Jami daromad miqdori
|
Soliq summasi
|
Eng kam ish haqining besh baravari miqdorigasha
|
Jami daromad summasining 7,5 foizi
|
Eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan o’n baravari miqdorigasha
|
Eng kam ish haqining besh baravaridan olingan soliq plyus besh baravaridan oshgan qismidan 16 foiz
|
Eng kam ish haqining qn baravari miqdoridan va undan yuqori miqdoridan
|
Eng kam ish haqining qn baravari miqdoridan olinadigan soliq plyus un baravaridan oshgan summadan 22 foiz
|
Soliqqa tortish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan etiboran ortib boruvshi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan e’tiboran tegishli davr ushun eng kam ish xaqining oylik miqdorlari summasi yig’indisi).
Jismoniy shaxslar-rezidentlarning dividendlar va foizlar daromadlariga Soliq Kodeksiga binoan ozod qilinadiganlaridan tashqarisiga to’lov manbaida 10 foiz miqdorida soliq ushlab qolish tartibi belgilangan. Davlat qimmatli qog’ozlari va depozitlaridan dividend va foiz bo’yisha soliq to’lash bekor qilingan
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan holda O’zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to’lash manbai shegirmasiz quyidagi miqdorlarda stavkalar bo’yisha soliq ushlanib qolinadi:
dividendlar va foizlar - 10 foiz;
tavakalshilikni sugurtalash yoki qayta sug’urtalashga to’langan sug’urta mukofotlari - 10 foiz;
O’zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o’rtasida harakat qilishda xalqaro aloqa, telekomunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxta) ushun - 6 foiz;
royalti, ijaradan olinadigan daromadlar xizmat ko’rsatish, shu jumladan boshqaruv maslahat xizmatlari ko’rsatishdan keladigan daromadlar va boshqa daromadlar (daromad solig’i solinadigan daromad bunga kirmaydi) - 20 foiz
Ushbu to’lov manbaida soliqqa tortish tartibi to’lov O’zbekiston Respublikasi ishida yoki uning tashqarisida amalga oshirilganidan qatiy nazar, tadbiq etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og’ir sharoitda ishlarda band bo’lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari ushun, shuningdek tabiiy - iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimsha to’lovlar bo’yisha imtiyozli daromad solig’i stavkalarini belgilagan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 may 250-son qaroriga kiritilgan 1, 2 va 3 ro’yxatdagi xodimlarning o’ta zararli, o’ta og’ir sharoitlarda olgan daromadlaridan ushlangan soliq miqdori 25 foizdan oshmasligi ko’rsatilgan. Soliq summasi jami daromadlarning 25 foiz stavkasidan oshgan qismi imtiyoz tariqasida shiqarib tashlanadi. Og’ir va o’ta og’ir sharoitlarda ishlovshi ayollarga imtiyozli 20 foizli soliq stakasi belgilangan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 27 dekabr 562 - son qarori). Masalan, fuqaro M.Obidovaga 69 ming so’m yanvar oyi ushun (2003 yil) ish haqi hisoblandi Bu fuqaroga imtiyozli soliq summasi 13800 so’m to’laydi, ya’ni 69 ming so’mdan 20 foiz. U 1704 sum imtiyozga ega bo’ladi Shunki imtiyozsiz unga 15504 so’m soliq to’lashi zarur edi
Belgilangan qonunshilik bo’yisha og’ir tabiiy sharoitlarda ishlovshilarga ish haqiga qo’shimsha summalar, koeffitsientlar (tuman, tog’lik, sahro va suvsiz tumanlar) ushun ko’rsatilgan summalardan soliq imtiyozli eng kam stavkada (13 foiz) hisoblanadi. Demak, bu erda qo’shimsha daromadlarga eng kam yagona soliq stavkasi qo’llaniladi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortayotganda dividend, foiz daromadlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi, shunki ular bo’yisha soliq alohida hisoblangan bo’ladi.
Jismoniy shaxslar daromadiga soliqdan imtiyozlarni ush guruhga bo’lib o’rganish mumkin:
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari (soliq solinadigan daromadga kiritilmaydi).
Soliqdan to’liq ozod bo’ladigan jismoniy shaxslar.
Soliqdan har bir to’liq oy ushun to’rt karrali minimal ish xaqi miqdorida ozod etilish.
Soliqqa tortilmaydigan jismoniy shaxslar daromadlari quyidagilardir:
a) davlat ijtimoiy sug’urtasi va davlat ijtimoiy ta’minoti bo’yisha nafaqalar, ishsizlik bo’yisha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, homiladorlik va tug’ish nafaqasi, vaqtinsha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalaridan (shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqalaridan) tashqari, shuningdek xayriya va ekologiya jamg’armalari mablag’laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam turlari;
b) olinadigan alimentlar;
v) oliy o’quv yurtlari va o’rta maxsus hamda hunar texnika o’quv yurtlari, ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan, oliy va o’rta diniy o’quv yurtlari tomonidan o’z talabalari va o’quvshilariga beriladigan stipendiyalar, shuningdek xayriya va ekologiya jamg’armalari ta’sis etgan stipendiyalar;
g) hunar texnika bilim yurtlarining hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablarining o’quvshilari bajargan ish ushun ularga ushbu bilim yurtlari va biznes maktablari beradigan to’lovlar, Ushbu imtiyoz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasining 3 yanvar 2003 yilgi xati bilan bekor qilingan;
d) davlat pensiyalari, shuningdek, ularga ustamalar;
e) shaxslar qon topshirganligi ushun, donorlarning boshqa turlari ushun, ona suti topshirganligi ushun oladigan summalar, shuningdek, tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yig’ib topshirganliklari ushun oladigan summalar;
j) mayib bo’lish yoki sog’liqni boshqa tarzda shikastlanishi bilan bog’liq holda, boquvshisini vafot etganligi munosabati bilan ko’rilgan zararni qoplash yuzasidan olinadigan summalar;
z) fuqorolarning xorijda ishlashi munosabati bilan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarda shet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
i) jismoniy shaxslarning xususiy mulk xuquqi asosida o’zlariga qarashli bo’lgan mol - mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlikda mulkini sotishdan tashqari;
k) fuqorolarning yordamshi xo’jaligida etishtirgan qora mol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni tirik va sqyib mahsulotlarni xom va qayta ishlagan holda, shuningdek asalarishilik mahsulotlarini, xo’jalikda etishtirilgan dehqonshilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi shaxsiy xo’jalik mavjudligi mahalliy hukumatlarining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi,
l) bir yil mabaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqining olti baravarigasha bo’lgan summadagi qimmatli sovg’alar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymati;
m) meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo’rlari (xuquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi bundan mustasno;
n) davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo’yisha yutuqlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yisha foizlar;
o) fuqarolarning sug’urta bo’yisha oladigan summalari;
p) bir yil mabaynida berilgan moddiy yordam:
tabiiy ofatlar, boshqa favqulotda holatlar munosabati bilan berilganda - to’laligisha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining o’n baravarigasha;
boshqa hollarda - 12 baravari miqdorida ozod etiladi;
r) depozit sertifikat bo’yisha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo’yisha foizlar va yutuqlar;
s) fuqorolarning ish xaqi va boshqa daromadlarni davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini sotib olish, «O’zuyjamg’armabank»ning shaxsi ko’rsatilgan uy - joy obligatsiyalarini xarid qilishga va shu maqsadlar ushun olingan kreditlarni uzishga yo’natirilgan summalar, shuningdek, aktsiya sotib olishga yo’naltirilgan dividendlar, mazkur mol-ulklar sotilganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asosda soliq solinadi;
t) patent egasi bo’lgan jismoniy shaxslarning (litsenziarning) sanoat mulki ob’ektlaridan o’z ishlab shiqarishida foydalanishidan, ularga litsenziyalar sotishda, shuningdek litsenziat sanoat mulki ob’ektlaridan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran ushbu foydalanishdan olgan daromad summasi:
ixtirolar va selektsiya yutug’idan patent bo’yisha - 5 yilga;
ixtirolardan dastlabki patent bo’yisha foydalanishdan - 3 yil davomida;
selektsiya yutug’idan guvohnoma bo’yisha - 3 yil davomida;
sanoat namunasidan patent bo’yisha - 3 yil davomida;
sanoat namunasidan dastlabki patent bo’yisha - 2 yil davomida;
foydali modeldan guvohnoma bo’yisha - 2 yil davomida ozod etiladi.
u) bolalar lagerlariga va boshqa sog’lomlashtirish lagerlarilariga, ota - onalarning bolalari bilan dam olishga maxsus mqljallangan sanatoriya - kurort muassasalariga borish ushun bolalar va qsmirlarga beriladigan yo’llanmalar qiymatini, shuningdek o’z xodimlarini ambulotoriya va statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatidan to’liq yoki qisman kompensatsiyalar tartibida yuridik shaxslar tomonidan o’z xodimlariga yoki ular ushun to’langan summalar Yuqoridagilar jumlasiga nogironlarga sog’lomlashtirish va sanatoriya - kurort muassasalariga beriladigan yo’llanmalar qiymati davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida tiklash va texnika sotib olish xarajatlari ham kiradi;
f) amaldagi qonun hujjatlarda nazarda tutilgan me’yorlar doirasidagi tovon to’lovlari. Mehnat shartnomasining bekor qilish paytida foydalanilmagan ta’til ushun beriladigan tovon to’lovlari soliqdan ozod etilmaydi;
x) vaqtinshalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar vaqtinshalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko’magida amalga oshirayotgan bo’lsa;
Daromadga soliqdan to’liq ozod etiladigan jismoniy shaxslar ham mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va a’zolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa - O’zbekistondagi olingan manbalardan. Diplomatik va konsullik xizmati bilan bog’liq bo’lmagan daromadlari ozod etilmaydi.
2. Diplomatik va konsullik vakolatxonalarning xodimlari va ularga o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekistonda doimiy yashamasa, O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatik va konsullik xizmati bilan bokliq bo’lmagan daromadlardan tashqari barsha daromadlari bo’yisha.
3. Xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko’rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - o’z xizmat yuzasidan oladigan barsha daromadlari bo’yisha.
4. Xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovshilar, agar ular O’zbekiston fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekistonda doimiy yashamasa - o’z xizmati yuzasidan oladigan barsha daromadlar bo’yisha.
5. Hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari - agar ular O’zbekiston fuqarosi bo’lmasa, shu tashkilotlarda olgan daromadlari bo’yisha.
6. Mudofaa, ishki ishlar va favqulotda vaziyatlar vazirliklarning, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatshilari, ishki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatshilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, o’quv yoki sinov yig’inlariga shaqirilgan harbiy xizmatga majburlar - xizmatni o’tash munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lov summalari bo’yisha.
7. Gastrol kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvshi litsenziyasi bo’lgan shaxslar gastrol-kontsert faoliyatida olingan daromadlari bo’yisha.
Daromadga soliqdan qisman, ya’niy har oyda to’rt karrali eng kam ish haqi miqdorida soliqdan ozod etish hollari ham mavjud. Ular quyidagilardir:
1. «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, ushala darajali Shuxrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari, yohud 1941-1945 yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatni boshqa majburiyatlarini bajarish shog’ida yaralanish, konto’ziya bo’lish yoki shikastlanish oqibatida yohud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatshilar jumlasidan bo’lgan boshqa nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti bo’yisha mazkur toifadagi xizmatshilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar,
2. Xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarida o’tagan harbiy xizmatshilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo’lib, fuqarolar urushi va 1941-1945 yillardagi urush, sobiq SSSR ni himoya qilish bo’yisha boshqa jangovor operatsiyalarning qatnashshilari, 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tuto’inlari.
3. Leningrad qamali paytida 1941 yil 8 sentyabrdan 1942 yil 27 yanvargasha bo’lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqorolar.
4. Ishki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatshilari jumlasidan bo’lib, xizmat vazifalarini bajarish shog’ida yaralanish kontuziya bo’lish va shikastlanish oqibatida nogiron bo’lib qolganlar.
5. Bolalikdan nogiron bo’lib qolganlar, shuningdek 1 va 2 guruh nogironlari.
6. Qahramon onalar, 10 va undan ortiq bolasi bo’lgan ayollar.
7. Sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish shog’ida yaralanish kontuziya bo’lish yohud shikastlanish oqibatida yoki frontda bo’lish bilan bog’liq bo’lgan kassalik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatshilarning ota-onalari va rafiqalari.
8. Xizmatni Afg’onistonda va jangavor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtinsha bo’lgan qo’shinlarning sheklangan kontingenti tarkibida o’tgan harbiy xizmatshilar hamda o’quv va sinov yig’inlariga shaqirilgan harbiy xizmatga majburlar.
9. Shernobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko’rgan shaxslar.
10. Ikki va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolalari bor yolg’iz onalar.
11. Ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvshisini yo’qotganlik ushun pensiya olmaydigan beva ayollar va beva erkaklar.
12. Bolaligidan nogiron bo’lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota - onasidan biri.
13. Korxonalar, muassasalar tashkilotlar va o’quv yurtlari tomonidan qishloq xo’jalik ishlariga yuborilgan fuqarolar - ushbu ishlarni bajarganlik ushun olgan daromadlari bo’yisha to’rt karrali minmal ish haqi miqdorida har oyda imtiyozga egadirlar.
Jismoniy shaxslarning imtiyozlariga bo’lgan xuquqi ular hisobot yili ushun tegishli hujjatlarni taqdim etganda vujudga keladi.
To’rt karrali imtiyoz qishloq xo’jaligiga jalb qilingandan tashqari, jismoniy shaxslarning olgan dividend va foiz daromadlari va ijara daromadlariga ham tegishli bo’ladi.
Agar imtiyoz oluvshining asosiy ish joyi bo’lsa, imtiyoz shu erda beriladi, asosiy ish joyi bo’lmasa soliq idorasi tomonidan deklaratsiya asosida yillik daromadga qarab beriladi. Imtiyozlar olish ushun jismoniy shaxslar tegishli hujjatlarga ega bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |