17
o’tagan bo’lsa, biz uni o’qishni ichkiishtiyoqqamoyil deya olamiz. Ko’pincha ikkala
boshqariluvchi hamda javobiy ko’nikma ichki va tashqi ishtiyoqni bir vatni o’zida
keltirib chiqaradi. Bularning jamlanmasi yuqorida ta’kidlab o’tgan misollarimda
ahamiyatli ro’l o’ynagan desam mubolag’a bo’lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har bir yuqoridagi holatda o’quvchi o’zini ichki
tomonlama ma’lum darajada ruhlantirilganligini his qilishi taqsinga loyiq.Bu esa xulq-
atvorning qay darajada ta’sirlanishi – kulgili nigoh tashlash, atletika mashg’uloti yoki
baxslashuvdagi maqtov singari xulq-atvorni kuychaytirilganidan dalolat beradi.
Shu o’rinda o’quvchining tashqi muhitdan ham kuch olgadi – tashqiishtiyoq;
boshqa bir kuchaytiruvchi tajriba va natijalar tufayli namoyon bo’ladi.
5
Boshqaruv psixologiyasida menejerlar xodimlarning tashabbusini doimo
rag`batlantirib turish maqsadida quyidagi maslahatlarga rioya qilishlari muhim:
yangiliklar qo`llab-quvvatlashib, rag`batlantirib borilgandagina vaziyat
yaratish uchun mas’uliyatni o`z ustingizga oling;
topqir bo`ling, mehnatni doim tashkil etishning yangi shakllarni izlash va
xodimlar o`rtasida o`zaro ijodiy ishlarni avj oldirishga harakat qiling;
tashkiliy ishlar madaniyatiga, tashabbusni bo`g`ib, cheklab qo`yadigan
odatdagi rasm-qoidalarga o`z diqqatingizni jalb qiling;
qo`l ostingizdagi kishilar o`z fikrlari va bilgan narsalari to`g`risida bir-biri
bilan, siz bilan o`rtoqlashishni istaydigan bo`lishlari uchun ochiq ko`ngillik va erkinlik
vaziyatni yarating;
boshqalarning o`z umrini yashab bo`lgan eski uslubidan voz keching. Mayda-
chuyda narsalarga ahamiyat bermang;
befarqlik va hatto qarshilikka ham duch kelib qolishingiz mumkin, bunga
tayyor turing. Ishning foydasi uchun ijodiy tashabbusi kerakligini izchillik bilan
tushuntirib berish yo`li bilan bularni asta-sekin yengib o`tish mumkin;
yangi vazifalarni aniq-ravshan, tushunarli va yaqqol qilib ta’riflab bering.
Ularning qanday ado etilayotganligini doimo nazorat qilib boring. Ijodiy ravishda
yondashishni talab qiladigan vazifalarni alohida ko`rsatib o`ting. Qimmatli resurslarni,
odamlarning vaqt va kuch-quvvatlarini sarflaydigan, lekin ish faoliyatingizning
rivojlanishiga yordam bermaydigan eski mahsulotlar, xizmatlar, chora-tadbirlardan voz
keching;
o`z xodimlaringizning shaxsiy xususiyatlarini bilib oling va hisobga oladigan
bo`ling. Har bir kishining qobiliyatlarini alohida baholang;
maqsad va vazifalarni shu tariqa shakllantiringki, toki ular mazkur ishlarni
bajarishda qatnashadigan xodimlarning shaxsiy manfaatlariga imkoni boricha ko`proq
mos keladigan bo`lsin;
xodimning o`z qadrini bilishiga va oldiga qo`yilgan vazifani uddalashga
bo`lgan istagini qo`llab-quvvatlab boring;
xodimlarning o`z shaxsiy fazilatlari va bilimlarini namoyon qilishlari uchun
hamma imkoniyatlarni yaratib bering. Kishi nechog`li ko`proq bilimdon bo`lsa,
mehnatga rag`bati, o`ziga ishonch bilan qarab mustaqil ishlay olsa, mehnatining qadri
shuncha yuqori bo`ladi.
5
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2018, Second Edition. 54-b.
18
Shu bilan bir qatorda, boshqaruvning tabiatan har xil odatlarga bir xilda mos
tushadigan usuli yo`q. Yaxshi boshliq kerak paytda boshqarishning yo liberal yoki
demokratik usuli yoki avtoritar usulini tanlay oladigan yaxshigina psixologdir.
Muammolarni ijodiy yo`l bilan hal etish uchun mehnat resurslari va moddiy resurslardan
foydalanishning mumkin qadar ko`proq usullarini qo`llash, mehnat intizomiga rioya
etilishini nazorat qilib borish, turli xodimlar o`zlarining ijodiy qobiliyatlariga qanday
baho berishini va shu qobiliyatlarini ularning har biri qay tariqa namoyon qilmoqchi
ekanliklarini o`ylab ko`riish, vazifani aniq-ravshan qilib o`rtaga qo`yish va kutiladigan
natijani taxminan tasvirlab berish mehnat unumdorligini samarali bo`lishiga o`z ta’sirin
ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: