Jismoniy rivojlanish


JISMONIY RIVOJLANISHDA OG`ISHLAR



Download 97,41 Kb.
bet7/8
Sana14.07.2022
Hajmi97,41 Kb.
#798828
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
МАВЗУ3

JISMONIY RIVOJLANISHDA OG`ISHLAR
Boladagi jismoniy rivojlanishdagi og`ishlar uning holatidagi kamchiliklardan dalolat beradi. Homila rivojlanishidan orqada qolishi (3-6 rasm) quyidagicha bo`lishi mumkin:

  • «simmetrik»-tana vazni va tana uzunligining bir xilda pasayishi, bunda homilaga salbiy ta`sirlarning homiladorlikning 1 va 2 yarmida kuchli ta`siri natijasida og`ir darajadagi o`zgarishlar kelib chiqadi.

  • «asimmetrik» - tana uzunligi normada bo`lib, faqat tana vaznining kamayishi( salbiy omillarning homilaga homiladorlikning 2-yarmida ta`siri natijasida kelib chiqadi).

Tana vazni oshishi asosan shish sindromida, semirishda, limfatiko-gipoplastik diatezda, shuningdek qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug`ilgan bolalarga xos.
Yangi tug`ilgan chaqaloqning ko`krak aylanasi bosh aylanasi bilan taqqoslash uchun o`lchanadi. Ular orasidagi farq 2 smdan ortiqligi markaziy nerv sistemasinining perinatal zararlanishidagi gidrotsefaliyaga xos bo`ladi. Bosh va ko`krak aylanasini o`lchayotganda tug`ruq vaqtidagi miya qutisi suyaklarining biri biriga kirganligini inobatga olib, teri osti yog` qavatining qalinligiga, ko`krak qafasi sohasidagi shishga e`tibor berish lozim.
Bosh aylanasining uzunligi tug`ilgan yoshiga nisbatan kichrayishi, uning konfiguratsiyasi o`zgarishi bilan bog`liq, kompensator gidrotsefaliyaga qaraganda mikrotsefaliya kamroq uchraydi. Jismoniy statusni baholashda bir vaqtning o`zida tana uzunligi va vazni hisobga olinadi.
Tana uzunligini alohida baholaganda u o`rtacha, past, baland bo`lishi mumkin (3-7 rasm). Tana uzunligi (bo`yni) alohida baholaganda u o`rta (normal), past, baland, past bo`ylik, novcha (3-7 rasm) bo`lishi mumkin. Tana vazni (“oziqlanish”) ham normal, pasaygan (sust oziqlanish), past (kam tana vaznlik), juda kam tana vaznlik (ozish), ortiqcha vazn, semirish (ortiqcha oziqlanish) bo`lishi mumkin (3-8 rasm).
Normal jismoniy rivojlanish (o`rtacha garmonik) — bola tana uzunligi uning yoshiga mos (±5—10%), vazni esa bo`yiga to`g`ri keladi.
Disproporsional (disgarmonik) jismoniy rivojlanishda tana uzunligi yoki vazni yoshiga mos kelmaydi, 10% dan ortiq og`ish aniqlanadi. U proporsional – ham tana vazni, ham tana uzunligi yoshidagi ko`rsatkichga nisbatan bir xilda 10% dan ortiq yoki kam bo`lishi mumkin. Disproporsional – tana vazni va bo`y uzunligi bir – biriga mos kelmaydi.
XX asrda rivojlangan mamlakatlarda akseleratsiya kuzatildi, ya`ni bolalikning barcha davrlarida homila ichidan boshlab o`sish va rivojlanish oshishi aniqlandi. Oxirgi 40 -50 yil davomida chaqaloqlarning tana uzunligi 1-2 smga oshib, 1 yashar bolaniki 4-5 smga ortgan. 15 yoshdagi bolalarning oxirgi 100 yil ichida o`rtacha 20 smga oshgan.
Shuningdek mushak kuchining tez rivojlanishi, biologik etilish tezlashishi qayd etilgan, bundan suyaklanish yadrolarining erta muddatlarda paydo bo`lishi, doimiy tishlarning chiqishi, balog`atga etish, qisman qizlarda hayz faoliyatining barvaqt paydo bo`lishi dalolat beradi. Akseleratsiyaning garmonik va disgarmonik tiplari tafovut qilinadi.

  • Garmonik tur — antropometrik ko`rsatkichlar va biologik etilganlik belgilari muayyan yoshdagi bolalarning o`rtacha ko`rsatkichlaridan yuqori bo`ladi.

  • Disgarmonik tur — bo`yga o`sish tezlashishi balog`atga etish bilan birga bormaydi, yoki balog`atga etish tezlashib, bo`y o`sishi ko`paymasligi mumkin.

  • Akseleratsiya —ekzo- va endogenfaktorlarning murakkab o`zaro ta`siri mahsulidir. (aholi migratsiyasi natijasida genotipning o`zgarishi va aralash nikohlarning ko`payishi, ovqatlanish xarakterining, iqlim sharoitlarining, ilmiy – texnik progressning ekologiyaga ta`siri va boshqa omillar ta`siri sababli bo`lishi mumkin)..

Bundan oldingi yillarda akseleratsiya jarayoniga ijobiy qaralardi, biroq oxirgi yillarda bunday bolalarda ko`p hollarda organizm ayrim tizimlarida, ayniqsa neyro- endokrin va yurak – qon tomir tizimida disproporsiyalarning bo`lishi olimlarni tashvishga solmoqda. Hozirgi zamonda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda akseleratsiya jarayoni susaydi. Kelajakda ming yillar davomida o`rnatilgan tana uzunligi normalardan o`sishi yoki balog`atga etishning orqada qolishi kutilmayapti.



Download 97,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish