Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i



Download 52,5 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#651793
  1   2   3   4
Bog'liq
14-19-GURUH. ABDULLAYEV JAHONGIR. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MOL-MULK SOLIQNI HISOBLASH VA BYUDJETGA O\'TKAZISH TARTIBI.


JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MOL-MULK SOLIQNI HISOBLASH VA BYUDJETGA O'TKAZISH TARTIBI.
REJA:

  1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining iqtisodiy mohiyati.

  2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish predmeti



Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining iqtisodiy mohiyati.
Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq bo'lib, u o'zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg'arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan bog'liq). Bu muntazam soliqhisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan va unda ro'yxatga olingan ko'chmas mulk va transport vositalari (2002 yil 1 yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq bekor qilingan) uchun to'lanadi. Mol-mulk solig'i mutanosib (proportsional) va shedulyardir.
Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (27-29 boblar). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 dekabrdagi 591-sonli «Jismoniyshaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlatsoliq qo'mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va byudjetga to'lash tartibi to'g'risida» yo'riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi.
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs, O'zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo'lishidan qat'iy nazar soliq solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i to'lovchilari bo'lib hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladigan ob'ektga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog' va bog' uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar, bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagilar bo'yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i to'lovchilardir. Bundan tashqari, 2002 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslaming mulki bo'lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq solish ob'ekti bo'lib hisoblangan. Lekin, 2002 yil 1 yanvaridan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 31 dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to'g'risida»gi 490-son qaroriga muvofiq dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig'i joriy etildi.
Umuman olganda, «soliq solish ob'ekti» va «soliq solish predmeti» tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo'ladi, u soliqning sub'ektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada jumladan mulk huquqiy munosabatlarda bo'ladi. Shunga e'tiborni qaratamizki, 1998 yil 13 yanvardagi 392-sonli Yo'riqnoma (2-bandi)da O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan (89-modda) farqli o'laroq, shunday belgilanadi,soliq «o'z ixtiyorida ega bo'lgan jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi». Mazkur yo'riqnomaning 5.3-bandi shuni belgilaydikisoliq bo'yicha imtiyozlar faqat tovar mulk imtiyoz oluvchining o'z mulki bo'lgan hollardagina beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to'g'risida» nizomning 4-bandida shunday deyiladi: «Foydalanish uchun qabul qilingan va mahalliy texnik ro'yxatdan o'tkazish idorasida ro'yxatga olingan, jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan uy-joylar, kvartiralar, bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog' va bog' uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish uchun baholash ob'ekti hisoblanadi».

Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish