. Muzokara davomida yolg’on ma’lumot
berish ob’yektiv mezonga zid keluvchi, lekin shunga qaramay, ko’p uchrab turadigan
holdir. Muzokaradagi u yoki bu tomonning yolg’on ishlatish sabablarini tahlil etmagan
holda, yolg’onga berilmaslik va unga qarshi turish imkoniyatlari haqida to’xtalib
ishtirokini taqozo etadi, aldovchi jarayonga qanchalik tayyorlangan bo’lsa, o’zga tomon
ham har qanday aldovga qarshi tura olish malakasiga ega bo’lishi lozim. Umuman
olganda, odam ikki holda ko’proq aldanadi – birinchidan, ushbu muammoni tezroq hal
qilish maqsadida shoshilganda, aniqrog’i uning ijobiy natijasini juda xohlaganda,
kkinchidan esa, masala haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmagan paytda. Shuning
uchun, muzokara olib boruvchidan doimo vaziyatni aniq tasavvur etish va o’z orzusi
qurboni bo’lib qolmaslik hamda bo’lajak muzokara mavzusi haqida ko’proq ma’lumot
O’zga shaxs bizga qanchalik yoqimli bo’lsa, uning ma’lumotini shunchalik
89
✓
Odamning bilim saviyasi va aqliy salohiyati qanchalik yuqori bo’lsa, u hayotga
shunchalik ishonch bilan qaraydi, u mushohadaga moyil, vaziyatlarni mustaqil ravishda
tahlil qila oladi va yolg’on ta’siriga kamroq beriladi.
Suhbatdoshimiz ko’zini qo’li bilan berkitishi ham shu kabi holat haqida ma’lumot
berishi mumkin. Yolg’on gapirish sohasida ba’zi «pixini yorgan» kimsalar bunday
paytda burniga qo’lini tekizish bilan cheklanadi va bu bilan yolg’ondan o’t olgan
hayajonini yashirmoqchi bo’lishadi.
Ko’pchilik yolg’on gapirayotgan odamlar sherigining ko’ziga qarashga
uyalishadi. Shuning uchun ko’z harakatlariga ham e’tiborli bo’lish kerak.
Kuzatishlardan aniqlanishicha, odam yolg’on gapirayotganda, ya’ni mavjud
bo’lmagan narsani xayolida tasavvur etayotgan paytda ko’z ham o’ziga xos ravishda
harakatlar sodir qilarkan. Xususan, mavjud narsani xotirlayotganda ikkala ko’z gavhari
yuqoriga va o’ng tomonga yo’naladi, yangi narsani (yolg’onni) yaratishda esa aksincha,
yuqoriga va chap tomonga harakatlanadi. Aytganday, chapaqay kimsalarda bu jarayon
teskari o’tadi.
Bundan tashqari yolg’on gapirayotgan kimsaning ko’zi yon atrofga tez-tez
harakatlanadi.
Aniqlanishicha, tananing ma’lum holati ham yolg’onni ifodalashi mumkin. Odam
haqiqatni gapirayotganda bosh o’ng tomonga sal engashadi va tana xotirjam bo’ladi,
yolg’on gapirayotganda bosh to’g’ri holatni egallaydi va tana zo’riqish holatiga keladi.
Quyida keltirilgan belgilar suhbatdoshimiz yolg’on gapirayotganligini aniqlash
uchun axborot manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin:
✓
Ko’p gapirish, aniq matnning kuzatilmasligi.
✓
Javob berishdan avval uzoq sukut saqlanishi.
✓
Cho’zib va past tovushda gapirish.
✓
Ichki zo’riqish.
✓
Nomunosib qo’l xatti-harakatlari.
✓
Tabiiy bo’lmagan yuz ifodasi.
✓
Yuzning notabiiy qizarishi yoki oqarishi.
✓
Ko’z qorachig’ining nihoyatda kengayishi.
✓
Ko’zni suhbatdoshdan olib qochish.
✓
Tez-tez kiprik qoqish.
✓
Ishonchsizlikni ifodalovchi qo’l harakatlari (dahanni, burunni, qoshni qashish).
✓
Chakkani qashish.
✓
Miyig’ida kulish, sun’iy yuz ifodalari.
Shuni unutmaslik lozimki, har bir insonda ushbu ko’rsatkichlarning namoyon
bo’lishi o’ziga xos tarzda o’tadi. Odamni bilmay turib, u yoki bu belgiga qarab talqin
berish mumkin emas. Ko’rsatilgan belgilarga asoslanishdan avval o’zga kimsa bilan
qisman bo’lsa ham oddiy muloqot sharoitida bo’lish lozim. Eslab qolingan aynan shu
vaziyat, keyinchalik taqqoslash namunasi bo’lib xizmat qiladi. Ogohlantirish shundan
iboratki, yuqoridagi har bir ko’rsatkich o’zga kimsaning hayajonlanishi ifodasi bo’lishi
ham mumkin. Suhbat chog’ida aldanib qolmay degan kimsa quyidagi qoidaga amal
qilgani ma’qul: «Bir manbadan olingan ma’lumot – hali ma’lumot emas. Ikki manbadan
90
olingan ma’lumot – fikrlash uchun turtki va faqatgina uch manbadan olingan ma’lumot
ushbu axborotning haqqoniyligini u yoki bu darajada tasdiqlashi mumkin».
Lekin bu erda agar kishi atrofdagilarning fikriga juda hham katta e’tibor bersa g‘
bu tortinuvchanlik, uyatchanlik va boshqa komplekslarni keltirib chiqarib kishining
erkin, mustaqil faoliyatini chegaralab qo‘yadi. (Masalan: shuni kiysa odamlar nima der
ekan, yozsam, ishlasam va hokazolarni bajarsam odamlar nima derkan degan fikrlar
kishini chegaralab qo‘yadi).
Do'stlaringiz bilan baham: