8.2.2. «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi
Sobiq Ittifoq davrida aholining aksariyat ko’pchilik qismi o’sha davr hokimiyatining g’oyalari, mafkuralari bilan to’la sug’orilganligi sir emas. U g’oyalar va mafkuralarning ko’p jihatdan puch ekanligi keyingi qayta qurish yillarida /1980–1990/ barchaga aniq bo’lib qoldi. Shu sababli mamlakatimizda miliy qadriyatlarni tiklash va ularni davr talablari asosida boyitish taqozasi yuzaga keldi. Bunday g’oyalarni amalga oshirish uchun esa aniq mafkuraviy tashkilot tuzilishi lozim edi.
1994 yil 23 aprelda O’zbekiston Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida farmoni e’lon qilindi. SHu asosda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublikada «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to’g’risida /1994 yil iyun/ qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanishi va shu bilan bir qatorda xo’jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir. Bu tashqilot zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Ular qatorida «Sosiologik tadqiqotlar, so’rovlar o’tkazish orqali o’zbek xalqining boy ma’naviy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish hamda xayotga tatbiq etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish»dek o’ta muhim vazifa ham belgilangan.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining o’z nashri, ya’ni «Tafakkur» jurnali mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy islohotlarning mohiyatinn keng yoritib, ularni hayotta singdirishda etarli darajada faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Yuqoridagi qaror asosan, ta’lim-tarbiya ishlariga mas’ul idoralar, tashkilotlar, muassasalar hamda teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, milliy qadriyatlar mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy meroslar, ulug’ adiblar xayoti va ilmiy meroslarini aholi ongiga chuqur singdirish yo’lida keng targ’ibotchilik ishlarini olib bormoqda.
Yuqorida boshqa bo’limlarda qayd etilganidek, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, Xalq ta’limi, Oliy ta’lim hamda Sog’liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, Kasaba uyushmalari federasiyasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Sog’lom avlaod uchun» davlat dasturini amatga oshirmoqda, jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq bo’lgan Respublika ilmiy-nazariy anjumanlarini o’tkazishda faol qatnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |