Boshqaruv muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o`rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o`ziga xos tomonlarini ochish bilan shug`ullanadi. psixologiya boshqarishni ham ob’yekti, ham sub’yektini o`rganadi. psixologik tadqiqotlarda o`rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’yekti deb aytiladi.
Boshqaruvning sub’yekti o`rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Eng avvalo rahbar o`zining boshqaruvchilik faoliyatiga qanchalik loyiq ekanliginginzni aniqlab olishi kerak. Lavozimni egallashdan avval, uquyidagi sifatlarga ma’lum darajada ega bo`lishi lozim:
rahbar tub ma’noda realist bo`lish kerak, ya’ni uning barcha harakatlari o`zi boshqarayotgan korxona yoki tashkilot manfaatlariga mos kelib,unga foyda keltirishi lozim;
rahbarning umuman odamlar haqida qanday tasavvurda ekanligi, ularto`g`risida nima deb o`ylashi, bu boradagi bilimlarijuda muhim. Bu savolga agar u ob’yektiv, to`g`ri javobtopolgandagina, uning o`zi haqidagi fikrlarini taxminan bilishmumkin bo`ladi. Shu kabi savollarga aniq javoblarning bo`lishidastlabki paytda uning muvaffaqiyati va odamlar bilan ishlabketishining real asosidir;
o`zgalar faoliyati va jamoa ishini yaxlit tarzda boshqara olish, kerak bo`lsahamma bajarayotgan ishni birgalikda hamma qatori bajara olishga tayyor bo`lishi lozim. Buning uchun u qatg’iy harakatlarga tayyor bo`lishi zarur.
Har qanday topshirilgan vazifani oxiriga yetkazish va bundan ma’lum bir qoniqish hissi hosil qilish uchun rahbar o`zida qobiliyat va kuch-quvvat zahirasiga ega bo`lishi shart. Buning uchun:
o`z kuchi, salohiyati va qobiliyatlarini eng asosiy maqsadga qaratish va irodani aynan shunga sarf qilish;
doimo tetik va sog`lom bo`lib, har doim ham ishga yaroqli ekanligini ko`rsata olish;
boshqa xodimlar ham bajara olishi mumkin bo`lgan e’tiborsiz ishlarga qo`l urmay, ularning nazoratiga e’tiborni qarata olish (“delegirovanie”);
yon-atrofdagi boshqa tashkilot va korxonalardagi boshqaruv uslublari haqida ham ma’lumotga ega bo`lib, boshqaruvda ulardan ortda qolib ketmaslikka harakat qilish, korporatsiya usulidan unumli foydalanish.
Yuqorida sanab o`tilgan holatlar, albatta, rahbarning o`z ish faoliyatini samarali tashkil etish va dastlabki onlardanoq muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi.
Rahbarlik bu – professional munosabatdir. Rahbarlar talabalari bilan ishlash tarzi urf-odatlar, tajriba va fan turiga ko’ra farqlanadi. Sharqiy Angliya Universiteti (2007), ilmiy izlanish bosqichidagi rahbarlar uchun mo’ljallangan o’zining asosiy tamoyillarida bayon etishicha: “Rahbarlik faoliyati munosabatlardagi to’g’riso’zlik, adolatlilik, javobgarlilik, hurmat, vazifalarga yondashish, talabaning mustaqil ishlay olishi hamda talabaning qiziqishlari ustida ishlash kabi intelektual tamoyillari yordamida boshqariladi”. Rahbar-talaba munosabatlarini umumlashtiruvchi muhokama usullari Taylor va Beasley tomonidan taqdim etilgan (2005).32
Do'stlaringiz bilan baham: |