o’tish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur uch yillik o’quv jarayoniga mo
c
ljallangan dasturga
almashtirildi. Yangi dasturda gimnastikaga o’rin topilmadi. O’sha paytda gimnastika
boshlang’ich bilim yurtlarda o’tilar, ammo mutaxassislarning yetishmashgi, dars o’tish xonalari
va sport jihozlari yo’qligi sababli darslar mukammal darajada o’tilmasdi. Gimnastika
mashg’ulotlari faqat Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida muntazam ravishda o’tkazilardi.
Gimnaziyalarda jismoniy tarbiya darslarini zaxiradagi harbiy zobitlar o’tishgan.
1904-yilda Toshkentda «Gimnastika va jismoniy tarbiya havaskorlari jamiyati» tuzilib,
uning nizomida gimnaziya talabalari jamiyatga a’zo bo’lish huquqidan mahrum ekanligi qayd
etilgan. Gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash va irg’ilish mashqlari kirgan.
Toshkentda shved va fransuz gimnastikasi o’qituvchilarini tayyorlash bo’yicha qisqa
muddatli o’quv kurslari tashkil etilib, ularda o’qish haqi juda baland bolgan. Shu sababli kurs
tinglovchilarini soni 10-15 nafardan iborat bo
c
lgan.
1910-yil 26-dekabrdan 1911 -yilning 2-yanvarigacha «Bilim yurtlar o’qituvchilarining
birinchi Turkiston qurultoyi»da jismoniy tarbiya muammolari ko’rib chiqilib, jismoniy tarbiya
bo’yicha maxsus sho’balar ochilgan, mundarijalari, dars soatlari, o’qitish uslubiyatlari bo’yicha
tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu qurultoy qatnashchilari jismoniy tarbiya darslari erkak va
ayollar bilim yurtlari uchun majburiyligini ta’kidlab o’tdi.
Toshkentga 1912-yildan boshlab Peterburg, Varshava, Moskva shaharlaridan gimnastika
sporti bo’yicha murabbiylar kela boshladilar. Harbiy okrug bosmaxonasining ishchilari
gimnastika sho’basini tashkil etishdi.
1912-yilda Stokgolm shahrida o’tadigan Olimpiada o’yinlarida ishtirok etish uchun
Rossiya terma jamoasini saralash musobaqasi Turkiston (Toshkent)da bolib o’tgan. Ushbu sana
O’zbekistonda sport gimnastikasini bunyod etilgan kuni deb hisoblanadi. Keyin Qo’qon,
Farg’ona va Samarqand shaharlarida gimnastika jamiyatlari tuzilgan.
1912-yilda Toshkentlik gimnastlar Moskvada o’z mahoratlarini namoyish etishgan. 1915-
yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo’yicha o’quv kurslari ochildi. Shu kurslarni tugatgan
Polina Garfung O’zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Oktabr
inqilobidan so’ng gimnastika ommaviy tarzda rivojlangan. Aholini jismoniy va sport orqali
sog’lomlashtirish davlat ishiga aylangan. Shu tarzda gimnastika Buxoro, Kattaqo’rg’on,
Namangan, Urganch shaharlariga tarqala boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: