Jismoniy madaniyat


Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

         Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak: 

         1.Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar). 

         2.Tashkilot   manfaati   (ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   rejasi   va hokazolar). 

         3.Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar). 

         Jamiyatdagi  ishlatiladigan  richaglar  uchchala  manfaatlar  bo’yicha  ijobiy 

natijalarga olib kelishi kerak. Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya’ni ba’zida 

umumiy  ko’rsatgichlar  bajariladiyu,  shaxsiy  ko’rsatkichlar  to’la  inobatga 

olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala ko’rsatkich, 

daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. 

Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, 

ashyo  sarfi  va  boshqa  qiziqtirilgan  ko’rsatkichlar  bo’yicha  ma’lumotlar  etkazilishi 

kerak. Shunday bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu 

esa  ishlab  chiqarish  hajmining,  mol  sifatining,  daromadning,  ish  unumdorligining 

oshishiga  olib  keladi.Har  bir  xodim  ishning  pirovard  natijasini  oshirishga  da’vat 

qiluvchi kishiga aylanadi. 

Rahbar avtoritar boshqaruv uslubini qo’llar ekan, u tashkilotning rasmiy tizimini 

ta’minlashga  asosiy  e’tiborini  qaratadi.  Bu  uslubda  ma’lumot  faqat  vertikal  yo’llar 

orqali  keladi,  xodimning  mas’uliyat  chegarasi  aniq  bo’lib,  har  qanday  xato  qattiq 

jazolanadi,  shaxsiy  munosabatlar  iloji  boricha  rasmiy  tus  oladi  va  hissiyotga  o’rin 

qolmaydi.  

Demokratik  boshqaruv  uslubida  jamoadagi  do’stona  munosabatlar  rivojlanadi, 

rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam nazarda tutilib, 

muloqot yuritishga keng yo’l ochib beriladi. 

Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi 

va  muvaffaqiyatga  erishishda  rasmiy,  ma’muriy  shakldan  ko’ra  jamoaning  norasmiy 

munosabatlari  ustun  qo’yiladi.  Tashkilotda  yangi  kommunikasiya  tarmoqlari 

yaratilishiga keng yo’l ochiladi va hatto bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar 

ish  me’yorini  o’zlari  o’rnatishadi  va  uning  bajarilgani  uchun  o’zlari  mas’uldirlar. 




216 

 

Xodimlar o’rtasida hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada 



bilan bemalol boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil bajaradi.  

Yuqorida  aytib  o’tilgan  uch  xil  boshqaruv  uslubi  jamoada  turlicha  muhitni 

yaratadi.  Avtoritar  rahbarlik  uslubida  guruhda  hokimlikka  intilish  namoyon  bo’ladi, 

mansabga ruju qo’yiladi, demokratik uslubli jamoada xodim uni tan olishlarini, hurmat 

va obro’ qozonishni istaydi va nihoyat, liberal uslubli jamoada muvaffaqiyatga erishish 

istagi ustun bo’ladi.  

Sanab o’tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun turlicha asos 

yaratadi. Avtoritar uslub ta’siridagi jamoa doimo «tepadan» ko’rsatma kutib yashaydi 

va tashabbus ko’rsatolmaydi. Shuning uchun bunday guruh samarasi ham sust. Guruh 

a’zolarida ishdan ham, o’zaro munosabatlardan ham qoniqish past darajada.  

Demokratik  rahbarlikka  asoslangan  jamoaning  ish  unumi  o’rta,  ixtiro  va 

tashabbuslar soni ham o’rta me’yorda, guruh a’zolari ishdan va o’zaro munosabatdan 

qoniqqan.  

Liberal  tamoyilga  asoslangan  jamoda  esa  unumdorlik  yuqori,  mehnatdan  va 

o’zaro munosabatdan qoniqish baland, xodimlar o’zaro hamkorlikka boradi va yordam 

ko’rsatishga doimo tayyor.  

Ishlab chiqarish sohasidagi ba’zi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi va guruh 

samaradorligi o’rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga binoan, avtoritarlik va demokratik 

boshqaruv uslubi guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini ta’minlaydi, ammo guruh 

a’zolari  demokratik  uslub  qo’llanganda  ishdan  ko’proq  qoniqadilar.  Agar  xodimning 

ishdan qoniqishi motivatsiya omili sifatida qaralsa, bu juda ahamiyatli mezon ekanligi 

ko’zga tashlanadi. 

Ko’p adabiyotlarda an’anaviy uch rahbarlik uslubiga baho berishda liberal uslub 

eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi vosita deb, ta’rif beriladi. 

Ammo  bunday  fikrga  jiddiy  e’tirozlar  bildirish  mumkin.  Tajriba  va  kuzatishlarning 

ko’rsatishicha, liberal boshqaruv uslubi ayrim hollarda samarali natijaga olib keluvchi 

vositaga  aylanishi  mumkin.  Agar  rahbar  ataylab  va  ongli  ravishda  liberal  uslubni 

tanlasa,  ongli  ravishda  xodimga  mas’uliyatni  o’ziga  olish  imkonini  bersa,  bu  xodim 

xulqini  jamoa  orqali  boshqarish  kabi  yuksak  mahorat  belgisi  bo’lishi  mumkin.  Agar 

o’xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat o’z o’rinbosarlari bilan muloqotda 

bo’ladi  va  ma’muriy  choralar  bilan  cheklanib  qoladi,  demokratik  boshqarishda 

rahbarning  jamoa  bilan  bevosita  munosabat  o’rnatishi  kuzatiladi.  Liberal  uslub  esa 

xodimni, jamoani jonlantirish orqali boshqarish demakdir. Liberal uslubda xodim rahbar 

ketidan emas, balki jamoa orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi.  

Jamoa  faolligi  korxona  maqsadlariga  mos  ravishda  borayotgan  sharoitda, 

mas’uliyatni  o’ziga  olib  tashabbus  ko’rsatayotgan  paytda  guruh  faoliyatiga 

aralashmaslik  va  xodimni  guruh  hayoti  og’ushiga  kiritib  qo’yish,  balki  eng  maqbul 

boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Ongli ravishda olib borilgan liberal boshqaruv uslubi o’ta 

murakkab bo’lib, bu jarayonda rahbar maqbul yo’l tanlanishida barcha faollikni jamoaga 

topshiradi,  rahbarning  vazifasi  to’g’ri  maqsadni  ko’rsatib  berishi  emas,  balki  shu 

maqsad guruh tomonidan tanlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat bo’ladi. 


Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish