Tayanch so’z va iboralar: Boshqaruv jarayonida inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish, psixologiya, boshqaruv, metod,usul, uslubiyat, biografiya, tarjimai hol,hujjatlarni o‘rganish, kuzatish, rahbar, anketa,psixometriya.
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi ogzaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Metod so‘zi - yunoncha “metxodos” so‘zidan olingan bo‘lib,“usul, yo’l, yo’nalish”,ma’nolarga ega. Bazi adabiyotlarda tekshirish degan ma’noni ham beradi. Metodlar barcha turdagi boshqaruv jarayonida ham, tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham xodim shaxsi psixometrik jihatidan tahlil qilinadi. Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo`naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.
Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbexlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning to‘g‘ilganidan, to boshlang’ich ma’lumot olgunicha bo‘lgan davr oralig’ida salomatlik darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, Iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan muloxazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu - tavsiflari orqali avloddan - avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg`unligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |