Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

2.Konfliktogen vaziyatlar. 

Ayrim  ziddiyatlarning  konstruktiv  oqibatlari  to`g`risida  gapiradigan  bo`lsak,  

ba’zan ikki shaxs o`rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to`g`ri xulosa chiqarib, 

shunaday harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka undaydi. Yoki 

bir  qarashda  tanbehga  asoslangan  shaxslararo  ziddiyat  shaxsni  o`z  ustida  muttasil 

ishlashga,  o`z  xulqini  o`zi  tuzatishiga  sabab  bo`ladi.  Bunday  nizolar  oqibatida  ko`ra 



konstruktiv 

deb ataladi.  



Destruktiv

nizoning  oqibati  esa  ko`pincha  salbiy  bo`lib,  u  shaxslararo 

antogonizmni  keltirib  chiqaradi,  tomonlarning  asablari  charchaydi,  ular  xastalanib 

qolishi ham mumkin. Er va xotin o`rtasida, yoki qaynona va kelin o`rtasidagi nizo oila 

ajrimiga sabab bo`lishi va bir butun oilani buzilib ketishi olib kelishi mumkin. Ijtimoiy 

psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga quyidagicha ta’rif berish mumkin. 



“Konflikt”

  so‘zi  XIX  asrda  lotin  tilidan  kirib  kelgan  bo‘lib  “konfliktus”- 

“to‘qnashuv” degan ma’noni anglatadi. Konflikt so‘zini ishlatmasdan yashash mumkin, 

lekin konfliksiz yashash mumkin emas. Balki kelishmovchilik, to‘qnashuv, kurashish, 

mojaro  va  shu  kabi  so‘zlarni  barchasini  umumlashtirish maqsadida  bu so‘z ishlatilsa 

ajabmas. Oramizda biror marta konflikt va ziddiyatga tushmagan inson bo‘lishi mumkin 

emas.  Shuning  uchun  ham  «agar  sizning  xayotingizda  konflikt  bo‘lmasa  tomiringiz 

urishini tekshirib  ko‘ring»  degan ibora  ishlatiladi.  Buning  xulosasi  esa,  konflikt  -  bu 

hayotimizdagi voqea-hodisa singari oddiy holdir.  

Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri 

–  siz  ishlayotgan  mehnat  jamoasida  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  konfliktlardir. 

Jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud 

bo‘ladi.  Jamoada  sodir  bo‘ladigan  konfliktlar  mana  shu  jamoada  ishlayotgan  barcha 

xodimlarga o‘z ta’siri o‘tkazmay qolmaydi. 



Mehnat  jamoasidagi  vujudga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  konfliktlar sizdan 

tashqarida,  ya’ni  ziddiyat  sizning  manfaatlaringizni  o‘zida  jam  qilmagan,  yoki sizni 

ham qamrab olgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan va yoki 

aksincha, sizning manfaatlaringiz yutib chiqayotgan, yoki alohida holda siz va sizning 


81 

 

hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o‘rtasida, yoki umuman butun jamoa orasida 



vujudga kelishi mumkin.  

Jamoadagi konflikt kim o‘rtasida sodir bo‘lishiga qaramay mana shu jamoada 

ishlayotgan xodimlarning barchasiga o‘z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.

19

 

Siz  jamoada  sodir  bo‘lgan  ziddiyatdan  tashqarida  bo‘la  olmaysiz.  Agar  siz 

konfliktga  umuman  aralashmasangiz  ham,  sizdan  konfliktga  nisbatan  o‘z 

munosabatingizni oydinlashtirish so‘ralganda, xohlang-xohlamang ziddiyatga nisbatan 

o‘z fikringizni, o‘z xulosalaringizni aytishga majbur bo‘lasiz.  

Bu  esa,  qaysidir  masalalarda  bir,  yoki  boshqa  tomonning  manfaatlarini  ustun 

qo‘yishingizga, biror tomonning yonini olishingizga sizni majbur etadi.  

Agar  siz  maqsadli  ravishda  jamoadagi  konfliktdan  o‘zingizni  olib  qochib, 

o‘zingizni betaraf deb e’lon qilganingizda ham, har kuni o‘sha jamoada bo‘lganingiz 

uchun, konfliktning qanday rivojlanayotganligi, tomonlar o‘zini qanday tutayotganligi 

beixtiyor  kuzatib  borasiz,  oxir  oqibat  o‘zingizni  haqiqatan  ham  ziddiyatdan 

tashqaridaman deb his qila olmaysiz.

20

 

 

Konfliktlar sabab bo’lgan bir tomonning yonini olish, yoki ikkinchi tomon uchun 



bo‘ysungan holda emas, balki mana shu konflikt vaziyatni vujudga keltirgan muammoni 

aniqlashga sa'y-harakat qilish, butun jamoa diqqatini shaxslararo munosabatlarni taftish 

qilishga emas, balki muammoni aniqlash, uning yechimini qidirishga, tomonlarning har 

birining  manfaatlarini  o‘zaro  yaqinlashtirishga,  har  ikki  tomonni  ham  o‘zaro 

qoniqtiradigan yechimni qidirishga safarbar etish lozim. 


Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish