1.2 Psixik-jismoniy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar
Muhandis - ishlab chiqarish tashkilotchilaridan biri bo‘lib,
asosiy iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilish uning faoliyatiga
bogMiqdir.
Ishlab chiqarishning xom ashyo va texnik asoslar.
rivojlanmagan bo‘lsa, kadrlarning tayyorgarlik jarayoni past bo'Isa.
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘lmaydi. Umiy-texnik taraqqiyot davrida
muhandis-texnik xodimlarning roli ortadi, hozirgi kunda kuchli
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tarmoqlarning malakali
mutaxassislarga ehtiyojini qondirish uchun 60% dan ortiq o ‘rta va oliy
ma’lumotli kishilar kerak. Menedjerning vazifasiga, jamoadagi umumiy
rahbarlik, ishlab chiqarish vositalarini taxmin qilish va ularni
rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, ularni tuzish va
takomillashtirish, idorada ish joyini va mehnatni tashkil qilish hamda
himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash kiradi. Menedjerlar, tashkilot
uchun kadrlar tanlash, ularni tayyorlash va tarbiyalash, xom ashyo,
texnika bilan ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish,
mahsulot sifatini nazorat qilish bilan shug'ullanadi.
Muhandislar o‘z ish joylarini asbob-uskuna 6ilan ta’minlash,
ta’mirlash, energetik va transport ta’minoti, ishlab chiqarishni tashkil
qilishni takomillashtirish va boshqarish, tushgan axborotni mexanik
ishlab chiqishga ma’suldirlar.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |