Jismoniy madaniyat


Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari va adaptatsiya jarayoni bosqichlari



Download 8,05 Mb.
bet442/534
Sana25.01.2022
Hajmi8,05 Mb.
#408721
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   534
Bog'liq
2 5278312741457630177

5.Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari va adaptatsiya jarayoni bosqichlari.

Yangi xodimlarni kasbga bulgan talablar asosida ishga qabul qilish adaptatsiya jarayoninig yengil o’tishini ta’minlovchi shartlardan biridir.

Tashkilot rahbari yangi xodim adaptatsiyasini iloji boricha qisqa fursatda va salbiy asoratsiz o’tishiga ko’maklashishi lozim. Bu sohada ilg’orlab ketgan ayrim tashkilotlar ham bo’lib, ularning boy tajribasini tatbiq etish tashkilot mehnat samaradorligini oshirishdagi yana bir qo’shimcha omildir. Masalan, Rossiyadagi “Svetlana” Hjda yangi xodimlar adaptatsiyasini nazorat etish bo’yicha alohida dastur mavjud bo’lib, unga binoan bu jarayon tizimli ravishda olib boriladi. Xususan, ma’lum vaqt oralig’ida tashkilotdagi yangi xodimlar tomonidan nazorat savolnomalari to’ldiriladi va adaptatsiya darajalari aniqlanadi. Odatda bu ish bilan kadrlar bo’limi, kasbga munosiblik bo’limi mutaxassislari shug’ullanadilar. Mana shu so’rovlar asosida ish sharoitlariga o’rta yoki past darajada moslashayotgan xodimlar aniqlanadi. Keyingi bosqich sifatida adaptatsiya jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Bu jarayonga endi tashkilotning yuqori bo’g’in va maxsus bo’limlar xodimlari jalb etiladi. Adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o’tishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo’yicha alohida chora tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. So’nggi bosqich sifatida ushbu tadbirlarning samarasi tekshirib ko’riladi. Bu sanab o’tilgan bosqichlar adaptatsiyani tadqiq etish jarayonining asosiy qismlari bo’lib, bu tadbirlarga yosh xodimning mehnat ko’rsatkichlaridan manfaatdor bo’lgan barcha rahbarlarning qatnashishi ko’zda tutiladi.

Moslashish davri ba’zi korxonalarda kasb talablarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, boshqa tashkilotlarda adaptatsiya muddati tashkilotning butkul hayot tarzi bilan uyg’unlashib ketishni nazarda to’tadi. Bu borada iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar korxonalarida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosatidan kelib chiquvchi tadbirlarni eslab o’tish ham o’rinlidir. Masalan, ko’pgina yapon kompaniyalarida yuqori axloq me’yorlariga ega bo’lish tashkilotning doimo diqqat markazida turadi. Xususan, “Masusita elektrik” kompaniyasida xodimga texnik malaka, korporasiya falsafasi, maqsadi va siyosati bilan sug’orish uchun 8 oy vaqt ajratiladi. Bu moslashuv davri bo’lib, aynan shu vaqt oralig’ida yangi xodim kompaniya qadriyatlari, xulq me’yorlari va madaniyatini o’zlashtiradi. Bunday tarbiya korxona rejalari va iqtisodining ochiq-oydinligi bilan birgalikda olib boriladi, hamda xodimda tashkilot hayotida faol qatnashish motivatsiyasini shakllantirishga qaratiladi.

Adaptatsiya jarayoni bosqichlari

Rahbar xodimning yangi mehnat sharoitiga moslashishiga ko’mak ko’rsatar ekan, adaptatsiya jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iboratligini nazarda to’tishi lozim.

1)Yangi xodimning tayyorgarlik darajasini aniqlash. Aniqlangan daraja xodim manfaati yo’lida keyingi amalga oshirish lozim bo’lgan tadbirlarni rejalashtirish, zarur resurslarni qo’llash, xodimning tajriba sohasidan kelib chiqqan holda uning qobiliyatlari va malakasi darajasidagi vazifalarni aniqlab olish imkonini beradi. Kasbiy sohadan tashqari xodimning muloqotga moyilligi darajasini bilish tashkilotning kommunikasiya tarmog’iga tezroq kirishib ketishini ta’minlash uchun asos bo’ladi.

2)Oriyentasiya. Xodimni u bajarishi lozim bo’lgan vazifalar, majburiyatlar bilan tanishtirish. Bu bosqichda amalga oshiriladigan tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:

a)Kompaniya asoslari – tashkilot tarixi va hozirgi holati haqidagi asosiy ma’lumot, strategik rejalar, xodimlar va rahbariyat munosabatlari qoidalari, kasaba uyushmasi faoliyati, mehnat sharoitlari va ish tartibi, ish haqi belgilash tizimi, korxonadagi ijtimoiy ta’minot, maishiy xizmat va imtiyozlar;

b)Mahsulot – korxona mahsulotlari tarkibi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish tizimi va texnologiyasi, asosiy mahsulot iste’molchilari va narxi, raqobatdosh mahsulotlar orasida tutgan o’rni;

c)Ishlab chiqarish – ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul qilish tartibi va xususiyati, tashkilot rejalari va loyihalar bilan tanishtirish, ishlab chiqarish jarayonining asosiy tamoyillarini o’rganish, bo’limning asosiy vazifalari va mas’uliyat darajasi, hisobot berish asoslari, mahsulotga yo’nalgan boshqaruv uslubini o’rganish va harajatlarni hisoblash, mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik asoslari;

d)Sotuvlar – tashkilotning bozordagi ulushi va reklama jarayoni, raqobatdosh tashkilotlarning imkoniyatlari, sotuv agentlarining faoliyati, sotuv uslublari;

e)Asosiy mehnat ko’nikmalari – aloqa vositalari va texnika jihozlaridan foydalanish bo’yicha mashqlar, muomalada bo’lish xususiyatlari, ish joyining xususiyatlari va talablarini o’zlashtirish, notiqlik san’ati, marketing va moliyaga taalluqli asosiy bilimlar, kasb talabidan kelib chiquvchi qo’shimcha malakalarni shakllantirish mashqlari.

Ushbu matndan ko’rinib turibdiki, ilg’or tashkilotlarda xodim adaptatsiyasi har tomonlama amalga oshirish ta’minlanadi. Ma’lumot, ko’nikma va malaka jihatlarni bunday qamrab olish yangi xodimning tashkilot hayotiga kirib borishini ta’minlaydi va barcha kuch-g’ayratini tashkilot maqsadi yo’lida safarbar etish imkonini beradi.

3)Adaptatsiyani amalga oshirish. Bu yangi xodimni yangi lavozimga va jamoada mavjud shaxslararo munosabatlar tizimiga moslashtirish jarayonidir. Bu bosqich doirasida yangi xodimning faol harakat qilishi, o’z-o’zini turli jabhalarda sinab ko’rishiga imkoniyat yaratish lozim. Xodimning erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot yig’ib boriladi va faoliyati yuzasidan unga zarur tavsiyalar beriladi.

4)Faoliyat ko’rsatish. Shu bosqichda adaptatsiya jarayoni tugaydi va xodim mustaqil ravishda o’z faoliyatini davom ettiraveradi. Bunda xodim uning mehnat faoliyati yo’nalishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni o’zi yengib o’tish kuchiga ega bo’ladi. Odatda, xodimning korxona talab va muhitiga qo’pol moslashuvi 1,5 – 5 yillar atrofida amalga oshadi. Adaptatsiya jarayoniga ko’mak ko’rsatish sharoitida esa bu jarayon bir necha oylarda muvaffaqiyatli o’tishi mumkin. Adaptatsiya jarayonini bu tarzda qisqartirish tashkilot uchun moddiy jihatdan ham ma’lum darajada foyda beradi. Ayniqsa bu ko’rsatkich tashkilotga ko’p yangi xodimlar qabul qilingan sharoitda o’z samarasini beradi.

Yangi xodim adaptatsiya jarayonining muvaffaqiyatli o’tishida ayniqsa rahbarning o’rni katta. Xodim tashkilot qadrityalarini o’zlashtirar ekan, o’z rahbarini namuna sifatida ko’radi. Adaptatsiya jarayoninig boshlang’ich paytlarida rahbardan shaxsan olingan yo’riqnoma va tavsiyalar xodimning esida doimiy saqlanadi. Yangi xodim bilan birinchi hafta davomida va bir oydan so’ng suhbat o’tkazish juda muhimdir. Bunda xodim to’qnash kelayotgan muammolar hal etiladi, kerakli maslahatlar beriladi va xodimni ruhiy qo’llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Mana shunday tadbirlar orqali xodim tashkilotga xos xususiyatlarni o’rganib, o’zlashtirib boradi.

Shunday qilib, ijtimoiy psixologiyaga oid zamonaviy adabiyotlarda sotsializatsiyaga turli davr mutaxassislari tomonidan qator ta’riflar keltirilgan bo’lib, ulardan N.Smelzer, A.R. Marshall, T.Shibutani, E.MakNeyl, A.Kovaleva, N.Pomuran, V.Karimovalarning bergan ta’riflari jamoatchilik tomonidan yuqori e’tirof etilgan.

Ushbu bobda, asosan, sotsializatsiya va uning turlari, jumladan, oilaviy sotsializatsiya, resotsializatsiya va iqtisodiy sotsializatsiya masalalari korib chiqilgan.

Oilaviy sotsializatsiyaning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o’ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog’ va salomat shaxs bo’lib yetishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni, oila va uning sog’lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o’ziga o’xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo’lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo’ysunishga o’rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.

Mamlakatimizda iqtisodiy sozalizasiyani o’rganish va tadqiq etish muammosi soha mutaxassislari, xususan, ijtimoiy psixologlar oldida turgan va o’z yechimini ko’tayotgan global masalalardan biri ekanligi bilan ajralib turadi.

Shunday qilib, tahlillarga ko’ra, iqtisodiy sotsializatsiya – bu butun dunyo iqtisodiy transformasiyasi tayanch zamirini tashkil etuvchi va o’z ichiga xususiy hamda umumiy mulkchilikning mavhum tomonlarini uyg’unlashtiruvchi zamonaviy aralash iqtisodiyotning muhim xususiyatlaridan biridir. U ishlab chiqarish jarayonlarida: ijtimoiy talabni qayta hisobga olish, kishilar mehnati va hayotini insonparvarlashtirish, ijtimoiy differensiasiyani yumshatish, iqtisodiy sohalarni yuksaltirish kabi qator voqeliklar hamda hodisalarda namoyon bo’ladi.

Mehnat sotsiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptatsiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi:

1)kasbga moslashish;

2)moslashuvning psixofiziologik jihati;

3)ijtimoiy-psixologik adaptatsiya.

Adaptatsiyaning kasb bilan bog’liq jihati xodimdan bajariladigan ishga qo’yiladigan talablarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. Mehnat adaptatsiyasining psixofiziologik jihatiga korxonadagi mehnat sharoitining psixofiziologik va tibbiy-gigiyenik tomoni kiradi. Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya deganda xodimning mehnat jamoasidagi mavjud munosabat tizimiga moslashishi, jamoaga xos bo’lgan norma va qoidalar hamda unga guruh tomonidan belgilangan rolni va mavqeni qabul qilish jarayoniga aytiladi.


Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish