Tabiiy oqilonalik – jarayonning kuchsiz muvofiqligi.
Tadbirkor – bu ishlab chiqarish va tijoratning barcha zarur omillaridan boylik yaratish uchun foydalana oladigan odamdir.
Tadbirkor – bu tavakkalchilik sharoitlarida harakatla-nuvchi va kapital taqdim etish hamda tadbirkorlik vazifasida farqlanuvchi inson (1725 y., Richard Kantilon).
Tadbirkor – bu tadbirkorlik daromadidan kapital daromadi farqlanuvchi kishi (1803 y., Jan Batist Sey).
Tadbirkor – bu yangi texnologiyalarni ishlab chiquvchi novator (1934 y., Yozef Shumpeter).
Tadbirkor – bu ko’zlangan tavakkalchilik sharoitlarida harakatlanuvchi baquvvat odam (1961 y., Devid Makkleland).
Tadbirkor – bu yuqori foyda yo’lida har qanday imkoniyatdan foydalanuvchi shaxs (1964 y., Piter Druker).
Tadbirkor – bu tashabbus ko’rsatilgan ishga javobgar, korxonalarni rejalashtiruvchi, tashkil etuvchi va boshqaruvchi shaxs (1997 y., Bodo).
Tadbirkor odam – bu biror ishni boshlamoqchi bo’lgan, ijodiyotga yangicha yondashishga qodir, odamlarni birgalikda faoliyatga chorlashda samarali aloqa tashkil etishni biladigan insondir.
Tadbirkorlik – bu individ yoki guruhning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoit (vaziyat)lardan foydalangan holda xom-ashyo, jamg’arma, axborot yoki mehnat ko’rinishida bo’lgan daromad turlarini yaratish, saqlab qolish hamda ko’paytirishga yo’naltirilgan maqsadli faoliyatidir.
Tadbirkorlik – bu inson faoliyatida turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladigan xususiyatlardan biridir.
Tadbirkorlik – bu jamiyat hayotidagi xo’jalik, ijtimoiy va boshqa sohalarda o’zining tashabbuskorligi, topag’onligi, mustaqilligi, hozir javobligi, nostandart qarorga kelishi, tavakkal qilishga va natijalar uchun ma’suliyatni o’z bo’yniga olishga tayyorligi yordamida muayyan maqsadlarga erishishga qodir shaxsning xususiyatlaridan biridir.
Tadbirkorlik – bu qiymatga ega bo’lgan qandaydir yangilik yaratish jarayoni.
Tadbirkorlik – iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga eltuvchi ma’lum vazifalar realizasiyasi bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning bir ko’rinishidir.
Tadbirkorlik –iqtisodiy faoliyatning alohida turi hisoblanib, sub’yektida o’ziga xos psixologik sifatlarni mujassam etishi sifatida e’tirof etiladi.
Tadbirkorlik – bu mulk huquqi sub’yektlarning mollar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish asosida foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatishidir.
Tadbirkorlik – bu kishining shaxsiy tashabbuslariga asoslangan, foyda olish va mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishiga oid harakatlari majmuidir.
Tadbirkorlik – insonning dadil ravishda muhim va og’ir maqsadlarni ruyobga chiqarishga qaratilgan shaxsiy sifatlari jamlanmasidir.
Tadbirkorlik – shaxsning faoliyati hamda shaxsiy sifatlari majmui ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |