Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

Liberal rahbar -

bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun 

yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, uning o`rniga 

ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, holos. Jamoada 

hamkorlik  yo`q.  Boshliq  jamoaning  muammolarini  ishning  baland-pasti  bilan 

qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar 

bermaydi.  Uning  o`rniga  norasmiy  liderlar  yoki  o`ziga  yaqin  kishilar  orqali  qilinishi 

lozim  bo`lgan  to’shiriqlar  bajaruvchilarga  yetkaziladi.  Uning  asosiy  vazifasi,  uning 

nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, 

kerakli  mahsulotlar,  xomashyo  kabilarni  topib  kelish,  majlislarda  qatnashish  va 

xokazolardan iborat. 

Xodimlar  bilan  muloqotda  bo`lishga  to`g`ri  kelganda,  u  doimo  xushmuomala 

bo`lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan 

tortishmaydi.    Olimlarning  fikricha,  bunday  rahbar  ishi  olib  borgan  jamoada  barcha 

ko`rsatkichlar doimo orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat ko`rsatmay, 

boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi. 

Ushbu  usullarning  har  biri  o`z  natijasiga  ega  bo`lib,  jamoada  turli  xil  ijtimoiy-

psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin. 

Tadqiqotlar  natijasi  shuni  ko`rsatadiki,  aslida  hayotda  sof  demokratik  yoki  sof 

avtoritar  rahbarni  uchratish  qiyin.  Lekin  uchragan  paytda  ham  ular  bir  jamoani  uzoq 

muddat  boshqara  olmasliklari  ma’lum  bo`ldi.  Shuning  uchun  ham  ular  vaziyatga 

bog`liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti-harakat normalari, shaxslararo 

munosabatlar  tipi  liderning  ham,  rahbarning  ham  ish  taktikasi  va  uslubini  belgilaydi 

degan g`oya  qabul qilinmoqda.  Lekin bu rahbarlik uslublarini psixologik mazmun va 




212 

 

mohiyatini,  bilishning  amaliy  ahamiyati  shundaki,  har  bir  uslubda  o`ziga  xos  ijobiy 



tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi rahbarlik qilayotgan jamoaga 

mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir. 

Masalan,  rahbarning  mustaqil  fikrlilik,  tashabbuskorlik  sifatlari.  Chunki  ayrim 

hollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, har 

bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday rahbar 

uchun kerak bo`lgan hislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish yoki boshqacha 

qilib  aytganda,  madaniyatli  bo`lishdir.  Rahbar  o`zidagi  madaniyatni,  avvalo, 

muomalada,  odamlar  bilan  bo`ladigan  muloqotlarda  namoyish  qilmog`i  kerak. 

Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish madaniyati va ikkinchi 

tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir. 

Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir(3.3-chizma). 

 

Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik 



o`z xulqi, xatti-harakatlari va muomala munosabatlariga nisbatan egalik hissini vujudga 

keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning psixologik natijasi 

o`zlikka nisbatan hurmat, o`zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar 

doim o`z xodimlari bilan mulokotda bo`ladi. Bu esa uni muloqot qilish ko`nikmalarini 

shakllangan  bo`lishini  talab  qiladi.    Muloqot  asosida  ishni  turli  xil  tarzda 

tashkillashtiradi.  Jumladan,  ishni  byurokratik,  demokratik  tarzda  tashkillashtirishi 

mumkin. Xuddi mana shu muloqot shakliga ko`ra jamoada ijtimoiy fikr vujudga keladi.  

Rahbar  o`zini-o`zi  tarbiyalash,  o`zini-o`zi  kamol  to’tirish  mustaqil  bilim  olish 

ma’naviy  dunyosini  uzluksiz  ravishda  takomillashtirish  ustida  harakat  qilsa,  demak 

uning  istiqboli  porloq.  Lekin  uning  faoliyatini  nazorat  qilmaslik,  baholamaslik, 

rag`batlantirmaslik  kabi  omillar  o`z  ustida  ishlashni  pasaytiradi,  lavozimiga  nisbatan 

sovuqqonlik  namoyon  bo`ladi.  Shu  sohada  tizimda  faoliyat  ko`rsatayotgan 

hamkasblarining  maslahatlari  ishga  munosabatlari  uni  susaytiradi,  asta-sekin  faollik 

yo`qola  boradi.   Ishlab    chiqarishda  har  xil xususiyatli muammolar  tinimsiz  ravishda 

namoyon  bo`lib  turadi.  Notanish  yangi  nostandart  yondashishni  taqozo  etuvchi, 

yangicha yechimni talab  qiluvchi, ijodiylikka  asoslanuvchi vositalar bilan  qurollanish 

rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi. 

Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va 

amaliyotchilarni  ko`proq  qiziqtirmoqda.  Bir  guruh  olimlar  amerikalik  hamda 

yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga  xos bo`lgan  eng  muhim sifatlarning 

bloklarini ajratib, rahbarlarning sifatlarini  quyidagicha tabaqalaganlar: 


Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish