4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash
– rahbardagi xodimlarning o’z ishiga
sadoqatini mustahkamlay olish kompetensiyasi.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a)xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi;
b)xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi;
c)xodimlar o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan
faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi;
d)xodimlarning ishdan xursand bo’lishlari uchun turli ijodiy usullarni o’ylab
topadi;
e)barcha muhim tadbirlarda shaxsan o’zi qatnashadi;
f)ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo’qotadi;
g)xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya (taqdimot)lar
o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |