi. Ular o‘zining mustahkamligi bo‘yicha 3 toifaga bo‘linadi
Vrach sog‘lomlashtirish dispanserlari taniqli sportchilarga va yosh zaxiradagi sportchilarga tibbiy yordam berishga katta rol o‘ynaydi.
Vrach sog‘lomlashtirish dispanserlari quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:
-sog‘lomlashtirish va sport darslari butun dunyoni sog‘lomlashtirishga qaratilgan. -respublika, viloyat, rayon, shaharlarga aholiga sog‘lomlashtirish bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil qilish.
-sport ustalarini dispanserlash va sport maktabidagi yoshlarni dispanserga birlashtirish: dispenser ularga davolash- sog‘lomlashtirish yordamini tashkil qiladi va boshqaradi.
-sportdagi jarohatlarni o‘rganish va ularni oldini olish.
-dispanserlarga sportchilarni biriktirishni yo‘lga qo‘yish.
-bolalarni, maktab o‘quvchilarini tarbiyalash usullarini tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |