Kuzatish metodi.
Umumiy psixologiyada bu metodning ob’ektiv (tashqi) va
sub’ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni
kuzatish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: kuzatishning maqsadi
va vazifasini sat’iy belgilash; kuzatish ob’ektini tanlash, ya’ni kimni va nimani kuzatish;
kuzatiluvchining yoshi va jinsini aniqlash; tadqiqot o‘tkazish va rejasini tuzish; kuzatish
qancha muddat davom etishini sat’iylashtirish; kuzatishni shaxsni saysi faoliyatlarida
(uyin, mehnat, utsish, sport) amalga oshirishini belgilash; kuzatish o‘tkazishning
shaklini (yakka, guruhiy, jamoaviy) qayd etish; kuzatilganlarni qayd silib borish
vositalarini tanlash, saralash (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varatsasi, video
magnetofon, fotoapparat, video kamera va boshsalar).
39
Suhbat uyushtirishdan avval tadqiqotchi beriladigan taxminiy savollarni
tayyorlab quyadi. Bunda sinaluvchilarning yoshi, jinsi, qiziqish doirasi, imkoniyati
hisobga olinadi, shuningdek, ularni toliqtirib qo’ymaslikning diqat markazda turishi
ijobiy natijalar berishi mumkin.
Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining
mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni
ilmiy tahlil qila bilishga bog`liqdir.
40
Eksperimental psixologiyavapraktikumning metod va metodologiya haqida
ma’lumotlar ba’zasini yaratish.
Psixologiyada test metodi 1905 yildan boshlab franso‘z psixologlari Bine va
Simon insonning akliy o’sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi
g’oyasini olg’a so‘rganidan keyin qo‘llana boshlandi. Ko‘pchilik jahon psixologlari
testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildiradi. Biroq ular
tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir
muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi.
AQSH,Lngiliya, Fransiya, Shvesariya testologlar tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib
turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda
o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida qatnashchilarning emotsional holati va
salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Lekin rus psixologlari
K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha
tamoyil asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkuri ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi
uchun harakat qiladilar va bu borada muayyan yutuqlarga erishganlar. Shuningdek,
tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, inson qobiliyatining mohiyatini
yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga, an’anaga amal qilgan holda testlardan
foydalanilmoqda.
Eksperiment metodi bu metodida turli yoshdagi inson, odamlar psixologiyaning
nozik ichki bog’lanishlari, qonuniyatlari, xossalari, murakkab mexanizimlari: sun’iy
tushunchalarning shakllanishi, nutqining
o’sishi, tafakko‘rining rivojlanishi,
39
. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. - Blackwell Publishing Ltd, 2018. -p.51
6.
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. - Blackwell Publishing Ltd, 2018. -p.49.
202
favqo‘lotdagi holatidan chiqish, muammoli vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning
his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Buning uchun eksperiment materialini sinchkovlik bilan tanlash, ob’ektiv tarzda
har xil holat va vaziyatlar yaratish, sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter xususiyati
his-tuyg`usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va malakalariga
alohida e’tibor qaratish shart. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya metodlaridan
iborat bo‘lib, psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda tabiiy ekspiriment metodi
qo‘llaniladi.Rus psixologi L.F.Lazurskiy tomonidan 1910 yilda ilmiy asoslangan
mazkur metod odamlarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari,
qobiliyatlari, is’tedodlari, diqqati, xotirasining mahsuldorligi, irodaviy sifatlari kabi
muammolar hal qilinadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida sinaluvchilar tekshirilayotganligidan bexabar
bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya jarayonida berilayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan
fazilatlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.Odatda sinaluvchilar uchun
qiyinlashtirilgan vaziyatlar, murakkabroq muammolarni qo‘yish orqali ularning ichki
imkoniyatlari, tarbiyalanganlik darajalari oldinroq ruyobga chiqishini ta’minlash
tadqiqotning asosiy vazifasidir.
Laboratoriya metodi yordamida shaxs diqqatining sifatlari, sezgisi, idroki,
xotirasi va tafakko‘rining xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va akliy zurikish
singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Asboblarning ko‘rsatilishi bo‘yicha
o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va akliy tolikish, his-tuyg’u shijoati,
asabiy zurikish, jiddiylik,tanglik qanday sodir bulayotganini ifodalovchi ma’lumotlar
olinadi.
Eksperiment metodi aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat
qismlarga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon va
holat uyin, mehnat, o‘qish, sport kabi faoliyatlarda tadbiq qilinadi.Bunda tadqiqot
ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi lekin tekshiruvchi
sinaluvchiga sub’ktiv, ya’ni o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Shu davrda sinalivchiga hatto
yullovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning bosh tamoyili hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi.Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi ogzaki va yozma ma’lumotlar odamlarining
tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Tarjimai hol metodi inson psixikasining suhbat va tajriba metodlari vositasida
o‘rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi.
Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she’riyat,
musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning
ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, istedod, salohiyat kabi fazilatlari
kuzatiladi.Inson ongining namoyon bo‘lishi rivojlanishi, o‘ziga xos individual va
ijdtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirilgan muloxazalarida asarlarida o‘z ifodasini
topadi.Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan- avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik
natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqeylik
vujudga keladi vau ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining uyg`unligini ta’minlaydi.
203
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi,
o‘zining shaxsiy uslubini yaratishi, kamolat cho’qqisiga erishishi jarayoninida ibrat -
namuna , aniq mezon harkatlantiruvchi to‘rt vazifasini o’taydi.
Xuddi shu boisdan mazkur ma’lumotlar insonning ichki reguliatsiyasi
funksiyasini bajaradi ideal tanlash uchun imkon yaratadi, avval taqlid, so‘ng unga
tenglashish uchun intilish (identifikatsiya) omilini barpo qilinadi.
Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta’kidlash kerakki, ayrim
usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini
absolyutlashtirib bo’lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari
bilan belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini tuldiruvchi va
haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |