Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Jamoatchi faollarni tayyorlash



Download 1,17 Mb.
bet62/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

10.3.2. Jamoatchi faollarni tayyorlash

Jamoatchi faollar deganda jismoniy tarbiya va sport harakatining quyi tashkilotlarida /tuman, shahar sport qo’mitalari, jamiyatlari, klublari, boshlang’ich jismoniy tarbiya jamoalari, to’garaklar, guruhlar va hokazolarda/ jamoatchilik yo’li bilan yordam beruvchi faollar /aktivlar/ tushiniladi. Bu quyi tashkilotlar o’z ish mazmunlari darajasiga qarab /sport klub, komanda, to’garak va hokazolar/ jamoatchi faollarni tayyorlaydi:


Jamoatchi faollar asosan quyidagicha ataladi:

  1. Jamoatchi murabbiy.

  2. Jamoatchi yo’riqchi /metodist-instruktor/.

  3. Sport turlari bo’yicha hakamlar.

  4. Tashkilotchi /organizatorlar/lar.

Jamoatchi faollarni tayyorlash xaqida maxsus nizomlar va ko’rsatmalar mavjud. Ular asosida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, ularning darajalari yoki toifalarga /kategoriyaga/ qarab, o’quv soatlari miqdori belgilanadi.
Barcha mashg’ulotlar ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin:

  1. Jismoniy tarbiya darslari yoki sport mashg’ulotlari jarayonida.

  2. Dars, mashg’ulot yoki ishdan tashqari paytda maxsus jadvallar asosida haftada 1-2 marotaba 1-2 soatdan tashkil qilinadi. Bunday holda etakchi va tajribali o’qituvchilar, murabbiylar, yo’riqchilar, hakamlar jalb etiladi.

Dasturdagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar to’la bajarilgach. faollar imtihon topshiradi va muvaffaqiyat bilan mashg’ulotlarni tugatganlarga «Jamoatchi murabbiy», «Jamoatchi hakam», «Jamoatchi yo’riqchi» kabi unvonlarning maxsus guvohnomalari va nishonlari taqdim etiladi.
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari joriy qilinganligi sababli bu sohada ham murabbiylar, hakamlar, yo’riqchilarni tayyorlash ehtiyoji paydo bo’ladi.
10.4. Mutaxassislarning malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish va ularga bo’lgan asosiy talablar

Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomil-lashtirishni taqozo etadi. Bu esa ta’lim beruvchi mutaxassislarning davr talablari darajasida bo’lishini, buning uchun esa ulardan o’z malakalarini doimiy ravishda oshirib borish lozimligini talab etadi. Bunday tarbiyaviy faoliyatlar ham davlat dasturi asosida amalga oshirib boriladi.


Umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o’qituvchilarining malakalarini oshirish quyidagi tartib va shakllarda o’tkaziladi:

  • yakka tartibda doimiy malakalarini oshirish;

  • maktabda jismoniy tarbiya usuliy komissiyasida;

  • maktablararo usuliy kengashlarda;

  • tuman-shahar kengashlarida /ta’til paytlari va har oyda bir marta belgilangan kunda/;

  • viloyat xalq ta’limi qoshidagi malaka oshirish institutlarida;

  • o’qituvchilar malakasini oshirish markaziy institutida.

  • o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tar­biya o’qituvchilari ixtisosliklari bo’yicha O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tarkibidagi malaka oshirish fakul’tetida;

  • sport turlari bo’yicha murabbiylar respublika va viloyat sport jamiyatlari qoshidagi maxsus kurs-seminarlarda;

  • ishlab chiqarish korxonalarining jismoniy tarbiya va sport yo’riqchilari Kasaba uyushmalari federasiyasi qoshidagi sport jamiyatining maxsus kurs-seminarlarida;

  • tuman-shahar va viloyat sport qumitalarining raislari, xodimlari Davlat sport qo’mitasining seminar-kengashlarida. Ularning o’quv rejalarida O’zbekiston mustaqilligining taraqqiyoti, istiqbollari, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy xususiyatlari qatorida jismoniy tarbiya va sportning muhim turlari /gimnastika, engil atletika, suvda suzish, xalq milliy o’yinlari va hokazolar/ hamda ixtisoslik turlari bo’yicha mashg’ulotlar ko’zda tutilgan.

Mashg’ulotlarning mazmunida hozirgi zamon sport taraqqiyotining afzalliklari, inson hayotida sportning o’rni, rahbar va shug’ullanuvchilarning o’zaro munosabatlaridagi ruhiy muammolar, xotin-qizlar sporti va boshqa sohalardagi eng yangi hamda ilg’or tajribalar, tadqiqotlarning natijalari bayon etiladi. Malaka oshirish mashg’ulotlarida ishtirok etadigan tinglovchilar o’z ixtisosliklari va umumiy yo’nalishlar bo’yicha nazariy jihatdan referatlar tayyorlaydi. Bu, o’z navbatida tinglovchilarning o’z sport turiga bo’lgan munosabati bilak bilim saviyasi va egallagan tushunchalarning ilk sinovi hisoblanadi. Belgilangan tartib asosida asosiy fanlar va ixtisosliklar bo’yicha imtihon topshiradilar. Ularga kursni tugatganlaridan so’ng guvohnomalar beriladi.
Tinglovchilarning bilim va malakalarini yuqori darajada bo’lishiga erishish maqsadida ma’ruzalarga taniqli olimlar, sport tashkilotlari rahbarlari, huquq ilmining mutaxassislari taklif etiladi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish