67-modul. Lokomator harakatlar Yer usti va musht bilan o‘zaro tayanch hosil qilib bo‘ladigan lokomator harakatlar haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash. Tayanchdan itarilish mexanizmi mavzusiga asoslangan chuqur nazariy bilim berish. Tayanch bilan tayanadigan harakatlanuvchi tana bo‘lagining o‘zaro ta’siri. Tayanchdan itarilishda tayanchning reaksiyasi. Muvozanatlovchi kuchlar va ularni tashkil etuvchilar uchun nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlarda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni talabalar amaliy ko‘rib bajarish orqali ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda tavsiya etiladigan mavzular: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari.
Ob-havo, iqlim va unga moslashuv.
Suv va tuproq gigiyenasi.
Sport inshootlari gigiyenasi va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigiyenasi
Ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigiyenasi.
Jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigiyenik mohiyati.
Chiniqishning gigiyenik asoslari.
Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me’yorlashtirishning gigiyenik asoslari.
Umumiy sport patologiyasi asoslari.
Sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi.
Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari.
Yoshlar va o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati.
Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari.
Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari.
O‘quvchilarning jarohatlanishi.
Yurak qon tomir tizimi kasalligi.
Nafas olish organlari modda almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari.
Jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi.
Yoshlar va o‘quvchilar salomatligining tibbiy nazorati.
Yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi.
Bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari.
O‘zini nazorat qilish qoidalari.
Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish.
Sportchilarni nerv tizimi xususiyatlari va uning rivojlanishi.
Mushak yuklamasining bolalar nerv tizimi va tayanch-harakat apparatining funksional holatlariga ta’siri.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning tekshirish shakllari va uslublari.
Bolalar va o‘spirinlar organizmiga mushak yuklamasi va doimiy tarzda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishning ta’siri.
Massaj – fiziologik va gigiyenik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materialllardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.