o‘lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffoqiyat
va ta’lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya’ni
yo`naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyatsion,
faktorli tahlil va boshqalar. Boshqaruv psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy
o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo’ljallangan. Boshqaruv psixologiyada longityud
metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash
usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning
ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat.
Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar
asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish
uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli
longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qo‘llanilmagan. Longityud metod bir vaqtning
30
o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutdi. Jumladan, kuzatish, savol-
javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida
olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy
iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi.
Longityud metodini boshqaruv psixologiyasida qo‘llash orqali shaxs kasbiy
shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini beradi shuningdek,
kasbiy faoliyatda rivojlanish, obru-e’tibor qozonishning yo`l- yuriq va vositalarini
aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo‘llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda
ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi.
Keyingi muammo o’lchovlar o‘rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali
insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar
oralig’ida o‘tkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali
sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin.
Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib,
bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928
yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida
keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va
kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan jarayonlarning
mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo‘llanilishini chegaralovchi
omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p vaqtni ketishidir.
Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo‘llash
yordamida bartaraf etish mumkin.
Biografik usul - shaxs hayot yo`lini o‘rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy
dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining senariylarini ishlab chiqishga
yo`naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o‘rganish, kasbiy
mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul
bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish
metodi hisoblanadi.
Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim
voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va
boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya
kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi.
Psixobiografiya
- shaxslarning hayot yo`lini psixologik o‘rganish metodi
hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obru-e’tiborini, kishilarning
individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Boshqaruv
psixologiyada psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo
bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish
imkonini beradi.
Anamnez metod
- bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi,
haqidagi ma’lumotlarni yig’adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib
chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash,
boshqaruv faoliyatda obru- e’tibor qozonishni oldindan tashhis qilishda qo‘llaniladi.
31
Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga
qo‘yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: