2.Kar’eraga menejer aurasi va avtoritetining ta’siri.
Zamonaviy psixologiya fanida qator diagnostik va korreksiya metodlaridan
foydalanib kelinadiki, ular yordamida shaxsning turli jabhalarda shakllanganlik
darajasini aniqlash, undagi qobiliyatlarini maxsus trening dasturlari yordamida biron
kasb professiogrammasiga oid malakalarni shakllantirish imkoni mavjud.
Rahbarlik faoliyati psixogrammasi ma’muriy boshqaruv sub’yektining kognitiv,
emosional-irodaviy, motivatsion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim
bo’lgan sifatlarga qo’yiladigan talablar hamda tavsifnomalardan iborat bo’lishi kerak.
Olib borilgan keng qamrovli ilmiy-texnik dastur doirasidagi tadqiqotda psixologiya
fanining psixodiagnostika sohasida eng ko’p qo’llaniladigan quyidagi:
a)“Mag’lubiyatdan qochish motivatsiyasini diagnostika qilish” (T.Elers),
“Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini diagnostika qilish” (T.Elers), “Rahbarning
motivatsion-ehtiyoj jabhasidagi ijtimoiy-psixologik ustanovkalarini diagnostika qilish”
(V.Karimova, O.Hayitovlar modifikasiyasi), “Emosional intellektning (EQ)
koeffisiyentini aniqlash” (N.Xoll), “Muloqotda o’zini-o’zi nazorat qilishni baholash”
(M.Snayder), “Shaxsdagi asosiy ehtiyojlardan qoniqqanlik darajasini o’rganish”
(A.Maslou), “Kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlash (KOS-
2)”(V.Karimova modifikasiyasi), “Tashkilotchilik qobiliyatlarini diagnostika qilish”
(E.G’oziyev), “Menejer faoliyatini diagnostika qilish” (E.G’oziyev, R.Toshimov),
“Rahbar imidjini shakllantiruvchi uslublarni baholash” (Yu.V.Andreyeva), “Rahbar
imidjini tashkil etuvchi professional va shaxsiy sifatlarini baholash” (Yu.Andreyeva),
“Ma’muriy boshqaruv organlari rahbarligiga da’vogarlarning autopsixologik
kompetensiyasi rivojlanishini aniqlash”(A.Derkach; O.Hayitov, N.Lutfullayevalar
modifikasiyasi), “Rahbar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini professional
talablar darajasida o’rganish” (N.Boymurodov), “Nerv-psixik zo’riqishni baholash”
(Z.Nishonova, N.Kamilovalar modifikasiyasi) metodikalari;
b)“Muloqotga kirishuvchanlikni aniqlash” (N.Lutfullayeva modifikasiyasi),
“Nerv faoliyati tipini aniqlash” (Ya.Strelyau; Z.Nishonova, N.Kamilovalar
modifikasiyasi), “Boshqaruv uslubini o’rganish” (V.Karimova modifikasiyasi),
“Menejer kasbiy moyilligini baholash” (E.G’oziyev, R.Toshimov), “Samarali ishlovchi
menejermisiz?” (V.Karimova modifikasiyasi), “Tavakkalchilikka tayyorlik darajasini
aniqlash” (Shubert), “Empatik qobiliyatlar darajasini diagnostika qilish”
(V.Boyko)testlari;
c)hamda shaxs motivatsiyasini aniqlashga yo’naltirilgan “Gerbachevskiy
so’rovnomasi” (V.Gerbachevskiy) nomli metodikalar, testlar va so’rovnomalar (jami 23
ta) yuqori darajadagi ishonchlilik hamda validlikni namoyon etib, sinovlarda
muvaffaqiyatli o’tdi.
Tajriba-sinov ishlari asosan, “O’zbekistonda ma’muriy boshqaruv organlari
rahbarlarining lavozimga loyiqligini baholash va tavsiya etish texnologiyasini
takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik asoslari” mavzuidagi loyiha kalendar rejasiga
muvofiq olib borildi. Olingan natijalar asosida ma’muriy boshqaruv organi
125
rahbarlarining lavozimga loyiqligini baholash va tavsiya etish texnologiyalarini
takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik asosi sifatida – iqtisodiyot sub’yekti
boshqaruvchilari misolida quyidagicha:
-
o’zini boshqarashni bilmaydigan va biladigan rahbarlar;
-
noaniq va aniq qadriyatlarga ega bo’lgan rahbarlar;
-
aniq va noaniq shaxsiy maqsadlarga ega bo’lgan rahbarlar;
-
xodimlarga ta’sir etish mahoratiga ega va ega bo’lmagan rahbarlar;
-
ijodkor va ijodkorlik yetishmagan rahbarlar;
-
muammoni yechishda tajribali va tajribasiz rahbarlarga qo’yiladigan talab va
tavsifnomalar ishlab chiqildi.
Rahbar hayotida shunday bosqichlar ham bo’ladiki, unda o’z shaxsiy
maqsadlarini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Odatda, bunday bosqichlar uning yoshiga
mos keladi. Masalan (7.1-jadvalga qarang):
Rahbarning shaxsiy maqsadlarni aniqlash bosqichlari: 7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |