Ayrim boshqaruv sohalari rahbarlariga xos bo’lgan ustuvor sifatlar
(“++” – sifat nihoyatda kerak; “+” – sifatning bo’lishi maqsadga muvofiq va
“0” – bu sifat uncha zarur emas 6.2-jadval):
Shaxs sifatlari
|
Tashkilot rahbari
|
Davlat boshqaruvidagi rahbar
|
Bosh hisobchi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Sabr-toqatlilik
|
+
|
+
|
0
|
Samimiylik
|
+
|
0
|
0
|
O’z-o’zini nazorat
|
++
|
+
|
++
|
Pedantizm
|
+
|
++
|
++
|
Iroda
|
++
|
+
|
+
|
Qiziquvchanlik
|
+
|
+
|
+
|
Intuisiya
|
++
|
+
|
+
|
Aqlning analitik sifati
|
+
|
+
|
++
|
Mayda ishlarni bajarishga qobiliyat
|
0
|
++
|
+
|
Iqtisodiy fahm
|
++
|
+
|
+
|
Liderlik
|
++
|
++
|
+
|
Kirishimlilik
|
++
|
+
|
+
|
O’zini tuta bilish
|
++
|
+
|
++
|
E’tiborlilik
|
++
|
+
|
++
|
Kuchli xotira
|
+
|
+
|
++
|
Xayolparastlik
|
+
|
0
|
0
|
Yuqorida ko’rsatilgan 6.2-jadvalda ayrim rahbarlik faoliyatlariga xos bo’lgan professional muhim sifatlar keltirilgan. Bu sifatlar absolyut tarzda barcha toifadagi ma’naviy-psixologik muhitda o’zini oqlaydi, deb bo’lmaydi, albatta.
Masalan, Rossiyadao’tkazilgantadqiqotlardananiqlanishicha, yuqorimalakalimutaxassislarning 68,6%iboshqaruvningdemokratikuslubinima’qullaganbo’lsalar, pastmalakalilarning 22,7%i – direktivuslubni, 8,7%iesaerkinboshqaruvuslubinima’qullabjavobberganlar.
Bundan tashqari, o’sha tadqiqotlarda ma’lum bo’ldiki, rahbarlarning o’zlari ham muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko’rsatishlari 31–45% holatlarda ro’y berar, qolganlari esa, ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash tarzda qo’llashar ekanlar.
Ma’lumotlar shunisi bilan xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko’tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo’llovchi rahbarlar soni ortib borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo’lgan odam, vazir yoki shunga o’xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham, erkinlilikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg’unlashtirib olib ketishi mumkin ekan.
4.Samarali boshqaruvgato’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari.
Boshqaruv jarayoniga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi munosabatlarga asoslangan holda zamonaviy rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo’lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham gapirib o’tish lozim bo’ladi.
Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson tabiatining yaxlitligi o’zgaga ta’sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. Rahbarni tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog’liq har qanday tadbir oxir-oqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish, o’zgalarga ta’sir etish ko’lamini kuchaytirish maqsadini qo’yadi.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olimlar M.Vudkok va D.Frensis bir qancha menejerlar faoliyatini o’rganib va quyidagi ichki to’siqlar menejer faoliyatining samarasini pasaytiradi, deb hisoblaydilar:
1.O’z-o’zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo’riqishlarga to’la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo’qligi nafaqat jamoa faoliyatiga, balki rahbarning sog’ligiga ham salbiy ta’sir etadi.
2.Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul qilish vaziyatida bo’ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Masalan, zamonaviy boshqaruv samaradorlik, xodim imkoniyatlarini ochishga ko’mak, tashkilotga yangilik olib kirishga moyillik kabi qadriyatlarga asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga asoslanmagan rahbar beqarorlik va maqsad yo’lida irodasizlikni namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |