Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


III. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT JISMONIY



Download 1,17 Mb.
bet14/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

III. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT JISMONIY
TARBIYA VA SPORT QO’MITASI


3.1. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining tuzilishi va taraqqiyoti

O’zbekiston sharoitida oila, bolalar bog’chalari va barcha toifadagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiyani tashkil qilish, aholi o’rtasida ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarini uyushtirnsh hamda iqtidorli sportchilar mahoratini oshirish kabi turli-tuman faoliyatlarni tash­kil qilishning o’ziga xos xususiyatlari bor. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport harakati keng qamrovli tashkiliy-pedagogik jarayon bo’lib, uni boshqarish maxsus davlat va jamoat sport tashkilotlarining faoliyatini talab etadi. SHu sababdan, mamlakatimizda Davlat organi huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Dav­lat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi mavjud. U o’zining tashkiliy va rivojlanish tarixiga egadir.


O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgach, barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, ularni bajarishning tartib-qoidalari ishlab chiqildi va respublika sharoiti hamda davr talablariga moslashtirildi.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunida ta’kidlanishicha, «Jismo­niy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat orga­ni tomonidan boshqariladi» deb /5-modda/ belgilangan. SHunga asosan, «O’zbekiston Respublikasi Davlat jismo­niy tarbiya va sport qo’mitasi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarishning vakolatli davlat organi hisoblanadi», – deyilgan.
Qonunda Respublika sport qo’mitasiga quyidagi vakolatlar berilgan:

  • jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan dasturini ishlab chiqadi va ro’yobga chiqaradi;

  • jismoniy tarbiya – sport jamoat birlashmalari bilan birgalikda O’zbekiston sportchilarini Olimpiya o’yinlari va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashning aniq maqsadga qaratilgan dasturini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;

  • sport turlari bo’yicha mamlakat terma komandalari tarkiblarini tasdiqlaydi va ularning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rishlarini ta’minlaydi;

  • aholi turli qatlamlarining jismoniy kamolot darajasini aniqlash uchun sport me’yorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • jismoniy tarbiya – sport kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va attestasiyadan o’tkazishni tashkil etadi;

  • sport tayyorgarligi markazlarini, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarini tuzadi;

  • jismoniy tarbiya va sport muammolari bo’yicha il­miy, uslubiy va ommabop adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini tashkil qiladi;

  • o’z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan, jismoniy tar­biya - sog’lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish me’yorlari hamda qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-axborot ta’minoti tizimini tashkil etadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Yuqorida qayd etilgan ishlarni tashkil etish va ular­ni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi o’zining quyi tarmoqlari, ya’ni viloyat, shahar va tuman sport qo’mitalariga bevosita tayanadi. Shu bilan birgalikda, qonun acosida boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari, sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish