Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Tadbirkorlik va innovasiya. Ularning manbalari va sport faoliyatiga ta’siri



Download 1,17 Mb.
bet85/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

17.3. Tadbirkorlik va innovasiya. Ularning manbalari va sport faoliyatiga ta’siri

Tadbirkorlik tushunchalari bevosita innovasiya (ishni yangicha yuritish - novo vedenie) bilan chambarchas bog’liqdir. Innovasiya texnika va texnologiya avlodini yangilashda eskisining o’rniga yangisini o’rnatish, u iqtisodiy jihatdan ta’minlashga mablag’lar kiritish jarayonidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan iqtisodiy manbalarni boyitish demakdir. Bu bevosita bozor iqtisodiyoti munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tushuncha hamda maxsus faoliyatdir.


Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda innovaiion faoliyat quyidagi funksiyalardan iborat:

  1. xususiy biznes kapital mablag’larini boshqarish;

  2. tanlov asosida korxona yoki tarmoqqa yo’naltirilgan kapital mablag’larni stimullash (soliq, amartizasiya orqali);

  3. innovasion jarayonlarga ma’muriy aralashuv.

XX asrning 90-yillarida bozor iktisodiyoti rivoj­langan mamlakatlarda soliq stavkalari foydadan olina­digan soliq bo’yicha 32-35% ga (ilgarigi 40-50% Karagan­da), jismoniy shaxslardan olinadigan soliklar 15-50% ga (ilgarigi 80% ga stavkalarga nisbatan) tushirildi.
AQSHda soliklar va turli soliq yig’imlari byudjet daromadining 84-86%ni, Buyuk Britaniyada 80%ni Shvesiyada 90%ni tashkil etadi. Bu dalillar iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda soliklar roli dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
Jahon tajribasida asosiy soliq imtiyozlari quyidagilar:

  • soliq kreditlari - yangi uskunalarning qisman bahosi foydaga qo’yilgan soliqdan ayirib tashlanadi;

  • soliq skidkalari - amortizasiya hisobiga foydaga quyiladigan soliqlarni kamaytirish;

  • soliq subsidiyalari - uskunalarning bahosini hisobdan chiqarishda soliq to’lovlaridan ayirib tashlash.

O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo’yicha ham soliq imtiyozari belgilangan. Daromad solig’i quyidagi miqdorda kamaytiriladi:
- jismoniy tarbiya va sportga yo’naltirilgan mablag’lar soliqning 1% dan oshmagan miqdorda;
- futbolning rivojlanishiga va futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlanishi uchun to’langan mablag’lar daromad solig’ining 5% dan oshmagan mikdori.
Ushbu jihatlar sport jamiyatlarining klublari, federasiyalari, sport inshootlari, sog’lomlashtirish markazlari faoliyatlarida ishlab chikarish, pullik xizmat (sog’lomlashtirish guruxdari, sport musobaqalari, ijaralar va hokazolardan tushgan pul mablag’i) kabi ish turlarida mavjuddir. Ya’ni har bir jamoa uzining xazinasini boyitish yo’lida turli xil harakatlarni amalga oshiradi. Bu uz navbatida, sport klublar, jamoalar, uyushmalar, komandalarning ish faoliyatini ta’minlash, ularga ijtimoiy mehnat, ish haklarini o’z vaktida to’lab turishda eng zarur va qulay omillardan hisobalandi. Bu faoliyatlar, o’z navbatida, moliya organlari (bank) tartib-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Tabiiyki, bundan bank ham manfaatdor (ma’lum foizni olish huquki).
Bundan tashqari, sport tashkilotlari, jismoniy tar­biya va sport bilan aloqador vazirliklar, kasaba uyushma-lari federasiyalarining ham jismoniy tarbiya va sportga davlat hamda jamoatchilik yo’llari bilan ajratiladigan mablag’lari (dotasiya) mavjud. Ular ham maxsus davlat hujjatlari, moliya organlarining ko’rsatmalari (inst­ruksiya)/ orqali amalga oshiriladi. Xullas, jismoniy tar­biya va sportni boshqarishdagi tadbirkorlik faoliyatlarining negizida mablag’larni jamg’arish va ularni zarur extiyojlarga ishlatish yo’lidagi innovasion tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish