17.5.1. Sport tashkilotlarida oliy rahbarlik-jamoa (komanda) va tadbirkorlik
Respublika va viloyatlardagi sport qo’mitalari, sport jamiyatlari, uyushmalari, klublar va ularning tarmog’idagi tadbirkorlik faoliyatlarining asosi oliy darajadagi komandalarni tarkib toptirishdir. Buning uchun eng avvalo, iktidorli sportchilarni tanlash, sinovdan o’tkazish va ularni talab darajasida tayyorlab etkazish zarur.
Ma’lumki, musobaqalarning kalendar rejalari asosan xalqaro sport musobaqalari hamda Olimpiya o’yinlari dasturi vositasidagi turlar bo’yicha tuziladi. Har bir sport turi bo’yicha jamoa (komanda) eng yuqori darajadagi g’amxo’rlik, rahbarlik va boshqaruvchilikni taqozo etadi. Buning uchun esa g’oyaviy-siyosiy va ma’naviy jihatdan sportchilarni me’yoriga etkazish, moddiy jihatdan ta’minlash zarur. Bularni amadda bajarish uchun sportchilarni tadbirkorlikka o’rgatish katta tajribalarni talab etadi.
Sport jamolari murabbiylari boshqa sport turlari jamoalari, ularning etakchi mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, ayniqsa, xorijiy mamtakatlarning sport jamoalari bilan hamkorlik qilish sport marketingini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Bunday faoli-yatlarda sport kiyimlari, asbob-uskunalari, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, ularni tayyorlash yoki xarid qilish, tijorat ishlarini qo’llash ma’quldir. Shu bilan birgalikda, mamlakatmizda ishlab chiqilayotgan sport kiyimlari, buyumlari, asbob-uskunalarini targ’ib qilish ham asosiy vazifalardandir.
Sport jamoalarining sport inshootlarini imkoniyat darajasida ijaraga berish, pullik xizmatlar ko’rsatish kabi faoliyatlarni yangi talab darajasiga chiqarishlari maqsadga muvofiqair.
17.5.2. Tashkilot (jamiyat) – hokimiyat tizimi sifatida, uning manbalari
Jismoniy tarbiya va sport bilan bevosita shug’ullanuvchilar, sport jamoalari sport inshootlari, sport tadbirlarini o’tkazish va boshqa faoliyatlarni o’z zimmasiga olishlari ularning hokimiyatchiligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, barcha tabaka, soha va tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport harakatiga rahbarlik qilish hokimiyatchilik demakdir. Ularning asosiy ish vazifala-ri to’g’risida yuqorida bayon qilindi. Bu o’rinda sport tashkilotlari va sport jamiyatlarining o’z tarmoqdaridagi jamoalar, sport klublari, sport turlari bo’yicha jamoalarga rahbarlik (hokimiyat) qilishdagi tadbirkorlikning ba’zi xususiyatlari to’g’risida so’z yuritiladi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatining asosiy hoki-miyati ularning rasmiy sport jamiyatlari tizimi xisoblanadi. Ular bevosita mutasaddi davlat idoralari bilan uzviy bog’liq holda, o’zlari mustaqil tarzda (hokimiyat) faoliyat ko’rsatadi, Bu jihatlar quyidagi manbalarni tashkil etadi:
sport jamiyatining Nizomi, ustavi;
sport musobaqalarining kalendar rejasi va nizomlari;
sport musobaqalari qoidachari;
sport klassifikasiyam;
sport sohasidagi mutaxassislar (murabbiylar);
sport inshootlari;
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik faoliyatlari endi shakllanib kelayotgan eng muhim jarayondir. Uning mazmuni, vazifasi va shakllari aholining jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishi, o’quvchi-yoshlarning buyuk kelajak sari dadil, epchil bo’lib borishlari hamda sportchilarning mahoratlarini oshirish, ularning xalqaro maydonlarda ilg’or mamlakatlarning sportchilari qatoridan o’rin olishiga qaratilgan.
Umuman olganda, sport menejmenti, marketing va tadbirkorlik faoliyatlari xalqaro sport harakati, olim-piya g’oyalarini rivojlantirish kabi muhim muammolar bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |