4. Kuzatish metodi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri -
kuzatish metodidir.
Kuzatish metodi-
ma’lumotlarni psixik hodisalarning qayd etish yo`llari orqali
to‘plashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo‘ladi-formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv.
Erkin kuzatuv tadqiqotning boshlang’ich bosqichlarida qo‘llaniladi, u o‘rganilayotgan
masala mohiyatiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi. Formallashgan kuzatuv
standart dastur asosida olib boriladi hamda kuzatilayotgan voqealar bayonnomada qayd
etilgan holda alohida elementlarga bo’linadi.
Tadqiqot metod sifatda kuzatishning xususiyati shundaki, ma’lumotlarni to‘plash,
turli sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish va
hokazo. Chunki kasbiy faoliyatda xidlar, shovkinlar va shunga o‘xshash holatlar tez
kuzatiladi va ular sinovdagilarning psixik holatiga hamda faoliyat mahsuldorligiga,
mehnatdan qoniqishiga ta’sir etadi.
Kuzatilayotgan jarayonda tadqiqotchining ishtirok etish darajasiga ko‘ra,
kiritilgan kuzatish va tomonli kuzatishga ajratiladi. Kiritilgan kuzatuvda tadqiqotchi
guruh tarkibiga kirib, shu guruhning barcha faoliyat turlarini bajaradi. Tomonli
kuzatishda tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalardan chetda turib kino yoki
videokameraga tushirgan holda psixik hodisalarni tahlil etadi. Kasb psixologiyasining
tadqiqot metodi sifatida kuzatish ish o‘rnini tashkil etish va umuman faoliyatdagi
vaziyatga baho berish, sinovdagilarning kirishimlilik xususiyatlarini tahlil qilish, uning
kasbiy xulqi, kasbiy ta’limi va malakasiga baho berishda qo‘llaniladi. Kuzatishning
32
negativ holatlari olingan ma’lumotlarning yetarli darajada ishonchli emasligi chunki,
tadqiqot paytida ba’zida hodisalar ko‘p uchraydi va kuzatilayotgan voqealarga aralashib
ketish ehtimoli mavjud bo‘ladi. Kuzatish paytida sinovdagilarga tadqiqot vazifalari
haqida ma’lumot berishga to‘g‘ri keladi, bu esa ularning kasbiy xulqi va faoliyatiga
o‘zgartirish kiritishlariga olib keladi. Undan tashqari, ishchilar, rahbarlar ham tadqiqot
natijalari ularning ish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo’rqishadi.
Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq
o‘tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv
qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda
uning ob’ekti, ko`lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar,
hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati
to‘g‘ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |