15.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya va sport tizimini tashkil qilish hamda boshqarish
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari va jamoat tashkilotlari avvaldan mavjud bo’lib, ularning tizymlari ham hozirgi sharoitlar asosida faoliyat ko’rsatib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari tizimi-da bosh vazifani bajaruvchi O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hisoblanadi. Shuningdek, o’quv yurtlari va boshqa tarbiyaviy muassasalarda ham jismoniy tarbiya va sport ishlari ma’sul vazirliklar, qo’mitalar, kompaniyalar, korporasiyalar va hokazolar tomonidan amalga oshiriladi. Bu, o’z navbatida, davlat tizimini tashkil etadi. Turli sport jamiyatlari, ularning kuyi tarmoqlari hamda Milliy Olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha uyushmalar (federasiyalar), assosiasiyalar va hokazolar esa jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning jamoat tizimpari hisoblanadi.
Bu ikki yo’nalishdagy asosiy tizymlarda menejerlik xususiyatiga ega bo’lgan o’z-o’zini moliyaviy ta’minlash maqsadida xo’jalik yuritish, pullik xizmat va homiylik sohalari faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ay-niqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yangi bosqichlar sari qadam qo’yishida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning yangi shakl va mazmunlari yuzaga kelmoqda. YAngi jamoalar (komanda), federasiyalar, assosiasiyalar, mustakil faoliyat ko’rsatuvchi sport klublari, sog’lomlashtirish markazlari va hokazolar menejerlik faoliyatiga kirib borish imkoniyatlariga ega bo’lmoqda.
15.4. Menejerlik, undan jismoniy tarbiya va sport tizimida foydalanish: menejment fuiksiyasi tahlnli, sport tashkilotlari faoliyatining afzalliklarini baholash
Menejment sohasida eng muhim bo’lgan ikki maxsus vazifa ustun turadi, ya’ni:
1. Katta mahsulot beruvchi va uni ta’minlovchi tizimni yaratish, ya’ni sarf bo’lgan kuch va moddiy harajatlarni oshirib bajarish birlik tizimini vujudga keltirish.
Menejer har bir qarori va faoliyatpda tez hamda kelajakda bo’ladigan ishlarni har tomonlama hal qnlishga safarbar etishi lozim. Shu sababdan menejer o’z faoliyatlarini ilmiy jihatdan doimiy ravishda tahlil qilib borishi taqozo etiladi. Bu jihatlar sport jamoalari, sport klublari, sport inshootlari, sog’lomlashtirish markazlari va shunga o’xshash sohalardagi murabbiylar, rahbarlarning faoliyatiga ma’lum darajada monand (mos) kelishi mumkin. Shu sababdan mamlakatimizda savdo, tijorat, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni chetga chiqaruvchi muassasalar, ishlab chiqarksh jamoalarining ish tajribalarini chuqur o’rganish zaruriyati tug’iladi.Chunki sport tashkilotlarining u yoki bu tarmog’i, sohasidagi faoliyatlarda eng avvalo moddiy-texnika va moliyaviy jixatdan ta’minlashda ayrim muammolar mavjud, Bu muammolarni hal qilish uchun esa jamoalar (komanda), sport klublari o’z faoliyatlari bilan xalqaro sport maydonlariga erkin chiqishlari, jahonda mavjud bo’lgan menejmentlik faoliyatlarini o’rgangan holda ularni o’zlash-tirib olishlari zarur. Ta’kidlash zarurki, xalqaro miqyosda kechayotgan menejmentlik faoliyatlarining ichki tuzilishi, ularning ish tamoyillari bizgacha to’la etib kelmaganligini hisobga olgan xolda, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o’ziga xos bo’lgan tamoyillaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |