Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Mahalla oqsoqollari keshgashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarinipg mazmuni hamda vazifalari



Download 1,17 Mb.
bet49/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

8.2.3. Mahalla oqsoqollari keshgashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarinipg mazmuni hamda vazifalari

Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatlari keng qamrovli va fidokorona mehnat qilishni talab etuvchi sohatardan hisoblanadi. Mahallada jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish faoliyatlari yil sayin kengayib va ularga bo’lgan e’tibor kuchaymoqda.


Xalq iborasi bilan aytganda, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanadi. Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-tuyg’ulari, sadoqati, fidoiy mehnati, o’zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo’ladi. Bu o’rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki, g’alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor ekanligini aytib o’tish kerak. Ayniqsa, yurtimiz bayrog’ining uzoq o’lkalarda viqor bilan ko’tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi sportchilarning ona – Vatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo’shganligining timsolidir. Buning boisi shundaki, o’shanday g’olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa, sport tashkilotlari, jamiyatlari xodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar ham u yoki bu mahallada istiqomat qiladi. Mahalla oqsoqollari kengashlari faoliyatida ular ham ishtirok etib, sportni targ’ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish, an’anaviy bayramlarda qatnashib, ma’ruzalar o’qish, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashish kabi tadbirlarni birgalikda olib boradidar. Bunday tadbirlar mahalla oqsoqollari kengashi tarkibidagi faollar, sportsevarlar, mutaxassislar tomonidan uyushtirib borilmoqda. Bunday xayrli ishlar­ni qishloq sharoitlarida ham doimiy o’tkazib turilishi lozim.
Mahalla oqsoqollari kengashi qoshida sport klublarini tashkil qilish amalga oshirilmoqda. Bunday tashabbuslarni ommalashtirish zarur bo’ladi. Ba’zi bir ilg’or tajribaga ega bo’lgan mahallalar sport yo’riqchisi shtatini tashkil qilmoqda. Ular bevosita tuman-shahar sport qo’mitalariga itoat etib, aholi o’rtasida sportni omma­lashtirish, bolalar va o’smirlar orasida sport musobaqalarini tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Mahalla oqsoqollari kengashlari va ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faollari oldida mahalla ahli salomatlignni yaxshilash, yoshlarni sportga jalb etish, sport va xalq milliy o’yinlari orqali aholining dam olishi, ruhiy oziqlanishi, jismonan barkamol bo’lishlariga erishtirish kabi vazifalar mavjuddir.
Ba’zi milliy urf-odatlarimiz va diniy dunyoqarashlar xotin-qizlarning erkin ravishda jismoniy mashqlar, xalq milliy o’yinlari yoki biron sport turi bilan shug’ullanishlariga salbiy ta’sir qilishi jarayonlari davom etmoqda. «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturida belgilanganidek, sog’lom avlodni etishtirish uchun eng avvalo onalar sog’lom bo’lishi va o’z farzandlarining sog’lom o’sishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bog’cha va maktablarda jismoniy tarbiya bi­lan shug’ullannshga odatlantirnsh alohida ko’zda tutilgan.
Bu jihatlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashi, uning faollari va jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari astoydil ish olib borishlari lozim.
Aholi o’rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarining mohiyatlarini kishilar ongiga singdirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. SHu sababdan mahalla oqsoqollari kenga­shi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi /1999 yil 27 may/ qarorini chuqur o’rganishlari, unda ko’zda tutilgan eng zarur tadbirlarni mahallalarda ishlab chiqish, aholini sportga jalb etish yo’llarini topishlari lozim.
Xulosa shundaki, aholi turar-joylarida eng avvalo sport inshootlari, oddiy o’yin maydonlaridan maqsadli foydalanish zarur. Sport ixlosmandlari, sportsevarlar, mutaxassis xodimlar yoshlar o’rtasida ko’chalararo, mavzelar, dahalar va mahalla birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil qilishlari kerak.
«Sog’ tanda – sog’lom aql» naqliga rioya etgan holda jis­moniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish, uning salomatlikni mustahkamlash, ish faoliyati va umuman umrni uzaytirishdagi muhim omillardan biri ekanligiga aholini iqror etish kerak bo’ladi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish