Boshqaruv psixologiyasi fani:
Birinchidan, boshqaruvlik mahorati va etakchilik yuksak kasbiy kamolot,
murabbiylik va pedagogik talant, innovatorlik, notiqlik qobiliyati, san’ati va muomala
ko‘nikmalari hamda maromini o‘zlashtirish orqali uzluksiz jarayondagi munosabatlar
majmuasini egallaydi.
Ikkinchidan, hozirgi zamon boshqaruv asosini tashkil etuvchi “inson
munosabatlarining doktrinasi” iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi qiyinchiliklarni,
ijtimoiy psixologik muammolarni echish, bartaraf etishni ishbilarmonlik ruhidagi
yondashuv yordamida amalga oshiradi yoki ularning oldini oladi.
Uchinchidan, u sub’ektning faoliyati, jamoaviy munosabatidan kelib chiqqan
holda boshqaruvning asosiy jarayonlarining tabaqalarini tadqiq etish usullari,
qonuniyatlari va mexanizmlarini tadqiq etadi, o‘rganadi.
To‘rtinchidan, u har qanday, ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
munosabatlar sharoitida oqilona, odilona, omilkorlik bilan maqbul qarorni qabul qilish
va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish haqidagi nazariy va amaliy bilimlar
majmuasidaniboratdir.
Boshqacha so‘z bilan qisqa va sodda qilib aytganda, Boshqaruv psixologiyasi fani
- ob’ekt-sub’ekt munosabatlarining barcha jihatlarini boshqarishni egallash,
shuningdek, samarali faoliyat negizidagi nazariy va amaliy bilimlarni majmuasini
o‘rganishdan iboratdir.
Ushbu muammoni yoritishni har qanday ishlab chiqarishning xizmat ko‘rsatish
negizini ob’ekt-sub’ekt munosabatlari tizimini tashkil etishga, ular esa uzluksiz ravishda
24
o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishi ko‘lami muhitini qaror toptirishga, ishlab chiqish (xizmat
ko‘rsatish) darajasida vujudga keluvchi menejer va mejenmentga oid tizimlar o‘rtasidagi
aloqa doimiy ravishda muvofiqlashtirib turishni talab qilishga to‘xtalish maqsadga
muovofiq.
Aynan mana shu muvofiqlashtirib turish boshqaruv funksiyasining asosiy tashkil
etadi va unda u yoki bu ob’ekti idora qilishga oid aniq. vazifalarni boshqaruvlik bo‘yicha
chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Boshqaruv - bu jarayon
sifatida o‘zining funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda “funksiya” - lotincha (ijro
qilmoq, bajarmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, biron kimsaga yoki narsaning ish faoliyat
doirasi va vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
Boshqaruv faoliyat doirasida boshqaruv sub’ektining vazifasi psixologik, ijtimoiy
psixologik nuqtai nazaridan muayyan ob’ektga nisbatan aniq ta’sir etish yo‘nalishlarini
aks ettirishdan iboratdir.
Boshqaruv funksiyalari - ko‘p qirrali va murakkab tushuncha bo‘lib, ularni muhim
belgilarga ko‘ra turkumlarga ajratib o‘rganish mazkur fanning vazifasi ekanligini
alohida ta’kidlab o‘tiladi.
Butun bir boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirish uchun boshqaruvning
psixologik funksiyalarining mohiyati, turkumlanishi va tizimini izchil ravishda tadqiq
etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |