Jismoniy madaniyat


Rag’batlantirish funksiyasi



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

Rag’batlantirish funksiyasi:  

Ijro  harakatlari  me’yorda  o’tishini  ta’minlashdan  iborat  bo’lib,  moddiy  va 

ma’naviy rag’batlantirish vositalarini o’z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va vazifalari 

boshqaruv  munosabatlarini  keltirib  chiqaradi  va  Boshqaruv  psixologiyasi  aynan  shu 

munosabatlar tarkibini o’rganadi. 



 

 

4.Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari. 

  Boshqaruvning  markazida  yaqqol  shaxs  turganligi  munosabati  bilan  sotsial 

psixologiya qonuniyatlariga asoslanish, ijtimoiy munosabatlarning mahsuli ekanligiga 

suyanish,  ijtimoiy  ruhiy  muhitning  roli,  imokniyatlari,  ommaviy  holatlar,  yaqqol 

hodisalar, anglashilmagan (taqlid, yuqish, sarosimalik, tahlika, ovoza va boshqalar) sa’i-

harakatlarga  tartilganlik  va  ularning  ijtimoiy  oqibatlari,  yuzasidan  bilimlarni 




20 

 

umumlashtirgan  holda  amaliyotga  tatbiq  etish  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan 



nuqsonlarning oldini olishga imkonyaratadi. 

Boshqaruv 

psixologiyasida 

zamonaviy 

rahbarga 

qo`yiladigan  talablardan  biri 

shuki, 

hozirgi 



zamon 

psixologiyasining  o`zi  uchun 

ma’qul  barcha  uslublaridan 

foydalangan 

holda, 

eng 


avvalo 

o`zi 


to`g`risida, 

qolaversa, 

qo`l 

ostidagilarning 



shaxsi 

to`g`risida 

bilimlar 

va 


ma’lumotlarga  ega  bo`lishi 

kerak (1.1-rasm). 

 

  Boshqaruvning  psixologik  tizimi  “inson-texnika”  munosabatining  qamrab 



olganligi  sababli  texnikani  inson  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  munosabatda 

bo‘lish  yoki  muassasa  uchun  yaratilgan  zamonaviy  asboblar,  qurol-aslohalar, 

kompyuter, displey, monitor, robot kabilarni ishlash maromiga moslashish masalalariga 

taalluqli  axborotlar,  xossalar,  tizimlar,  tuzilmalar,  kurilmalar  to‘g‘risidagi  bilimlar 

bo‘yicha  qat’iy  talabalar  turkumini  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiq.  Shuningdek, 

muxandichlik  professiogrammasining  xususiyatlarini  hisobga  olish,  rahbar-tobe 

kishilarning  texnika  munosabatlarini  oqilona  tashkil  etish  jarayoniga  to‘g‘ri,  unumli, 

qulay  shart-sharoitlar  yaratadi.  Fan  va  texnika  yangiliklari  bilan  inson  imkoniyatini 

muvofiqlashtirish identifikatsiya o‘z-o‘zini va boshqalarni oqilona baholash, refleksiya, 

ongli ravishda o‘xshashlikka intilish, antitipatsiya (faoliyat mahsuli modelini oldindan 

yaratish)  va  korrekksiyani  (ijodiy  maromlarni)  shakllantirishni  tezlashtiradi,  kasbiy 

moslashish  (adaptatsiya)  psixologik  tayyorgarlik  muddatini  kamaytiradi,  o‘zaro 

tushunuvni  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  “inson-texnika”  munosabati 

“inson-jamoasi”, “jamoa-inson” turkumlari darajasiga o‘sib o‘tishining ta’minlanishi va 

bu borada shaxsning individual xususiyatlarinihisobga olish diagnosti ma’lumotlardan 

kelib chiqqan holda unga va uning faoliyatiga yondashishlozim. 

  Boshqaruvdagi  bunday  hamkorlik  jarayonni  unumli  tashkil  etish,  o‘zaro 

hamjihatlik  asosida  munosabatlarni  tasavvur  qila  olish  va  ularni  o‘zaro 

muvofiqlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali kasbiy malaka va qobiliyatni rivojlantirib 

borish  faoliyatini  (xizmatni)  muvaffaqiyatli  uyushtirish  uchun  zarur  muhim  shart-

sharoitlar yaratibberadi. 

Hulosa  qilib  shuni  ta’kidlash  joizki,  Boshqaruv  psixologiyasi  fani  quyidagi 

tamoyillarga binoan: 

*

 



mehnatga nisbatan ehtiyoj tug‘ilishi; 

*

 



mas’uliyat va javobgarlik hislariningmavjudligi; 

*

 



tartib-intizomlik (har bir xodim uchun) majburiyekanligi; 

*

 



boshqaruv jarayonigayakkaboshchilik; 

*

 



hamkorlik faoliyati harakatiningyaxlitligi; 


21 

 

*



 

shaxsiy va tashkilot manfaatlarining o‘zarouyg‘unligi; 

*

 

shaxslararo munosabatni amalga oshirishning markazlashuvi; 



*qaror qabul qilishda va munosabat bildirishda adolatlilik; 

*hamkor faoliyati ishtrokchilari tarkibining barqarorligi; 

*individual va guruhiy tashabbusni rag‘batlantiruvchi zaruriyati; 

*hamkorlikda  korporativ  ruhni  shakllantirish  orqali  har  qanday  boshqaruv 

(ko‘lami,  vazifasi,  mulkiy  shakli  va  shu  kabilardan  qat’i  nazar)  jarayonining  o‘zagi 

sifatda,  uning  murakkab,  o‘zaro  bog‘liq  funksiyalarini  yo‘lga  qo‘yishning  ijtmoiy 

psixologik asoslarini ishlab chiqishga qaratladi.  

  Muayyantashkilotniboshqarishfaoliyatiko’pqirralibo’lib, 

uningturlisohalaridagisamaralirahbarlikfaoliyatiturlichayondoshuvvamalakalimutaxass

islarishtirokinitalabqiladi.  Tashkilot  miqyosidagi  boyliklarni  ikki  asosiy  guruhga 

bo’lgan holda – moddiy va nomoddiy ko’rinishlarni qayd etishimiz mumkin. 

Nomoddiy  boyliklarga  shu  tashkilot  miqyosidagi  nafaqat  aqliy  salohiyat,  balki 

inson omili bilan bog’liq bo’lgan hamma yutuqlar kiradi.  

Muayyan  tashkilotda  faoliyat  yurituvchi  barcha  shaxslar  -  «personal»  atamasi 

bilan nomlanadi. Psixolog olim T.Yu. Bazarov ta’rifi bo’yicha «Tashkilotdagi barcha 

inson resurslari yig’indisi - personaldir. Bunga tashkilot xodimlari, biron loyihani joriy 

etishda  qatnashuvchi  hamkorlar,  tadqiqot  o’tkazish  uchun,  strategiya  ishlab  chiqish, 

biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga taklif etilgan ekspertlar ham kiradi». 

Tashkilotdagi  inson  resursi  -  boshqaruvga  oid  fanlarning  diqqat  markazida 

turuvchi  mavzu  bo’lib,  tashkilotning  asosiy  maqsadiga  qay  tarzda  erishish  aynan 

personalni  malakali  boshqarish  bilan  bog’liqdir.  Birorta  tashkilotning  texnologik 

jarayonini  boshqarish  masalasi  -  personal  boshqaruvidan  ajralgan  holda  tahlil  qilina 

olmaydi. Shu o’rinda, mashhur tadbirkor Endryu Karnegining quyidagi so’zlarini eslab 

o’tish o’rinlidir:  

«Menga  fabrikalarimni  qoldirib,  xizmatchilarimni  olib  keting  va  yaqin  orada 

zavodlarim  hududida  o’tlar  o’sib  ketadi.  Fabrikalarimni  olib  qo’yib,  odamlarimni 

qoldiring va yaqin orada avvalgilaridan yaxshiroq, yangi zavodlarni quramiz».  

Odatda biror korxonada personalni boshqarishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 

psixologik jihatlarini farqlash mumkin. Quyida shu jihatlar haqida qisqacha ma’lumot 

berib o’tamiz. 




Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish