Boshqarish tamoyillari deganda ma’lum bir ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarda, boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi tartib intizomlar, ahloqiy me’yorlarni tushunamiz.Boshqarish tamoyillari bir nechta bo’lib, ba’zi birlarini keltirishni o’zimizga o’rinli deb bildik.
Ishni reja asosida olib borish tamoyili.Bu tamoyil korxonadan tortib davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda to’tadi.
Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi shart. Rejalangan mablag’larning rejalanmagan ishlarga yo’naltirilishi ajratilgan mablag’larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning ko’payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni tuzishiga olib keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat’iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |